2- rasm. Greyg lolasi (Tulipa gregii).
Greyg lolasi lolalar avlodiga mansub bo`lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog`larning quyi qismidagi yonbag`irlarda ochiladi yirik gulli, ko`rkam o`simlik. Bo`yi 20 - 45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona ustida to`q binafsha rangli dog`lari bor. Guli bitta, yirik sarg`ish - qizil osti qora dog`li changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo`linib ochiladigan ko`sakcha, iyulda pishadi. G. lolasi urug`idan va piyozidan ko`payadi. Urug`dan o`sgan lola 9-10 yilda piyozchasidan o`sgani esa 4-5 yilda gullab urug` beradi. Uning guli juda chiroyli. Keyingi paytlarda odamlarning shavqatsiz yulishi piyozchalarini kovlab olishi natijasida juda kamayib ketdi. Hozirgi paytda u muhofaza qilinadi va O`zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: |