Geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab ularga oid bo’lgan geometrik masalalarni quyidagilarga bo’lish mumkin :
Pozitsion. Berilgan geometrik shakllarning bir-biriga joylashishvaziyatiga qarab ularning natijasi bo’lgan geometrik shaklning holatini aniqlash pozitsion masala deyiladi.
Metrik. Berilgan geometrik shaklga va ma’llum bir metrikaga asosan ikkinchi geometrik shaklning birinchisiga nisbatan holatini yoki ikki geomeetrik shaklning metrikasini aniqlash metrik masalalar fdeyiladi.
Konstruktiv. Oldindan berilgan biror shartni qanoatlantiruvchi geometrik shaklni yasash konstruktiv masala deyiladi.