6- rasm. Dorivor sarsabil - Asparagus acutifolius L
Tibbiyotda sarsabil siydik haydovchi, yurak ishini yaxshilovchi, o`thaydovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Qiyoqgullilar oilasi – Cyperaceae
Bu oilaga 120 taga yaqin avlod va 5600 taga yaqin tur kiradi. O`zbekiston florasida 16 avlod 90 turi uchraydi. Yer yuzining hamma xududlarida, asosan botqoqliklarda o`simlik qoplamini hosil qiladi. Bu oilaga kiradigan o`simliklarning ko`pchiligi ko`p yillik, ildizpoyali, poyasining uzunligi 4 m gacha yetish mumkin.Ularning poyalari 3 qirrali, silindrsimon.
Barglari ko`pchiligi 3 qator bo`lib joylashgan, ularning ko`pi poyaning pastidan chiqadi. Barglari poyani mahkam o`rab olgan va ko`pincha chetlari qo`shilib o`sadigan qin va ingichka plastinkaga bo`linadi. Barg qini barg plastinkasiga aylangan joyida poyani o`rab turadigan tilcha bo`ladi. Gullari mayda, ko`rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli yoki bir jinsli bo`lib, shamol yordamida changlanadi. Ular boshoqsimon to`pgullar hosil qiladi. To`pgullar o`z navbatida boshchasimon, soyabonsimon, supirgisimon murakkab to`pgullar bo`lib bir biriga qo`shiladi. Gullarning gulqo`rg`oni 6 ta pardacha yoki tangacha ko`rinishida yoki 1-6 ta yoki bir talay qilchalar ko`rinishida bo`ladi. Yo bo`lmasa butunlay reduksiyalanib ketadi, bu hollarda gullari yalang`och bo`lib qoladi. Changdonlar asosi bilan otaliklar ipiga birlashgan. Onaligi 1 ta, unda bir uyali ustki tuguncha va 2 ta yoki 1 ta ustunchalari hamda tumshuqchalari bor, tugunchasi 3 ta gaho 2 ta meva bargchadan yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: |