Biriktiruvchi to’qimaning asosiy o'ziga xos xususiyatlari: Biriktiruvchi toʻqima



Yüklə 102,51 Kb.
səhifə30/57
tarix16.06.2023
ölçüsü102,51 Kb.
#131389
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Gistologiya YN (2)

Bezlarning klassifikatsiyasi iOdam va hayvonlar organizmida turli xilda bir talay bezlar bo`ladi. Ularnng ko‘pchiiigi terida, ovqat hazm qilish sistemasi va nafas yonlari devorida joylashgan. Ayrimlari mustaqil holda joylashgan boliib, sekret chiqaradigan yokilari organizmning tashkarisiga yoki ichki b o ‘shliqlariga ochiladi. Masalan, k o ‘z yoshi bezining mahsuloti tashqariga chiqadi va ko‘z pardasini tozalab, namlab turadi. So`lak bezlarining yokii ogiz bo ‘shlig`iga ochiladi, so`lak ovqatni namlab, uni qisman parchalab beradi. Me ’da osti bezi yokilari o ‘n ikki barmoq ichakka, prostata bezining sekret yonlari siydik chiqaruv nayiga ochiladi. Ularda ishlanib chiqqan sekret organizmda o ‘ziga xos muhim vazifalarni bajaradi. Um um an, hujayralari o ‘ziga xos suyuqlik - sekret ishlab chiqaradigan va organizmda muayyan vazifa bajaradigan organ bez deb aytaladi. Sekret ishlab chiqaradigan bezlaming hujayralari glandulotsitlar deyiladi. Bezlar o ‘z mahsuloti bilan organizmning o ‘sishida, ovqat hazm qilinishida va boshqa talaygina jarayonlarda aktiv ishtirok etadi. Bezlam ing deyarli hammasi epiteliy to ‘qimasidan tarkib topgan. Har bir bez o‘zicha mustaqil organ hisoblanadi, yiriklari tashqi L tom ondan biriktiruvchi to ‘qimadan tuzilgan qobiq bilan o ‘ra!gan. Ularning har qaysisi qon aylanish sistemasiga va spetsifik kanalchalar tarmogMga ega. H ar xil nervlar bilan innervatsiya qilinadi. 0 ‘z mahsulotining tarkibi va vazifasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Organizmdagi barcha bezlar odatda ikkita yirik guruhga boMib L o'rganiladi: 1) tashqi sekretsiya bezlari, y a ni ekzokrin bezlar; 2) ichki sekretsiya bezlari, ya’ni endokrin bezlar. Morfologik tuzilishi jihatidan ekzokrin bezlar chiqaruv kanalchalariga ega bo'lib, o ‘z mahsulotini shu kanalchalar orqali organizmning tashqarisiga, y a’ni teri yuzasiga va ichki bo‘shliqlariga (og'iz bo'shlig'i, qizilo'ngach, m e’da va ichaklarga) chiqaradi. Endokrin bezlarda esa, bunday kanalchalar bo`lmayd
Tashqi sekretsiya bezlaridan ishlanib chiqadigan maxsulot sekret deyiladi, ishlab chiqarish jarayoni esa, sekretsiya deyiladi. Organizmda moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo`lgan va tashqariga chiqariladigan moddalar ekskretlar deyiladi. Ekzokrin bezlarga solak, ter, sut beziari, m e'da va ichak devoridagi bezlar, ko‘z yoshi va me’da osti bezining ko'pgina qismi kiradi. Endokrim bezlarga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, buyrak usti va jinsiy bezlar kiradi. Tuban xordalilardan endostil, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilardan ultimobronxial tanachalar kiradi. Endokrin bezlardan ishlanib chiqadigan mahsulot inkret, ya’ni gormon deyiladi. Tashqi va ichki sekretsiya beziari epiteliy to‘qimalariga, nisbatan joylashishiga qarab ikkiga: ekzoepiteliy va endoepiteliy guruxga bo'linadi. Ekzoepiteliy bezylar epiteliy to'qimasining tashqarisida yoki uning ostida joylashgan bezlardir. Bular, masalan, soMak, ter, yog' beziari va jigar. Agar bezlar epiteliy to'qimasining tashqarisida emas, balki uning qatlamida joylashgan bo'lsa, ular endoepiteliy bezlar deyiladi. Ekzokrin bezlar Odam va hayvoplar organizmidagi bezlaming ko'p qismini tashqi sekretsiya beziari tashkil etadi. Ular o'z mahsulotini ovqat hazm qilish sistemasining ichki bo'shlig'iga va nafas yonlariga chiqaradi. Demak, bunday bezlar sekret ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan hujayralardan tashqari, chiqaruv kanalchaiari sistemasiga ham ega. Bezlaming mahsuloti har xil bo'lib, tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bez qaysi organda joylashgan bo'lsa, shu organning bajaradigan fiziologik vazifasi ta’minlanishida faol ishtirok etadi. M a ’lum bo'lishicha, tashqi sekretsiya beziari juda xilma-xil bo'lib, ular tuzilishi, sekretsiya qilish usullari (sekretsiya tiplari), sekretining tarkibi va tashqariga chiqarish yo'llari bilan bir-biridan farq qiladi.

Yüklə 102,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin