8- rasm. Graminerae
Changchi ko`pincha 3 ta , ba`zan 1, 2, 6 ta yoki undan ko`p bo`ladi. Changchilarning ko`p miqdor quruq va yengil chang chiqaradigan yirik changdoni bo`ladi. Changchi iplari o`simlik gullaguncha qisqa bo`ladi, lekin gullash vaqtida tez uzayadi va changdonlarini guldan tashqariga chiqaradi. Changchi tushib o`sgan 2-3 ta meva bargchadan tuzilgan. Changchi og`izchasi 2 bo`lakchali, ba`zan 1-3 bo`lakchali patsimon, faqat makkajo`xo-rining urug`chi og`izchasi ipsimon. Tugunchasi ustki, bir uyali to`g`ri yoki bir oz egilgan 1 ta urug`kurtakda bo`ladi.
Boshoqlar shamol yordamida, faqat ba`zilari o`z-o`zidan changlanadi. Mevasi don bo`lib, u gulqo`rg`on bilan zich tutashib o`sadi. Endosperma juda rivojlangan.
Ko`p yillik boshoqlar to`planish usuliga qarab 3 ta tipga bo`linadi.
1. Ildizpoyali boshoqlar boshoqdoshlarning to`planish bo`g`imlaridan birmuncha uzun novdalar chiqadi, ular yer tagiga gorizontal xolatda o`suvchi ildiz poyalardir. Bug`doyiq, suv bug`doyiq, qamish ildizpoyali boshoqdoshlarga misol bo`la oladi.
2. Siyrak to`planuvchi boshoqdoshlar Bularning bo`g`imi ham yer yuzasida bo`ladi, lekin bo`g`imdan chiqqan novdalar yer ustidagi asosiy poyaga nisbatan o`tkir burchak bilan ko`tariladi. Timofivka oq suxta siyrak to`planuvchi o`simliklarga misol bo`la oladi.
3. Zich to`planuvchi boshoqdoshlar Bularning ildizpoyali hamda siyrak to`planuvchi boshoqdoshlardan farqi shuki, to`planish bo`g`imi yer yuzasidan yuqorida bo`ladi. Har qaysi bo`g`imidan oraliqlarijuda qisqa bo`lgan novdalari chiqadi. Har bir novda o`zining to`planish bo`g`imini hosil qiladi. Undan xuddi yuqorida aytilganidek ichki yon novdalar paydo bo`ladi. Natijada, zich to`p vujudga keladi zich to`planuvchi boshoqdoshlarga chalov betagalar misol bo`la oladi.
Boshoqdoshlarning to`planish tipi tuproq hosil bo`lishda katta ahamiyatga ega. Boshoqdoshlar oilasi 3 ta kenja oilaga bo`linadi.
1. Bambuksimonlar
2. Tariqsimonlar
3. Qo`ng`irboshsimon
Bulardan MDX da 2 tasi ya`ni tariqsimonlar va qo`ng`irboshsimonlar kenja oilalariga mansub o`simliklar uchraydi.
Bambuklar kenja oilasi -Bambuseae
Bu oilaning deyarli hamma vakillari ildiz poyali ko`p yillik o`simliklar bo`lib, juda shoxlab ketadigan ko`p yillik daraxtsimon poyalar chiqaradi. Poyalarining bo`yi ba`zilari-da 40 m ga yo`g`onligi 30 sm ga boradi. To`pgullari supirgisimon, ko`pchiligining gullarida 3 ta lodikula, 6 ta otalik, 3 -2 ta ustuncha bor. Mevasi don, ba`zilarida yong`oqcha yoki rezavor meva holida 200 dan oshiq turi tropik va subtropik mintaqalarda o`sadi. Yovvoyi holda o`sadigan bambuklarni yerli aholi deyarli hamma xo`jalik ishlarida ishlatadi.
Tariqsimonlar kenja oilasi-Panicoideae.
Oilacha vakillari asosan o`t o`simliklar ba`zan poyalari yog`ochlashadi. Oddiy boshoqchalari 1 gulli, bittasi bir jinsli erkak gul bo`lib, ikkinchisi ikki jinsli gul. Boshqacha qobiqlari ikkitadan ko`p. Bu oilachaga bir qancha muhim ekinlar kiradi. Eng muhimlari makkajo`xori avlodi (Zea) , jo`xori avlodi (Sorghum) (bu avlod oddiy jo`xori, oq jo`xori, qand jo`xori, sudan o`ti, g`umay kabi o`simliklar kiradi), shakarqamish avlodi (Saccharum), tariq avlodi (Panicum) Suli avlodi (Avena), Chalov avlodi (Stipa), Sholi avlodi (Oryza), Silen avlodi (Aristida) kabilar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |