Umurtqali va umurtqasz hayvonlar ontogenezi.Umurtqasizlar chuchuk suv, dengiz va okeanlar, quruqlik va tuproq qatlamlarida yashaydi; bir qanchasi parazit (qarang Parazitizm). Umurtqasizlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Oldingi geologik davrlarda yashagan Umurtqasizlar baʼzi choʻkindi jinslarning tarkibini tashkil etadi (mas, ohaktoshning tarkibi deyarli oʻlib bitgan foraminifera, korallar, mshankalar va boshqa skeletidan iborat). KoʻpchilikUmurtqasizlar yoki ularning mahsuloti odam va chorva mollari, parrandalar, baliqlar uchun oziq (mas, asal, qisqichbaqasimonlar va boshqalar). Umurtqasizlar hayotiy mahsuloti texnikxoʻjalik maqsadlarda ishlatiladi (mas, asalari mumi, ipak qurti pillasi, mollyuskalar chigʻanogʻi, marvarid va boshqalar), shuningdek, Umurtqasizlar.dan qishloq xoʻjaligida ekinlar va hayvonlar zararkunandalariga biologik qarshi kurashda, choʻkindi jinslar yoshini aniklashda xam foydalaniladi. Foydali Umurtqasizlar bilan birga, qishloq xoʻjaligi zararkunandalari, yuqumli kasalliklarni tashuvchilar, parazitlik qilib kasallik qoʻzgʻatuvchilari ham boʻladi.
Umurtqasiz hayvonlar orasida urug‘lanmagan tuxumlardan ko‘payish -partenogenez xam ko‘p uchraydi. Partenogenez odatda ko‘plab qirilib ketadigan hayvonlarda uchraydi. Partenogenez qulay sharoit bo‘lganda qisqa vaqt ichida individlar sonining juda tez ortishiga imkon beradi. Ayrim umurtqasiz hayvonlar turi faqat partenogenetik urg‘ochilardan iborat. Lekin odatda hayvonlarning partenogenetik nasli ikki jinsli nasl bilan almashinib turadi. Hayvonlarning individual rivojlanishi. Urug‘langan yoki partenogenetik tuxumni voyaga etgan organizmga aylanish davri individual rivojlanish, ya’ni ontogenez deyiladi. Ontogenez embrional (murtakning rivojlanishi) va postembrional (organizmning tug‘ilgandan yoki tuxumdan chiqqandan keyin rivojlanishi) davrlarni o‘z ichiga oladi. Embrional davr tuxum qo‘yuvchilarda embrionning tuxumdan chiqishi, tirik tug‘uvchilarda esa ona qornidan tug‘ilishi bilan tamom bo‘ladi. Postembrional rivojlanish hayvonlarda ikki yo‘l bilan boradi. Ko‘pchilik hayvonlarda, masalan, ayrim bo‘shliqichlilar, xalqali va to‘garak chuvalchanglar, o‘rgimchaksimonlar, chuchuk suvda yashovchi qisqichbaqasimonlar, ko‘pchilik xordalilarning murtagidan embrional rivojlanish natijasida voyaga etgan hayvonlarning o‘ziga o‘xshash organizm etishib chiqadi.