Nerv uchlari va xillari. Nerv sistemasi — odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliyatini bir-biriga bogʻlagan holda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyusiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. Nerv sistemasi, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqi-ma — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi).Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.Nerv sistemasi shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidkr. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysinib, skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga boradi.Nerv sistemasi qoʻzgʻalish toʻlqini — impuls larni nerv tolalari orqali tez oʻtkazilishini taʼminlaydi. Nerv impulslari bir lahzada roʻy beradi va turli aʼzolardan miyaga yoki miyadan aʼzolarga boradi. Nerv sistemasi harakat funksiyasini, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyatini, kon aylanishini va boshqa jarayonlarni boshqaradi.
Akson va dendritlar. Dendrit — nerv hujayralari (neyron)ning tarmoklangan sezuvchi oʻsimtalari; boshqa neyronlar, retseptor hujayralar yoki bevosita tashqi qoʻzgʻatuvchilardan signallar qabul qiladi. Nerv impulslarini hujayra tanasiga oʻtkazib beradi. Nerv hujayrasida bir yoki bir nechta Dendrit boʻlishi mumkin. Baʼzi hujayralarda Dendrit kalta va sershox, boshqalarida uzun hamda kamshox boʻladi (yana q. Akson).Akson (qadimgi yunoncha: ἄξων — axon — oʻq), neyrit — nerv tolalarining yigʻindisidan paydo boʻlgan oʻq; nerv hujayrasining uzun oʻsimtasi. Akson taʼsirotni (nerv impulsini) periferik aʼzolardan markaziy nerv sistemasiga va aksincha, markaziy nerv sistemasidan aʼzolarga yoki bir aʼzodan ikkinchisiga (akson-refleks) oʻtkazib beradi. Aksonning boshlangʻich qismi ingichka, oxiri yoʻgʻon va maxsus poʻst bilan uralgan buladi. Akson tutashgan joylarda ranvye boʻginlati mavjud.