Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima


Odam rivojlanishida trofoblast va xorionning paydo bo'lishi



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə9/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Gistologiya YN (2)

Odam rivojlanishida trofoblast va xorionning paydo bo'lishi. Embrion bilan ona organizni o’rtasida aloqa bog’lash plasentasiya deyiladi. Bu aloqa yo’ldosh yoki bola o’rni hosil bo’lishi o rqa li o’rnatiladi. Yo’ldosh hosil bo’lishida emrio nning vaqtincha organlari ishtirok etadi. Urug’lanish sodir bo’lgandan keyin blastosist 1 hafta ichida implantasiya, ya'ni bachadon devoriga trofoblastlaning vorsinkalari orqali yopishadi va katta xavfli davr o’tadi. Ammo bu xavf yo’ldosh hosil bo’lguncha davom etadi. Homila bilan ona organizmi o’rtasidagi aloqa yo’ldosh orqali bog’langandek mustahkam bo’lmaydi.Ikkinchi tomondan, trofoblast embriondan kelayotgan toksin moddalarni neytirallay olmaydi. Bu moddalar ona jigariga kelib neytrallanadi.Shuning uchun yo’ldosh hosil bo’lguncha ona organizmida taksikoz, ya'ni embrion qonidagi zaharli moddalardan zaharlanish, ya'ni ko’ngil aynish, qayt qilish kabi holatlar kuzatiladi. Shunday holatlarda ko’ngil istagan narsalar iste'mol qilinsa, bu hodisaning oldi olinadi. Odamlarda homiladorlikning 78-80 kunlariga kelib yo’ldosh hosil bo’ladi.Implantasiyadan keyin blastodermik pufakchaning o’sishi bilan yo’ldoshli hayvonlarda embrionning oziq moddalarga bo’lgan ehtiyoji ortadi. Rivojlanishning boshlang’ich davrlarida embrion oziq moddani ona organizmidan trofoblast orqali oladi. Trofoblast ikkita bosim kuchi ta'sirida bo’ladi, ya'ni unga tashqi tomondan ona organizmi to’qimalarining bosimi ta'sir etsa, ichki tomondan amnion suyuqligining bosimi ta'sir etadi. Bu bosimlarning ta'siri trofoblast devoridagi hujayralarning normal o’sishi va ko’payishiga xalaqit beradi. Natijada trofoblastning usfki tomoni tugunchali, o’sim tali, vorsinkasimon bo’lib qoladi. Bu birlamchi vorsinkalar bo’lib, ularga mezcnxima qo’shilishi natijasida tashqi epiteliy bilan qoplangan o 'simtaga aylanadi. Trofoblasfda vorsinkalar hosil bo’lgandan keyin bu tuzilma xorion yoki seroza deb ataladi. Xorion vorsinkalarining joylanishiga qarab yo’ldoshlar har xil bo’ladi. Ular embrion qorin qismining ro'parasida yoki atrofida joylashadi. Xorionning ichkari tomonini allantois qoplaydi. Shuning uchun yo’ldoshni xorioallantois deb birgalikda ham nomlanadi.

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin