10- rasm. Suli (Avena).
Bo`yi 120 sm gacha boradigan, poyasi yalong`och bo`ladigan bir yillik o`tsimon o`simlik. Poyasi ichi kovak bo`lib, qavarib chiqib turadigan qattiq bo`g`imlari bor. Barglari uzun nashtarsimon uchi o`tkirlashib kelgan. Gullari - ikki jinsli, mevasi boshoqlarda bo`ladigan cho`zinchoqroq shaklli don.
May iyulda gullaydi, doni iyun - avgustda yetiladi.
Suli donlarida anchagina (16% gacha) oqsil, uglevodlar yog` moddalari klechatka, va ko`pgina makro va mikroelementlar bor. Unda avenin degan alkaloid va efir moyi ham bor. Shuni takidlab o`tish kerakki ekiladigan suli egallaydigan maydon jihatidan jahon xo`jaligida g`alla ekinlari orasida 4 - o`rinda turadi. (bug`doy, makkajo`xori, sholilardan keyin) Zamonaviy tabobatda sulidan tayyorlangan qaynatmalar siydik o`t yo’lini haydaydigan va odamni terlatadigan xossalarga ega ekanligi aniqlangan. Suli yallig`lanishga qarshi ta`sirga ham ega bo`lib markaziy nerv sistemasi va yurak ishini ham yaxshilaydi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda Bu sinfga mansub o’simliklar ahamyati jixatdan muximligi bilan boshqa sinf vakillaridan ajralib turadi. Ulardan qishloq xo’jaligi, sanoatda,farmaseftikada har-xil dori darmonlar tayyorlashda, atir upa sanoatida va tibbiyotda turli xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Bu o’simliklar o’zining dorivorligi bilan ajralib turadi. Misol uchun hammamiz yaxshi bilgan aloe o’simligi tarkibida antratsen unumlari smola, efir moylari saqlaydi. U tibbiyotda turli xil kasalliklarda xususan ichni yumshatadigan , O’t haydaydigan va bakteresit tasir korsatadigan, yallig’lanishga qarshi tasir ko’rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi.
Sarimsoq piyoz tarkibida esa 0,3% gacha alanin 0,4% gacha efir moyi, 0,06% atrofida yog’li moy fitosterin, azod moddalar, fitonsitlar anchagina miqdorda askarbinat kislota bor . Bu moddalar meda ichak yolini ishini kuchaytiradi o’t siydik haydaydigan, og’riq qoldiradigan, balg’am ko’chiradigan va bakteratsid xususyatga ega hisoblanadi.
Shunday qilib bu o’simmliklarni dorivorlik xususyatini, ularni o’simliklar qoplamidagi ahamyatini bilgan holda biz ularni muxofaza qilishimiz va kopaytirishimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: |