Bir yillik va ikki yillik begona o’tlarning ta’rifi
Bir yillik va ikki yillik begona o’tlarning ta’rifi Begona oʻtlar, begona oʻsimliklar — odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida oʻsib, ularga zarar yetkazadigan, maʼlum bir maydonda oʻsishi maqsadga muvofiq boʻlmagan oʻsimliklar. Begona oʻtlar madaniy oʻsimliklar hosilini kamaytirib, qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Jahon miqyosida Begona oʻtlar tufayli hosil nobudgarchiligi 20 mlrd. dollarni yoki umumiy hosilning 14,5% ni, Oʻzbekistonda paxta va boshqa ekinlar hosilining 15 — 20% ni tashkil etadi. Begona oʻtlar kuchli rivojlangan ildiz sistemasi bilan madaniy oʻsimliklarga nisbatan tuproqdagi oziq modda va namlikdan koʻproqfoydalanadi, ularnnng rivojlanishi hamda yuqori hosil toʻplashiga toʻsqinlik qiladi. Mas. yaxshi rivojlangan bir tup gʻumay tuproqda 3-4 m2-maydonni egʻallashi mumkin. Parazit Begona oʻtlar (zarpechak, shumgʻiya) oʻta xavfli boʻlib, oziq moddalarni bevosita madaniy oʻsimlikning oʻzidan soʻradi va ularni nobud qiladi.
Begona oʻtlarning bir necha ming turi maʼlum. Oʻzbekistonda sugʻoriladigan dehqonchilik hududida 269 ga yaqin turi uchraydi, jumladan, bir yillik Begona oʻtlardan qorakurmak, itqoʻnoq, shoʻra, olabuta, ituzum, semizoʻt, eshakshoʻra hamda koʻp yilliklardan gʻumay, ajriq, qoʻypechak, salomalaykum va boshqa ekinlarga zarar yetkazadi. Hayot tarzi va yer osti vegetativ organlarining tuzilishiga koʻra bir, ikki va koʻp yillik Begona oʻtlarga boʻlinadi. Bir yillik Begona oʻtlar hayotida bir martagina msva, urugʻ berib, ularning rivojlanishi bir yoki ikki vegetatsion mav-sum davom etadi, xolos. Ularning ildi-zi yerning yuza qatlamlaridagina rivojlanadi. Koʻpchiligi urugʻ yordamida koʻpayadi (faqat zarpechak bundan mustasno). Bu guruhga 3 tipdagi Begona oʻtlar kiradi. Efemerlar — umri yozgi qurgʻoqchilik boshlanishi bilan tugaydigan, tez va qisqa rivojlanish sikliga ega boʻlgan bir yillik Begona oʻtlar Bularning kuzgi va bahorgi formalari (yovvoyi bugʻdoyiq. yaltirbosh va boshqalar) mavjud. Efemerlar, asosan lalmikor ekinzorlarda tarqalgan. Uzoq oʻsish sikl iga ega biryillik Begona oʻtlar efemerlardan farq qilib, rivojlanish sikli uzoqroq davom etadi va odatda, kuzda tugaydi. Baʼzi turlari (bahorgi formalar) rivojlanishi erta bahorda, kunlar isishi bilan boshlanadi (mas, zarpechak, tuyaqorin va boshqalar)- Birok koʻpchilik turlari kuzgi formaga mansub. Ikki yillik Begona oʻtlar hayotining birinchi yilida toʻpbarg hosil qilib, shu holda qishlaydi. Ikkinchi yili esa poyasi rivojlanadi, meva tugadi va nobud boʻladi (mas, koʻztikan, shaytonkelmas, moxobel va boshqalar)- Ularni yoʻqotish uchui koʻp kuch va mablagʻ sarflanadi. Koʻp yillik Begona oʻtlar hayotidabir necha marta gullab, urugʻlaydi. Ular yer osti organlari bilan ham koʻpaya oladi. Yer osti organlarining tuzilishi va koʻrinishiga qarab koʻp yillik Begona oʻtlarni bir necha tiplarga boʻlish mumkin. Oʻq ildizli Begona oʻtlar asosiy ildiz va undan chiqadigan koʻplab mayda ildizchalar hamda ildiz tukchalariga ega (mas, zubturum, sachratqi va boshqalar). Bu oʻsimliklar vegetativ yoʻl bilan koʻpaymaydi. Popukildizli Begona oʻtlarning mayda ildizlari kuchli rivojlangan boʻladi (zubturum). I l dizbachkililarning ildizi juda rivojlangan boʻlib, yerga chuqur oʻsib kiradi, ularning ildiz kurtaklaridan rivojlanadi gan bachkilari bor. Bachkilar baʼzi oʻsimliklarning asosiy ildizida, ayrimlarining butun ildiz tizimi boʻylab (boʻztikan) yoki maxsus koʻpayish ildizlarida (yantoq, oqbosh, jinchak va boshqalar) hosil boʻladi. Bunday Begona oʻtlar oʻta yashovchanligi bilan boshqalaridan farqqiladi. Ildizpoya-l i Begona oʻtlarning gorizontal sudralib oʻsuvchi, yerga uncha chuqur kirmagan yer osti poya — ildizpoyasi bor: bular baʼzilarida kalta (gʻumay), ayrimlarida esa uzun (ajriq, bugʻdoyiq). Namlangan tuproqqa tushgan ildizpoya boʻlaklari tez va oson oʻsish xususiyatigaega. Ildizmevali Begona oʻtlariing yer osti piyozi yoki tuganaklari boʻladi (yovvoyi piyoz, lola va boshqalar). Asosan, urugʻ bilan, shuningdek tuganak yoki piyoz yordamida koʻpayadi. Chimsimon ildizli Begona oʻtlar popuk ildizli boʻlib, bularning yer ustki organlari yil sayin oʻsib, chim hosil qiladi. Bunday Begona oʻtlar vegetativ koʻpayish xususiyatiga ega emas (savagʻich va boshqalar). B.
Oʻzbekistonda sugʻoriladigan dehqonchilik hududlarida koʻp uchraydiganbegona oʻtlar oʻ.ning yana boshqa tasniflari ham mavjud.
Begona oʻtlarga qarshi kurashda mexanik, agrotexnik va kimyoviy usullaridan foydalaniladi. Samarali kurash olib borish uchun ularning hayot tarzi, ayniq-sa, koʻpgnna Begona oʻtlar qoʻshimcha koʻpayish organi boʻlgan ildiz tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Qarshi kurashda qoʻllaniladigan barcha choratadbirlar maʼlum daladagi Begona oʻtlar biologiyasini tahlil qilishdan kelib chiqishi kerak. Har bir dala uchun unda oʻsayotgan Begona oʻtlarga xos qarshi kurash choralari tizimi ishlab chiqiladi. Tanlangan usulda agrotexnik va kimyoviy choralar, shuningdek urugʻlik materiallarning tozaligi hamda karantin tadbirlar eʼtiborga olinadi.
Muhim agrotexnik tadbirlardan biri yerni 30-40 sm chuqurlikda koʻsh yarusli pluglar bilan haydashdir. Yerni chuqur agʻdarish Begona oʻtlar urugʻi va ildizpoya boʻlaklarini chuqurga koʻmib, unib chiqishiga yoʻl koʻymaydi. Daladagi Begona oʻtlarni kamaytirish uchun tuproqni agʻdargichsiz osma va tirkama pluglar yordamida yumshatiladi, ildizpoyalar (qamish, gʻumay, ajriq va boshqalar) esa chizel yoki kultivatorlar, shuningdek tishli boronalar bilan taroklanadi va yigʻishtirib olinib, yoʻqotiladi. Erta bahorda Begona oʻtlar maysaii boronalash bilan yoʻqotiladi. Ekinlar vegetatsiyasi davrida esa Begona oʻtlar oʻtoq qilinadi. Bir, ikki va koʻp yillik Begona oʻtlarga qarshi kimyoviy kurash usulida tanlab taʼsir qiluvchi gerbitsidlarlan foydalaniladi. Paxta dalalaridagi bir yillik Begona oʻtlarga va koʻp yillik Begona oʻtlarning maysasiga qarshi bahorda goʻza maysalari paydo boʻlgunga qadar treflan va prometrin preparatlari tavsiya qilinadi. Shoʻrlangan va yengil qumli tuproqpa esa kotoforagm foydalansa boʻladi
Begona o‘tlar sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida juda keng tarqalgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligiga katta zarar etkazadi. Begona o‘tlar keltiradigan zararlarga quyidagilar kiradi:
1) tuproqdan juda ko‘p miqdorda suvni o‘zlashtiradi;
2) tuproqda oziq moddalarni kamaytiradi;
3) tuproqqa ishlov berishlar soni ortadi;
4)qishloq xo‘jalik ishlarini mexanizat-siyalashtirishni qiyinlashtiradi (qishloq xo‘jalik mashina va agregatlarining ish organlarini sindiradi, tuproqqa ishlov berish sifatini pasaytiradi);
5) madaniy o‘simliklarni soyalab qo‘yadi;
6) ekinlarning yotib qolishiga olib keladi (masalan, qo‘ypechak va
toron);
7) kasallik va zararkunandalarning tarqalishiga sabab bo‘ladi (qo‘ypechak, bo‘ztikan, yantoq kabi begona o‘tlar o‘rgimchakkana, shira, karadrina va g‘o‘za tunlamini tarqatuvchi, yovvoyi turp, rango‘t va boshqalar karam kili, un shudring zamburug‘larini tarqatuvchi, bug‘doyiq esa g‘alla zangi va boshqa zamburug‘ kasalliklarining rivojlanish manbai hisoblanadi);
olingan hosil sifatini pasaytiradi.
9) odam va hayvonlarning zaharlanishiga olib keladi (akonit, bangidevona, mingdevona, tuyaqorin, g‘umay, yosh vaqtida urug‘ida hamda vegetativ organlarida zaharli moddalar saqlovchi boshqa o‘simliklar).
10) sug‘orish tarmoqlaridan suvning isrof bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Ekinlar hosildorligini oshirish va hosil sifatini yaxshilash uchun begona o‘tlarni puxta o‘rganish va ularga qarshi kurashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish lozim. Begona o‘tlar turlicha biologik xususiyatga ega bo‘lganligi sababli ularni o‘rganishga kirishishdan avval ularni ba’zi xususiyatlariga ko‘ra biologik guruhlarga bo‘lib olish lozim. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston tuproqlarida begona o‘tlarning 72 oilaga mansub 850 yaqin turlari uchraydi. Bunday ko‘p sonli begona o‘tlarni.