Birinchi Prezidentimiz I. A


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə3/18
tarix09.11.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#68245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ўзбек терминологияси (1)

Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Ushbu fan 4 kurs talabalari uchun 7-semestrda o‘qitiladi. «O’zbek terminologiyasi» kursi dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Leksikologiya”, “Leksikografiya”, “Tilshunoslik nazariyasi” fanlari bilan muammolarning umumiyligiga ko‘ra uzviy bog‘langan.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Talabalarda o’zbek terminologiyasi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish, «O’zbek terminologiyasi»da faol qo‘llanadigan terminlarni o‘zlashtirish hamda shu fanga oid nazariy masalalarning hal qilinishi va yoritilishi, terminologiyaga oid muammolarni hamda terminologik lug’atlar uchun lingvistik ta’minot yaratish.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
«O’zbek terminologiyasi» fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot shaklida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Bumerang”, “Keys-stadi”,“Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia, kompyuter dasturlari,lingvo-kompyuter lug‘atlari, til o‘rgatish dasturlari, an’anaviy va ilg‘or ta’lim berish usullari, texnik vositalardan foydalaniladi, taqdimotlar mavjud adabiyotlar va internet ma’lumotlari asosida o‘tkaziladi. Umuman, «O’zbek terminologiyasi» fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. O‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo‘yiladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin