Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima


Suyak to’qimasi va tarkibiy tuzilishi. Suyak



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə6/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Gistologiya YN (2)

Suyak to’qimasi va tarkibiy tuzilishi. Suyak tо‘qimasi.Bu tо‘qima tarkibida ohaklangan hujayralararo moddalar tutadigan biriktiruvchi tо‘qima bо‘lib, suyak skeletining asosiy struktura majmuasi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar skeletini tashkil etadi, gavda tuzilishini shakllantiradi, harakat funksiyalarini yuzaga chiqaradi. Suyak tо‘qimasi hujayralararo moddalarni tarkibida kо‘p miqdorda kalsiy tuzlari va ftor elementi bor. Organizmdagi kalsiy tuzining 97 % suyak tо‘qimada uchraydi.
Suyakning mezinximadan rivojlanishi
Preparat embriondan tayyorlangan. Oldin mikroskopning kichik obyektivida kо‘riladi. Preparatda suyak tо‘qimasining embrion xujayralaridan hosil bо‘lish jarayoni kо‘rsatilgan. Tayyor preparatni kuzatish jarayonida unda suyak xujayralari, ya’ni ostiositlar bilan birgalikda hosil bо‘layotgan ustunchalarni kо‘ramiz. Suyakning asosiy qismi eozin bilan pushti ranga, ostiosit hujayralarining yadrolari esa gemotoksilin bilan binafsha rangga bо‘yalgan. Ustunlarining asosiy moddasida kub yoki silindrsimon shakldagi ostiogen xujayralardan paydo bо‘lgan ostioblast hujayralar yotadi. Osteoblastlar kо‘payish xususiyatiga ega. Ana shularni kо‘payishidan suyak tо‘qimasi hosil bо‘ladi. Preparatni yuqori qismida chiziqqa о‘xshab yotgan bir necha qavat xujayralardan iborat osteogen tо‘qima kо‘rinadi. Tо‘qima tuzilishi jihatidan kо‘p qavatli muguzlangan epiteliyga о‘xshaydi. Tо‘qimada osteogen xujayralar bо‘lib, ular suyak tо‘qimasining ustini qoplovchi parda osteoblast xujayralarini hosil qiladi.
Suyaklar — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suya k toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.
Suyak — kalsiy va fosfor deposi hisoblanadi. Paratgormon va kalsiotonin gormonlari kon plazmasida kalsiy miqdorini va osteoklastlarning soʻrilish faolligini boshkarib turadi. Suyak toʻqimasi juda faol regeneratsiya xususiyatiga ega boʻlib, organizmda toʻxtovsiz yangilanib turadi. Shu sababdan suyakning mexanik xossalari ham organizmga tushadigan yukka mos ravishda oʻzgarib boradi. Odam skeleti suyak tarkibi umr davomida yangilanib turadi (yana qarang Suyak sinishiSuyak chiqishiSkelet).
Odam skeleti 200 dan ortiq alohida-alohida suyaklardan iborat. Skelet quyidagi bo‘laklaiga ajratilgan tana suyaklari (umurtqalar, qovurg‘alar va to‘sh suyagi), kalla suyagi (miya va yuz qismlaridan iborat), yelka kamari (kurak va kutubxonasi o'mrov suyaklari), qo'l suyaklari (yelka, bilak va qo 1 panja suyaklari), chanoq suyaklari (yonbosh, qov va o‘tiig‘ich suyaklar) va son, boldir hamda oyoq panja suyaklaridan iborat.

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin