4-mavzu. Bolalarning o‘qish va yozish malakalarini shakllantirishda foydalaniladigan o‘yin texnologiyalari.
Mavzu rejasi:
1. Qoidali o‘yinlar. Didaktik o‘yin turlari.
2.Tayyorlov guruhlarida o‘yin texnologiyalari.
Birinchi vazifa “Sinektika” metodi. Tadqiqot uchun kerakli jihozlar:yozuv daftari, husnixat faniga doir qo’llanmalar, marker, har xil ko`rgazmali qurollar.
Tadqiqot metodikasi.Ushbu metod talabaning ijodiy qobiliyatlari va nutqiy malakaga ega bo’lishda qo’llanadi. bu ijodiy muammolarni echishda bir-biriga o'xshamaydigan va hattoki mos kelmaydigan elementlarning kombinatsiyasiga asoslangan g'oyalarni guruhlash usuli hisoblanadi. “Ilk qadam” davlat dasturi sentabr oyi rejasida ko’rsatilgan kichik guruhlardagi mavzulardan birini tanlang. Tanlangan mavzuyingiz tasavvurda nimaga o’xshashi 5ta qiyosiy isbot bilan izohlab bering. Isbotingiz “T-sxema” yoki Venn diagramasi usuli orqali ifoda etishga harakat qiling.
“Ilk qadam” davlat dasturi sentabr oyi rejasida ko’rsatilgan kichik guruhlardagi mavzular :