Mushak to’qimasi odam va hayvon organizmining harakatga kelishini ta’minlaydi. Mushaklarning tuzilishi ularning bajarayotgan funksiyasiga moslashgan, ya’ni ularning shakli cho’ziq, uchlari tayanch tuzilmalarga tutashgandir.
Тuzilishi va bajarayotgan funksiyasiga ko’ra silliq, ko’ndalang - targ’il, yurak mushagi va ba’zi a’zolarda uchrovchi maxsus muskul to’qimasi farq qilinadi. Maxsus mushak to’qimasi kelib chiqishi, tuzilishi va vazifalariga ko’ra turlichadir.
MUSHAKLAR TARAQQIYOTI
MUSHAKLAR TARAQQIYOTI
Mushaklar embrionning o'rta - mezoderma qavatidan rivojlanadi. Embrion rivojlanishining 4—5 haftalarida mezodermadan dermatom qavat ajraydi va qolgan qismiga somitlar deyiladi. Somitlar ham sklerotom va miotom qavatlarga ajraladi. Sklerotomdan skelet suyaklari taraqqiy etsa, miotomlardan ko'ndalang-targ'il mushaklar rivojlanadi. Miotomlar myosepta to'sig'i vositasida segmentar bo'laklarga boiinadi. Embrionning bo'yin qismida 8 juft, ko'krak qismida 12 juft, bel sohasida 5 juft, dumg'aza sohasida 5 juft va dum sohasida juft miotomlar joylashgan. Embrion taraqqiyotida dum miotomlari reduksiyaga uchraydi. Qolgan har bir miotom ventral va dorzal bo'limlarga ajraladi. Tanadagi miotomlardan tashqari, embrionning kalla sohasida uchta ensa hamda quloq oldi miotomi va beshta visseral ravoq miotomlari bo'ladi. Umurtqa pog'onasi atrojidagi miotomlardan bo'yin, ko'krak, orqa, qorin, qo'l va oyoq mushaklari taraqqiy qiladi. Uchta ensa miotomidan til va til osti sohasidagi mushaklar rivojlanadi.
Birinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasini harakatga kelliruvchi ko'pchilik mushaklar rivojlanadi. Ikkinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining yuqorigi qiyshiq mushagi -m. trochlearis rivojlanadi. Uchinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining lateral to'g'ri mushagi - m. rectus oculi lateralis rivojlanadi.
Birinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasini harakatga kelliruvchi ko'pchilik mushaklar rivojlanadi. Ikkinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining yuqorigi qiyshiq mushagi -m. trochlearis rivojlanadi. Uchinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining lateral to'g'ri mushagi - m. rectus oculi lateralis rivojlanadi.
Birinchi visseral ravoq mandibular ravoq deyilib, quyidagi mushaklar rivojlanadi: chaynov mushaklari va m. mylohyoideus, ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning oldingi qorinchasi, nog'ora bo'shlig'idagi nog'ora pardani taranglovchi mushak - m. tensoris thympani, yumshoq tanglayni taranglovchi mushak - m. tensor veli palatini. Ikkinchi visseral ravoq gioid ravog'i deb atalib, bu ravoqdan mimika mushaklari, ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning orqa qorinchasi, bo'yindagi teri osti mushagi - m. platisma rivojlanadi. Uchinchi visseral ravoq birinchi jabra ravog'i deb atalib, bu ravoqdan halqumning m. stylopharyngeus mushagi rivojlanadi. To'rtinchi visseral ravoq ikkinchi jabra ravog'i deb atalib, bu ravoqdan halqumning qisuvchi mushaklari rivojlanadi. Beshinchi visseral ravoq uchinchi jabra ravog'i deb atalib, ikkinchi jabra ravog'ining ishtirokida bo'yindagi m. sternocleidomastoideus mushagi va orqadagi m. trapezius mushagining rivojlanishida qatnashadi.
Umurtqa pog'onasining ikki tarafida joylashgan dorzal miotomlardan faqat orqaning chuqur xususiy mushaklari rivojlanadi. Orqaning yuzaki mushaklari tana, qoi, oyoq, bo'yin sohasining ventral miotomlaridan rivojlanadi. Embrion taraqqiyoti natijasida har bir miotomdan bir nechta mushak taraqqiy etadi. Aksincha, ba'zi mushaklar bir necha miotomning o'zaro birikishidan hosil bo'lishi ham mumkin (qorin mushaklari, ikki qorinchali mushak).
Taraqqiyot jarayonida o'z joyida qoladigan mushaklar guruhiga xususiy, autaxton mushaklar deyiladi. Orqaning chuqur guruh mushaklari, ko'krak qafasining xususiy mushaklari autaxton mushaklarga misol boia oladi. Ventral miotomlarning taraqqiyot jarayonida qo'l yoki oyoqdan tanaga ko'chib qolgan mushaklarga trunkopetal mushaklar deyiladi. Trunkopetai mushaklarga ko'krak va orqaning xususiy mushaklarini ustki tomondan qoplagan m. pectorales major et minor, m. latis-simus dorsi mushaklari misol bo'la oladi. Ventral miotomlarining taraqqiyoti jarayonida tanadan va kalladan qo'l yoki oyoq mushaklarining harakatini ta'minlashga ko'chgan mushaklarga trunkofugal mushaklar deyiladi. Trunkofugal mushaklarga kalladan ko'chgan m. sternocleidomastoideus, m. trapezius va lanadan ko'chgan m. rhomboideus, m. levator scapulae, m. serratus anterior, m. subclavius, m. omohyoideus mushaklari misol bo'la oladi.