1
Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари Чоризм ва совет мустамлакачилиги даврида Ўзбекистон миллий
бойликларининг ўзлаштирилиши. Тошкент «Шарқ» 2001.
49
X U L O S A VA T A V S I YA L A R
Sovet arxivshunosligining manbaviy asoslari, tadqiqot uslublari, real
voqelik – haqiqatni aks ettira olish imkoni, haqqoniylik va xolislik darajasini aniq
nashrlar, manbalar misolida va ijtimoiy-siyosiy muhit bilan uzviy bog‗liqlikdagi
tahlilidan ma‘lum bo‗lishicha, mustabid tuzum davrida tarix fanida olib borilgan
tadqiqotlar, jumladan jamoalashtirish voqealari tadqiqi butunlay hukmron mafkura
nazorati va tazyiqi ostida olib borilgan. Sinfiy kurash g‗oyalari bilan qurollangan
bu mafkura jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiy, siyosiy, g‗oyaviy,
ijtimoiy va ma‘naviy sohalarga sinfiy ziddiyatlar nuqtai-nazaridan yondoshib,
sinfiy manfaatlar asosida baholangan va umuminsoniy, umumxalq va umummilliy
manfaatlarni chetga surib qo‗ygan. Garchi bu mafkura g‗oyalari mehnatkashlar
sinfiy manfaatlarini himoya qilish haqidagi balandparvoz va‘dalar bilan bezalgan
bo‗lsa-da, amalda eng avvalo shu mehnatkashlar, dehqonlar ko‗proq jabr ko‗rgan.
Real voqelikdan uzoq bo‗lgan bu mafkura hayot haqiqatini tan olmay, unga
hamisha qarshi bo‗lgan, bu haqiqatni haqqoniy yoritish u yoqda tursin, tan olishni
ham istamagan. Ana shunday haqiqatlardan biri sovetlarning O‗zbekistonda
amalga oshirgan qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish siyosatining qishloq
aholisi – dehqonlar manfaatiga tamoman zidligi bo‗lib, xalqning ommaviy
noroziligiga sabab bo‗lgan ushbu zo‗ravonlarcha siyosat va amaliyot hukmron
mafkuraning real hayotga zidligi, mehnatkashlar manfaatiga xizmat qila
olmaganini namoyon etar edi. Biroq zo‗rlik va kuch bilan hokimiyat tepasiga
chiqib olgan kommunistlar partiyasi xalqqa o‗z ta‘limotini ham zo‗rlik va kuch
bilan singdirishga kirishdi va arxivshunoslikda ham bu mafkurani majburan joriy
etish yo‗lidan bordi. O‗sha mustabid tuzumda yashagan tadqiqotchilar hukmron
mafkura ko‗rsatmalari va manfaatlari yo‗lida harakat qilishga majbur edilar.
Ularning real voqelikni xolis aks ettirish va shaxsiy fikr-mulohazalarini bayon
qilishga imkoniyatlari yo‗q edi. Bunday intilishlarni hukmron kommunistik
mafkura man qilgan edi.
Chunki,
qishloq
xo‗jaligini
yoppasiga
jamoalashtirish
jarayonlarininghaqqoniy talqini mafkura manfaatlariga javob bermas, aksincha,
50
uning hayotiy emas, hayoliy ekanligini, Turkiston xalqlarini ozodligi, erkidan
mahrum etib. Jilovlash uchun bahona bo‗lganini fosh etar edi. SHu sababli ham bu
jarayonlarni buzib talqin etish, soxtalashtirish, hukmron mafkura manfaatlariga
moslashtirish harakatlari aynan jamoalashtirish siyosati boshlangan davrlardanoq
boshlangan edi. Bu harakatning dastlabki namoyondalari va targ‗ibotchilar iham
albatta o‗sha mustabid tuzum va komfirqa arboblari bo‗lgan edi. Ularning nutq va
ma‘ruzalarida ushbu soxta nazariyalar, mafkuraviy g‗oyalar tarixchilar uchun
konsepsiya va metodologik asos vazifasini bajardi. Natijada 1930-1940 yillarda
qishloq xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirish masalasida ham real voqelikni buzib
ko‗rsatuvchi, hukmron mafkura va davlat manffaatlariga moslashtirilgan,
sinfiylashtirilgan, aniqrog‗i soxtalashtirilgan talqinlar yaratildi. 1930-50-yillarda
bolshevikcha konsepsiya, 1950-60 yillardan markscha-lenincha konsepsiya
(qarashlar tizimi, ta‘limot) sifatida ta‘riflangan bunday soxta talqin nafaqat agrar
tarix faniga, balki butun arxivshunoslikka, qolaversa, adabiyotga, san‘atga, jamiyat
ongiga ham zo‗rlik bilan singdirildi.
Zo‗rlik bilan qaror toptirilgan bu bir yoqlama, cheklangan soxta talqinning
manbaviy asoslari ham atayin soxtalashtirildi, haqqoniy dalillardan, faktlardan
chetlab o‗tildi, sovetlarning zo‗ravonliklarini fosh etuvchi, asl haqiqatga xizmat
qiluvchi faktik ma‘lumotlar, xujjatlar xalq e‘tiboridan yashirib kelindi. Bu
cheklangan, sinfiy qolipdagi talqinlarni yaratishga xizmat qilgan tadqiqot uslublari
ham ilmiy yondoshishga, real fikrlashga emas, partiya va uning sinfiy kurash
g‗oyalariga, ya‘ni partiyaviylik va sinfiylikka asoslangan edi. Bu masalada sovet
davri agrar tarixchilari «quloq» qilish amaliyotini ustalik bilan soxtalashtirishga,
uni «qishloqdagi sinfiy kurash» darajasiga ko‗tarib yoritishga urindilar.
Muammoga shu asosda yondoshish pirovardida tarixiy haqiqatni mutlaqo
soxtalashtirishga, uning real ahvolga zid hukmron g‗oyalar manfaatiga mos
talqinini yaratishga olib keldi.
Sovet arxivshunosligining sinfiy kurash ta‘limotiga asoslangan tad qiqot
usullar nafaqat qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish siyosati tarixini, balki undan
avvalroqo‗tkazilgan agrar islohotlar davridagi tarixiy voqealar va jarayonlarni ham
51
xolisona vahaqqoniy talqin etish imkonini bermadi. Buning birinchi sababi sovet
arxivshunosligining sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkura aqidalariga
asoslangani bilan izohlansa, ikkinchi sababi hukmron davlat halqni o‗zligidan,
tarixiy xotirasidan, haqqoniy tarixidan mahrum etish va o‗zg‗oyalariga
ishontirish, hukmron davlat manfaatlariga, hohish-irodasiga bo‗ysunuvchi,
itoatkor, kommunizm mutaassiblariga aylantirish maqsadini ko‗zlagani bilan
izohlanadi.
Sovet davri o‗zbek agrar tarixnavisligining birgina muhim jihati shundaki,
bu davrda agrar islohotlar va o‗zgartirishlar jarayonini o‗rganish va tahlil qilish
ilmiylik darajasiga, fan darajasiga ko‗tarildi. Bu davrda o‗zbek agrar tarixchilari
jamoalashtirish va quloqqilish masalasini o‗rganishga doir keng miqyosdagi faktik
ma‘lumotlarni statistik raqamlarni jamlashda, ushbu muammoni turli
yo‗nalishlarda tahlil qilish, nazariyasini yaratdilar. Ushbu asarlar, shuningdek, bu
muammonihaqqoniy o‗rganishda masalaga tanqidiy yondoshish, tahlil va
xulosalarni o‗zaro taqqoslash jihatidan ham muhim hisoblanadi.
1991 yilda, ya‘ni sobiq mustabid sovet davlati tarkibidan ajralib chiqqan
O‗zbekiston
Respublikasining
davlat
mustaqilligi
qo‗lga
kiritilib,
mustamlakachilik mafkuraviy qullik, iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy qaramlikka
barham berilgach, vatanimizda qonuniy asosda qaror topgan hurfikrlilik va
oshkoralik sharoitida rivojlana boshlagan tarix fanida tub o‗zgarishlar sodir bo‗ldi.
O‗zining avvalgi majburiy yuki,g‗arazli siyosatga, kommunistik mafkuraga,
hukmron mustabid davlat manfaatiga xizmat qilish vazifasidan soqit bo‗lgan tarix
fani zimmasiga haqqoniy, xolisona tarixni yaratish, jamiyat, xalq, millatning
ma‘naviy yuksalishiga xizmat qilish ma‘suliyati yuklandi. Respublika Vazirlar
Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilgan «O‗zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‗g‗risida»gi qarori bilan
bu ma‘suliyatli vazifalarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyat, zarur shart-
sharoitlar yaratildi, aniqharakat dasturi belgilab berildi. Bunga qadar ham
respublikamizda mustaqillikdan keyingi yillardanoq agrar tarixnihaqqoniy va
52
xolisona talqin etish borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar yanada jonlanib,
izchil va maqsadli yo‗nalishga solindi.
Mustaqillik yilldarida barcha tarixiy manbalardan erkin foydalanish imkoni
yaratilishi bilan tariximizning soxtalashtirilgan, buzib ko‗rsatilgan yoki atayin
unutilgan sahiffalarini qaytadan, haqqoniy asosda tiklash maqsadida boshlab
yuborilgan izlanishlar o‗z samarasini bermoqda. Bu holat qishloq xo‗jaligini
jamoalashtirish tarixiga ham bevosita aloqadordir.
90-yillar davomida O‗zbekistonda sovetlar zo‗rlik bilan amalga oshirgan
jamoalashtirish va u asosdagi quloqlashtirish siyosati va amaliyoti jarayonlarining
turli qirralari, alohida masalalari o‗zininghaqqoniy va xolisona talqinini oldi. Eng
muhimi, ilmiy jamoatchilikning alohida diqqat-e‘tiborida bo‗lib kelayotgan
tariximizning ushbu sahifalarining asl mohiyati, sabablari va maqsadi, oqibatlari
o‗zining haqqoniy bahosini oldi.
Yuqorida kelingan xulosalardan biz quyidagicha tavsiyalarni ishlab chiqdik:
1.
―Quloqlashtirish‖ mavzusi bo‗yicha alohida dars ishlanmasi yaratilib,
o‗quv jarayoniga kiritilishi kerak.
2.
―Quloqlar taqdiri‖ bo‗yicha arxiv materiallarining alohida bibliografiyasi
yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‗lardi.
3.
Quloqlashtirish masalasini alohida Buxoro viloyati misolida tadqiqot olib
borilishi imkoniyati mavjud.
Dostları ilə paylaş: |