108.Provizar azolar shakllanishi.Provizor a’zolar — Embriogenez jarayonida rivojlangan, embriondan tashqari homilaning o’sish va rivojlanishini ta’minlaydigan a’zolar. Ular muvaqqat, vaqtinchalik organlar bo’lib, homila tug’ilgandan so’ng tushib, yoqolib ketadi. Ulardan ayrimlari homilani o’rab turgani sababli homila qobiqlari deb ataladi. Provizor a’zolarga amnion, sariqlik qopi, allantois, xorion, platsenta va kindik yo’li kiradi. Provizor a’zolar trofoektoderma va embrionning uchta varag’idan rivojlanadi.Embriondan tashqari a’zolarning umumiy hususiyatlari va farqlari: To’qimalarning rivojlanishi qisqa vaqt ichida va tez kechadi, biriktiruvchi to’qimada hujayralar kam, ammo, glikozaminoglikanlarga boy bo’lgan amorf modda ko’p. Embriondan tashqari a’zolarning qarishi juda tez va embrional rivojlanishning oxirida sodir bo’ladi.Amnion (homila pufagi, suvli parda) — amniotik suyuqlik (homila atrofidagi suyuqlik) bilan to’lgan bo’shliq. Rivojlanishning embrional va homilalik davrlari pufak ichida kichadi. Amnion avval tubida epiblast yotuvchi amniotik pufakcha shaklida paydo bo’ladi. Keyinchalik bu pufakcha katta amnion pufagi yoki qopchasiga aylanadi. Gastrulatsiya paytida embriondan tashqari mezodermaning hujayralari amniotik ektodermani o’rab olib, amnionni tashqi qavatini hosil qiladi. Kranial qism oxirida amnion bosh tomondagi burma, yon tomonlarida yon burmalar, kaudal qism oxirida dum burmasi hosil qiladi. Bosh, yon, dum sohasidagi amniotik burmalar embrionning ustki qismda birlashadi va amniotik bo’shliqni chok hosil qilib yopadi. Chok keyinchalik yoqolib ketib, tasmacha hosil bo’ladi. 7-haftada amnion pufagini o’ragan mezoderma xorionning homiladan tashqari mezodermasi bilan bog’lanadi. Keyinchalik amnionda kindik tizimchasini hosil qiluvchi amniotik oyoqcha hosil bo’ladi. U shu orqali kindik halqasi sohasida kindik tizimchasiga o’tadi va platsentaning homila qismiga borib, ularning epitelial qoplamini hosil qiladi.Аllantois (yun. Allas — kolbasa, kolbasasimon) — sariqlik qopining orqa devori rivojlanishida 16-kunga kelib embriondan tashqari entoderma va mezodermadan hosil bo’lgan kichik bo’rtma sifatida shakllanadi. Allantois kloakaga ochiladi, uning distal qismi amniotik oyoqchaga kirib turadi. U odamlarda rudiment a’zo hisoblanadi. Embrionning 7-haftasida urorektal to’siq kloakani allantois bilan bog’langan to’g’ri ichak va siydik-tanosil qismlariga ajratadi. Shundan kelib chiqib uning proksimal qismi siydik siydik pufagi hosil bo’lishiga aloqador deb hisoblanadi.Xususiyatlari• Ilk taraqqiyot bosqichida embrional gemopoez (rivojlanishning 3-5 haftasida) va angiogenezda ishtirok etadi• Kindik tizimchasining qon tomirlari shakllanishida, ularning xorion so’rg’ichlariga kirib borishida (angiogenez) ishtirok etadi• Allantois tarkibidagi qon tomirlar gaz almashinuvi va moddalar almashinuvida qatnashadi• Embriogenezning 2-oyida allantois degeneratsiyaga uchraydi.