Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə23/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57
Gistologiya YN (2)

Odam rivojlanish davrlari. Odam organizmining rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo'ladi. Bu davrlarda organizm ketma-ket morfologik biokimyoviy va fiziologik o'zgarishlarga uchraydi. Bu o'zgarishlar o'sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog'langan.
Bola organizmi voyaga yetgan organizmdan bir qator belgilari bilan farq qiladi. Tana vaznining ortishidagi, alohida a'zolar va to'qimalarning kattalashuvidagi eng jadal o'zgarishlar bola hayotining birinchi yilida va bolalik davrida yuzaga chiqadi.
Voyaga yetgan davrda organizmning o'sishi to'xtaydi, lekin funksional differensiyalashuvi va reflektor faoliyati takomillashuvi ichki kortikal aloqalarning rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi. Qarish jarayoni o'ziga xos bo'lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog'liqdir.
Bolaning rivojlanish davrlari tana va a'zolar og'irligi va kattaligi, skelet suyaklarining qotish darajasi, tishlarning paydo bo'lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to'qimalarning rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo'ladigan universal umumiy biologik funksional va morfologik belgilarning to'liq ro'yxati aniqlangani yo'q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo'lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o'smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. Shuning uchun quyidagi: yasli, bog'cha, boshlang'ich, o'rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb ham yuritsa bo'ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan

1. Ona qornidaga rivojlanish davri. Ushbu davr, homila ovqatlanish, nafas olish, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to'liq bog'liqdir. Bu davrda homilaning o'sishi va rivojlanishi tez sodir bo'ladi. Yangi tug'ilgan davri. Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug'ilish momentidan boshlanib, to 2,5-3,5 haftagacha davom etadi va organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi tug'ilgan bolada ilk bor o'pka orqali nafas olish sodir bo'ladi va o'pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o'rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti funksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda homilaning oziqlanishini ta'minlaydigan tizimning uzilib tushishi va kindik yarasining tuzalishi sodir bo'ladi, tana og'irligini oldin kamayishi so'ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.

3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi 1,5 barobar kattalashadi va o'rtacha 75 sm ga yetadi, og'irligi uch barobar ortadi va 9-10 kg atrofida bo'ladi, asosiy almashinuv ortadi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so'z boyligi kam bo'ladi, ya'ni atagi 10 tacha so'zni tashkil qiladi.

4. Yasli yosh davri. Bu davrda 1 yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o'sish va tana og'irligining ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so'z nutqi ko'nikmalariga ega bo'lishi oqibatida, ularning atrof-muhit bilan muloqot qilish sohasi kengayadi. Bolada o'zini o'zga odamlardan farqlay olish qobilyati paydo bo'ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo'lini beradi va h.k). A'zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi.

5. Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelet suyaklarining qotishi va suyak-mushak tizimining mustahkamlanishi jadal sodir bo'ladi, bolaning harakatlari ancha turli-tuman va koordinatsiyalangan holda sodir bo'ladi, yangi tug'ilgan davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining og'irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko'p sonli bo'ladi, shartli tormozlanish rivojlanadi. 6. Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o'sish va skelet suyaklarining qotishi davom etadi, oyoqlarning o'sishi hisobiga tana proporsiyalari o'zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po'stlog'ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar, o'pka, yurak va boshqa a'zolar hamda to'qimalarning strukturaviy va funksional differensiyalashuvi yakuniga yetadi. Timus bezini qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimon bez va gipofizning funksiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal ta'siri boshlanadi.

7. O'rta maktab yosh davri. Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal o'sish va tana vaznining ortishi bilan tavsiflanadi. Tana proporsiyalari sekin-asta voyaga yetgan inson ko'rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga yetish (o'g'il bolada 13-14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining ta'sirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari kuchayadi, timus qayta rivojlanishga (involyutsiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlarining qobig'i «organizmning barcha funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi» sifatida faoliyat ko'rsatadi. Qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funksiyalari, ayniqsa, ikkinchi signal tizimining rivojlanishi tufayli murakkablashadi.



8. Yuqori maktab yoki o'spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada 13 yoshdan to 18 yoshgacha, o'g'il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funksiyasining kuchayishi, ikkilamchi jinsiy yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa, gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Barcha a'zolar va tizimlar funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi.
Iqlim va iqtisodiy sharoitga qarab qizlarda jinsiy yetilish taxminan 12-14 yoshdan boshlanib, 16-18 yoshlarda tugaydi, o'g'il bollalarda 13-15 yoshdan boshlanib, 18-20 yoshlargacha davom etadi. Eng avvalo jinsiy belgilar paydo bo'ladi: qovg'a va qo'ltiqdan jun chiqa boshlaydi, qizlarda sut bezlari kattalashadi, o'g'il bolalar ovozi do'rillab qoladi.

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin