104.Embrional induksiya fiziologiya da — qoʻzgʻalish va tormozlanishdan iborat nerv jarayonlarining oʻzaro dinamik taʼsiri. Bunda nerv hujayralaridagi tormozlanish qoʻzgʻalishni vujudga keltiradi (musbat I.) yoki, aksincha, eng avval hosil boʻlgan qoʻzgʻalish jarayoni tor-mozlanishni vujudga keltiradi (manfiy I.)- Musbat va manfiy I. 2 xil boʻlishi mumkin; 1) bir vaqtda boradigan (simultan) I. — bir joydagi qoʻzgʻalish bir vaqtda oʻz atrofida tor-mozlanishni hosil qiladi va kuchaytiradi, tormozlanish oʻchogʻi esa qoʻzgʻalish jarayonini vujudga keltiradi;2) ketma-ket sodir boʻladigan (suksessiv) I., bunda biror nuqtada paydo boʻlgan qoʻzgʻalish taʼsiri toʻxtagandan soʻng tormozlanish vujudga keladi yoki aksincha.3) Embriologiyada — rivojlanayotgan embrion bir qismi (induktorlar)ning ikkinchi qismga (taʼsirla-nuvchi sistemaga) taʼsiri. Bu hodisa qismlar birbiriga tegib turganda roʻy beradi va taʼsirlanayetgan sistemaning rivojlanishi yoʻnalishini belgilaydi. I. ni 1901 i. nemis embriologi X. Shpeman suvda va quruklikda yashovchilar embrionida ektodermadan koʻz gavharining hosil boʻlishini oʻrganish orqali aniqlagan. Koʻz murtagi (boshlangʻichi) olib tashlanganda gavhar paydo boʻlmagan. Embrionning biqiniga koʻchirib oʻtkazilgan koʻz murtagi, odatda, teri epidermisiga aylanadigan ektodermadan gavhar hosil qilgan. Gastrula ektodermasidan markaziy nerv sistemasi murtagi paydo boʻlishiga xordomezodermaning induksiyalovchi taʼsir koʻrsatishini keyinchalik Shpeman aniqladi; bu hodisani u boshlan-gʻich embrional I., induktor (xordo-mezoderma)ni esa boshqaruvchi I. deb nomladi. Rivojlanayotgan organizm qismlarini koʻchirib oʻtkazish va ularni alohida yoki aralash oʻstirish ustida olib borilgan tekshirishlar I. hamma xordalilar va koʻpchilik umurtqasizlarda keng tarqalganligini koʻrsatdi.Hayvon va oʻsimlik organizmlarning individual rivojlanishidagi boshqa koʻp hodisalar ham "I." deb ataladi. Jinsiy gormonlarning ikkilamchi jinsiy belgilar hosil qilish I. si bunga misol boʻladi.
105.Ekto endo mezodermaning hosil bo‘lish differensiatsiyasi.Mezoderma hosil bo'lish manbalari. Mezoderma shakllanishining asosiy manbai turli vakillar hayvonlar turlari har xil bo'ladi. Umurtqasiz hayvonlarning aksariyatida o'rta barg maxsus hujayralardan hosil bo'ladi - teloblastlar embrion tanasining orqa uchdan bir qismida joylashgan. qismi deyterostomalar vakillari baliq va amfibiyalar bo'lgan hayvonlar - kelajakdagi mezodermaning asosini birlamchi ichak devorining ma'lum segmentlari tashkil qiladi.
Boshqa qismida deyterostomalar, masalan, qushlar, sudraluvchilar va sutemizuvchilar (ularga odamlar kiradi), kelajakdagi mezodermaning asosiy rudimenti ektodermaning bir qismidir va bir muncha vaqt o'tgach, u "mustaqil" bargga ajraladi.Ektoderma (ekto... va derma) - koʻp hujayrali hayvonlar murtagining tashqi qavati. Organizmlarning individual rivojlanishi davomida E.dan nerv sistemasi, sezgi organlari, orqa miya, simpatik nerv gangliylari, visseral skelet, pigment hujayralar, tana qoplami va uning hosilalari; teri bezlari, soch, pat, tangachalar, tirnoqlar, shuningdek, teri biriktiruvchi toʻqimasining bir qismi, ovqat hazm qilish sistemasining oldingi va keyingi qismlari, tashqi jabralar va protonefridiylar (yassi va toʻgarak chuvalchanglar ayirish sistemasi) rivojlanadi. Umurtqalilarda E. hosilalari avval hosil boʻlgan tana qismlari va xordomezoderma materialining induksion taʼsiri (induksiya) natijasida shakllanadi.Entoderma (ento... va derma) — 1) koʻp hujayrali hayvonlarning ichki murtak qavati. Birlamchi ogʻizlilarda E. birlamchi ichakning ichki yuzasini qoplab turadi; undan oʻrta ichak va hazm bezlari hosil boʻladi. Ikkilamchi ogʻizlilarda E. ichakning ichki qavatini hosil qiladi. Umurtqalilarda E.dan ichakning shilliq qavati va u bilan bogʻliq bezlar (jigar, meʼda osti bezi va boshqalar) hosil boʻladi. Baliqlarning suzgich pufagi va ichki jabralari, quruqlikda yashovchi umurtqalilar oʻpkalari ham E.dan rivojlanadi. Xordalilarda E. va uning hosilalari ektodermal organlar (ogʻiz, orqa chiqaruv teshigi, jabra yoriqlari) va xordomezodermaning rivojlanishini induksiya qiladi; 2) boʻshliqichlilar tana devori ichki qavati. Baʼzan "E." endoderma terminining sinonimi sifatida ham ishlatiladi
106.Organogenez jarayoni lansetnik amfibiyalar qushlar va sut emizuvchilarda.
107.Lansetnik amfibiya qushlar sut emizuvchilarda neyrulatsiya.