BIR SATR VA BIR KITOB TAASSUROTI
UMR O’TGAN SAYIN INSONDAN UZOQLASHB BORADIGAN, AYNI PAYTDA HAYOT CHARXIDA SAYQAL TOPIB, ODAMNING QALBIDAN CHUQUR VA MUSTAHKAM JOY OLADIGAN SOG’INCHLI XOTIRALAR HAMISHA AZIZ VA QADRLIDIR.BOLALIKDAGI, YOSHLIK PAYTINGIZ VA O’RTA YOSH DAVRLARDA KO’RGAN, TANIGAN-BILGAN, HAMSUHBAT BO’LGAN KISHILARINGIZ, YORU OSHNOLAR, BEGONALAR, TURFA XIL QIYOFALAR…
NAINKI ANA SHU SIYMOLAR, BALKI QACHONDIR O’QIGAN SEVIMLI KITOBLARINGIZ, MAKTAB PARTASIDA YOD OLINGAN SHE’RIY SATRLAR, DIMOG’INGIZDA XIRGOYI QILIB YURGAN USHULALAR BORA-BORA QADRDON HAMROHLARINGIZGA AYLANIB QOLGANINI HAM SEZMAY QOLAR EKANSIZ.ORADAN NECHA YILLAR O’TIB, TURMUSH TASHVISHLARI ARO TASODIFAN ANA SHUNDAY BIR XOTIRA PARCHASIGA DUCH KELSANGIZ, BEIXTIYOR CHAMG BOSGAN OLIS UMR YO’LLARI XAYOLINGIZ KO’ZGUSIDA CHARAQLAB YORISHIB KETGANDAY TUYULADI.
DILBAR SHOIRIMIZ HAMID OLIMJONNING “O’ZBEKISTON” QASIDASINI BUNDAN ELLIK YILLAR AVVAL BIZ, SAKKIZINCHI SINF O’QUVCHILARI SARIOSIYO PAXTAZORLARIDA BIR-BIRIMIZGA ZAVQLANIB AYTIB YURARDIK.SHUNDAN BUYON QANCHA SUVLAR OQIB O’TDI, MUSTABID TUZUM, YOLG’ON- SOXTA TA’LIMOTLAR ZAVOLGA YUZ TUGDI.AMMO “O’ZBEKISTON” QASIDASI, BU VA SEHRLI SATRLAR, BU GO’ZAL SHERIYAT HAMON YASHAB KELYAPTI.
BU MULOHAZALAR MEN BEJIZ YOZAYOTGANIM YO’Q TANIQLI ADIBIMIZ XAYRIDDIN SULTONNING YANGI KITOBI QO’LYOZMASINING BIRINCHI VARAG’INI OCHAR EKANMAN, O’SHA SHE’RDAGI BOLALIKDAN OSHNO VA QADRDON ‘ODAMLARDAN TINGLAB HIKOYA’DEGAN SATRDA KO’ZIM TUSHDI.O’QIGANIM ZAXOTI, XUDDI BIR PAYTLAR BIR PARTADA BAYT TALASHIB, SHE’R AYTISHGAN, KO’PDAN BUYON KO’RISHMAGAN SINFDOSH DO’STIM BILAN YUZMA –YUZ UCHRASHGANDAY AJIB HOLATGA TUSHIB QOLDIM.
MANA SHU BIRGINA SATR KO’NGLIMNING TUB-TUBIDAN XIRA TORTA BOSHLAGAN OLIS XOTIRALARNI UYG’OTIB YUBORGANDEK
Dostları ilə paylaş: |