2
С.Ильясов Победа социалистических отношений в сельском хозяйстве Киргизии. Фрунзе, 1961
В.П.Шерстобитов. Ленин и крестьянство Советского Востока. Фрунзе «Илим» 1969; С.Д.Какабаев Борьба
Коммунистической партии Туркменистана за коллективизацию сельского хозяйства (1930-1934 гг),
Ашхабад, 1959; Очерк истории колхозного сторительства в Таджикистане (1917-1965 гг). Душанбе,
«Ирфан», 1968; Х.С. Саидмурадов Построение фундамента социалистической экономики в сельском
хозяйстве Таджикистана, Душанбе, 1965 ва бошкалар.
29
2-bob. 1930 – yillar qishloq xo„jaligidagi o„zgarishlar: sotsialistik qayta qurish,
jamoalashtirish, quloqlashtirish jarayonlarining arxiv materiallari orqali
o„rganilishi
2.1. “Sotsialistik qayta qurish” va “jamoalashtirish” masalalarining tarixiy
hujjatlardagi tavsifi
Sovet davri arxivshunosligida qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish-qishloq
xo‗jaligini «sotsialistik qayta qurish yo‗lidagi hal qiluvchi bosqich» sifatida talqin
qilinadi. SHu boisdan ham kolxozlashtirish harakati va uning jarayonlari tarixi
sovet arxivshunoslik fanida alohida bir katta masala sifatida chuqur o‗rganilgan.
Ma‘lumki, bu masala sovetlar davri arxivshunosligida faqat bir yoqlama,
markscha-lenincha yagona ilmiy metodologiya asosida qarab baho berildi.
Muammoning sotsialistik mafkura mezonlari asosida talqin qilinganligi bois, bu
adabiyotlarning barchasida jamoalashtirish siyosati faqat ijobiy jarayon sifatida,
lenincha kooperativ planining olamshumul g‗alabasi sifatida talqin qilingan.
Biroq, bu erda maqsad sovet davri adabiyotlarini mafkura jihatdan tanqid
qilish emas, balki o‗zbek qishlog‗i tarixi tarixiy aspekt sifatida qay tariqa o‗rganila
boshlandi, uning qanday o‗ziga xos jihatlari mavjud, degan savollarga javob
berishdir.
1930-1950 yillar tarix ilmi O‗zbekiston arxivshunosligida muhim bir davr
xisoblanadi. Aynan shu davrdan e‘tiboran O‗zbekistonda agrar masala tarix,
dehqonlar va qishloq tarixini tadqiq etish harakatlari boshlandi va
arxivshunoslikning alohida yo‗nalishi sifatida shakllana bordi.
O‗zbekistonda kolxoz qurilishi tarixi masalasini o‗rganish yoppasiga
jamoalashtirish siyosati bilan bir paytda boshlandi. 30-yillarning birinchi yarmida
respublikada bu masalaga bag‗ishlangan E.Zelkina, I.Benediktov, S.Arxangelskiy,
A.Anishev, A.Itkin, A.Ikromov, F.Xo‗jaevlarning risolalari e‘lon qilindi.
1
1
Е.Зелькина. Очерк по аграрному вопросу в Средней Азии. М., 1930 И.Бенедиктов. Колхозное
строительство в Узбекистане. Москва, 1930. А.Анишев. Пути социалистического переустройства
хлопководческого хозяйства. Москва, 1930. С.Архангелский. Основное черти колхозного строительства в
Средней Азии. Москва-Ташкент, 1930. А.Иткин. Социально-экономические предпосилки коллективизации
хлопководства в Средней Азии. Ташкент, 1933. А.Икромов. Итоги земельной реформи и преспективи еѐ
закрепления. Самарканд-Ташкент, 1925. Ф.Ходжаев. За високий урожай хлопчатника и организационно-
хозяйственное укрепление колхозов. Ташкент, Госиздат, 1933.
30
Ularda kolxozlashtirish harakatining dolzarb tarixiy-iqtisodiy masalalari
muhokama qilingan. Bu risolalarning aksariyati (masalan, A.Ikromov, F.Xo‗jaev,
E.Zelkina, I.Benedintov) davlat va partiya arboblari tomonidan yozilgan bo‗lib,
ular bevosita O‗zbekistondagi jamoalashtirish siyosatining nazariyotchilari,
aniqrog‗i, amaliyotchilari bo‗lgan edilar. SHu boisdan ham bu asarlar tarixiy
tadqiqot ishlari bo‗lmay, balki, O‗zbekistondagi «agrar inqilob» va «sotsialistik
qurilish» tajribalarini umumlashtiruvchi va bu borada dasturiy xujjat vazifasini
bajaruvchi nutq va maqolalardan iboratdir. Bu risolalar jamoalashtirish masalasida
yuzaga kelgan nizolarda siyosiy mafkura vazifasini bajargandir. Ularda o‗zbek
qishlog‗ining sotsialistik yo‗lidan rivojlanib borishi olamshumul voqea sifatida
talqin qilinsada, bu tadbirlar davomida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar,
muammolar va xalqning noroziliklari haqida umuman fikr bildirilmagan.
SHuningdek, bu risolalardagi asosiy g‗oya o‗zbek qishlog‗idagi ijtimoiy
qatlamlarni bir-biriga qayrash, sinfiy kurashni kuchaytirish maqsadiga qaratilgan.
Masalan, ularda bayon qilinishicha, yoppasiga jamoalashtirish siyosati boshlangan
davrda O‗zbekiston qishloqlarida boylar, feodal tabaqalar hukmronligi ustunlik
qilar edi, shu boisdan ham kolxozlashtirish harakati keskin sinfiy kurashlar bilan
birga boshlandi, degan fikr ilgarisuriladi.
2
Xolbuki, 1925-1929 yillar mobaynida
respublikada amalga oshirilgan er-suv islohoti davrida o‗sha «boy»,
«ekspluatatorchi-feodal sinf» deb atalgan yirik zamindorlar va boy xo‗jaliklarning
aksariyat qismi yo‗q qilib yuborilganligi bu risolalarda eslatilmaydi.
I. Benedintov risolasining birgina muhim tomoni shundaki, unda 1929
yilgacha O‗zbekistonda qishloq xo‗jalik kooperatsiyasining turli formalarining
rivojlanib borishi ularning miqdori haqida statistik ma‘lumotlar berilgandir.
SHuningdek, S.Arxangelskiy va A.Anishev risolalarida ham statistik
ma‘lumotlarga keng o‗rin berilgan. Ular jamoalashtirish harakatining boshlang‗ich
pallasidagi o‗zbek qishlog‗i ijtimoiy strukturasi haqida ma‘lum tasavvur xosil
qilishga yordam beradi.
2
Е.Зелькина. Кўрсатилган адабиѐт. Б.73
31
A. Itkin kitobida 1930-1932 yillarda sotsialistik ishlab chiqarish
sistemasining o‗zbek qishloqiga kirib kelishi va uni hayotga tatbiq etish jarayoni
birmuncha
kengroq
yoritilgan.
SHuningdek,
muallif
respublikadagi
kolxozlashtirish harakatiga batafsil to‗xtalib o‗tgan. Lekin bunda asosiy e‘tibor
kolxozlashtirish natijasida paxta etishtirishning ortib borishi masalasiga qaratilgan.
Risolada O‗zbekistondagi mavjud kolxozlarning tashkiliy-xo‗jalik xolati ham tahlil
qilingan. Bu ma‘lumotlar tahlili shundan iboratki, O‗rta Osiyo respublikalarida
kolxoz harakatining birinchi bosqichida qishloq xo‗jalik artellari jamoa
xo‗jaligining asosiy formasi bo‗lgan. Risolada yozilishicha, O‗zbekistondagi
kolxozlar tarkibi Xorazm okrugida 1929-1930 yillarda qishloq xo‗jalik artellari-62
foizni, hamkorlikda erga ishlov berish uyushmalari (TOZlar) –36,4 foizni,
kommunalar 1,6 foizni tashkil qilgan.
1
30-yillarning birinchi yarmida O‗zbekistonda yoppasiga jamoalashtirish
masalalari davriy matbuotda ham keng yoritib borildi. Bu masalaga doir faktik
materiallar o‗sha davrdagi «Za rekonstruksiyu selskogo xozyaystva» (Samarqand),
«Narodnoe xozyaystvo Sredney Azii», «Xlopkovoe delo», «Revolyusiya i
natsionalnosti», «Byulleten xlopkovodcheskoy kooperatsii» va boshqa bir qancha
jurnallarda nashr qilindi. Bu jurnallarda e‘lon qilingan maqolalarda
kolxozlashtirish harakatining borishi va uning ilgaridagi tarkibiy tuzilmalari
masalasidagi turli qarashlar va fikrlar ilgari surilgan. Masalan, agrar-mutaxassis
A.Davidov o‗z maqolasida O‗zbekistondagi 900 ming mayda xo‗jaliklar o‗rnida
75-100 ta yirik kolxozlar tuzish rejasini bayon qiladi.
30-yillar davriy matbuotida bir qator maqolalar e‘lon qilindiki, ularda
kolxozlashtirish harakatiga qarshi fikrlar ham bildirilgan edi. Bunday fikrlar asosan
YU.I.Poslovskiy va N.YAroshevich maqolalarida ilgari surildi.
2
Professor
YU.I.Poslovskiy agrar masalani xal qilishda 20-yillardagi xolatni saqlashni, ya‘ni
qishloq xo‗jaligida yakka dehqon xo‗jaliklarining mustaqil faoliyat olib borishini
1
А.Иткин Социально-экономические предпосилки коллективизации хлопководства в Средней Азии.
Ташкент, Госиздат УзССР, 1933. Б.208
2
Ю.И.Пославский. Райони сельскохозяйственного производства. Н.Ярошевич. К методике районирования в
хлопковом поясе Средней Азии. «Народное хозяйство Средней Азии». 1930. №8.
32
ma‘qulladi. SHuningdek, u yirik boy va «quloq» xo‗jaliklarining faoliyatiga ham
ijobiy baho beradi. YA‘ni, u ersiz va kam erli dehqonlar yirik er egalaridan ijaraga
er olib, er egasining ko‗magida ko‗p mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati
mavjudligini ta‘kidlaydi.
Yu.I.Poslovskiy va N.Yarashevichlar O‗rta Osiyoda paxtachilikni
rivojlantirishga qarshi chiqqanlar. Jumladan, O‗rta Osiyoda paxtachilikni
rivojlantirish keyinchalik bu erdagi meliorativ xolatni yomon ahvolga solib
qo‗yishi, shuning uchun bu hududda lalmikor dehqonchilik, bog‗dorchilik va
chevarchilikni rivojlantirish maqsadga muvofiqligini qayd qilganlar. Biroq, afsuski
ularning buhaqqoniy firklari payta mustaqilligiga qarshi chiqish, lenincha
kooperativ planiga dushmanlik sifatida keskin tanqidga uchradi va ularga
«burjuaziya tarafdori» degan tamg‗a osildi. Ularning g‗oyalari o‗z davrida
E.Zelkina, S.Babaxan, O.SHteynberg, A.Anishevlar tomonidan keskin tanqid
ostiga olindi.
1
XX asrning 30-yillarining ikkinchi yarmida O‗zbekistonda quloqlashtirish
tarixini o‗rganish birmuncha oqsab qoldi. Bu narsa shu bilan izohlandiki, o‗zbek
qishlog‗ini sotsialistik asosda qayta qurish amaliyoti respublikada bir qator noxush
oqibatlarga olib kelgan edi. O‗zbekistonda sovet va partiya rahbariyati bu davrda
kutilmagan voqea-xodisalarga duch kelib qoldi. Jamoalashtirish siyosatining
zo‗ravonlik va majburlash yo‗li bilan o‗tkazilishi O‗zbekistonda keng dehqonlar
ommasining keskin noroziligini keltirib chiqardi. Respublikaning ko‗plab
rayonlarida jamoalashtirishga qarshi ommaviy norozilik harakatlari, isyonlari bosh
ko‗tardi, hatto bu harakatlar ayrim joylarda sovet tuzumiga qarshi siyosiy
kurashlarga aylanib ketdi.
2
Jamoalashtirish siyosati oqibatida qishloq xo‗jalik
maxsulotlari etishtirish keskin kamayib ketdi, maxsuldorlik, samaradorlik to‗xtab
qoldi. Ayniqsa jamoalashtirish davomida chorvachilik og‗ir tanazzulga uchradi.
Eng muhimi jamoalashtirish oqibatida dehqonlarda mehnatdan manfaatdorlik,
xo‗jalik yuritishga bo‗lgan ishtiyoq so‗ndi. Qishloq xo‗jaligining bunday inqirozga
1
Аминова Р.Х. Осуествление коллективизации в Узбекистане (1929-1932 гг.) Ташкент, «Фан», 1977. Б.31
2
Шамсутдинов Р.Т. Қишлоқ фожеаси: жамоалаштириш, қулоқлаштириш, сургун.(Ўрта Осиѐ республикалари
мисолида.) Т., «Шарқ», 2003.
33
yuz tutishi 1933-1935 yillarda O‗zbekistonda ham qahatchilik, xatto ayrim
joylarda ocharchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Shu sababli ham 30-yillar
ikkinchi yarmida quloqlashtirish tarixini alohida bir yo‗nalish sifatida tahlil qilgan
tadqiqot ishlari amalga oshirilmadi. Bu masala faqatgina umumiy arxivshunoslikka
doir to‗plamlarda va risolalarda qisman yoritib o‗tildi, xolos.
3
Tabiiy ravishda bu asarlarda O‗zbekistonda sovetlar amalga oshirgan
«lenincha jamoalashtirish», «inqilobiy o‗zgarish»lar maqtab yozilgan, yuqorida
sanab o‗tilgan salbiy holatlar haqida lom-mim deyilmagan.
50-yillarning o‗rtalariga kelib, O‗zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat
birmuncha stabillashib bordi. Kolxoz qurilishi va rivojlanishida ham ma‘lum bir
yutuqlarga erishildi va bu yangi ishlab chiqarish usuli dasitlabki samaralar berdi.
SHu davrdan e‘tiboran qishloq xo‗jaligini arxivshunoslik jihatidan o‗rganish
masalasi ham yangi bosqichga ko‗tarila boshladi. Bu davrda O‗zbekistondagi
jamoalashtirish va unga aloqador masalalarni maxsus tadqiq etgan ko‗p
miqdordagi monografiyalar, kitob va broshyuralar, maqolalar va boshqa ilmiy-
tadqiqot ishlari yaratildi. Bu tadqiqot ishlari asosini ko‗plab faktik materiallar
tashkil etadi. Qishloq xo‗jaligi tarixi ayni shu davrdan e‘tiboran ilmiy ahamiyat
kasb etdi. Yaratilgan adabiyotlar metodik jihatdan ham, ilmiylik jihatdan ham
ancha yuqori saviyaga ko‗tarildi.
O‗zbekiston qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish arxivshunosligida O.B.
Jamolovning tadqiqotlari muhim o‗rin egallaydi. Uning «O‗zbekistonda qishloq
xo‗jaligini yoppasiga jamoalashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari»
nomli risolasi
1
bu mavzuda keng va batafsil ma‘lumot beruvchi asarlardan
birinchisi xisoblanadi. Asarda jamoalashtirishdan avvalgi O‗rta Osiyodagi
ijtimoiy-iqtisodiy xolat ham tahlil qilingan. Unda jamoalashtirish harakatining
borishi, uning alohida o‗ziga xos jihatlari yoritilgan, ijtimoiy-iqtisodiy turmush
3
Житов К., Непомнин В. От колониального рабства к социализму. Ташкент, 1939. Иткин А. Социально-
экономические предпосЎлки коллективизации хлопководства в Средней Азии. Ташкент, Госиздат УзССР,
1932. Ўша муаллиф. Хлопководческая кооперация на фронте социалистической реконструкции
хлопководства. Ташкент, 1935. Сельское хозяйство Узбекистана за 15 лет (1924-1939) Ташкент, 1939.
1
Джамолов О.Б. Социально-экономические предпосилки сплошной коллективизации сельского хозяйства в
Узбекистане, Ташкент, Узгиз, 1950.
34
darajasi jamoalashtirishdan avvalgi davr bilan taqqoslangan. Lekin bu asarda ham
bu siyosatning salbiy oqibatlarihaqidagi fikrlarni uchratmaymiz.
O.B.Jamolovning keyingi tadqiqotlarida quloqlashtirish tarixi ham kengroq
masshtabda va alohida xususiyatlarga to‗xtalgan xolda o‗rganildi. Jumladan,
muallif O‗rta Osiyo dehqonchiligining birmuncha farqli tomonlarini Rossiyadagi
holat bilan taqqoslab, sug‗orma dehqonchilik ancha murakkabligini, ayniqsa bu
sharoitda paxta etishtirish ko‗p mehnat talab qilinishi alohida ta‘kidlab o‗tadi.
2
O‗zbekistondagi quloqlashtirish tarixini tahlil qilish G.R.Rizaev
monografiyasida ham ma‘lum darajada o‗rganilgan.
3
Muallif o‗z asarida qishloq
xo‗jalik masalalarini kompleks tarzda yoritishga harakat qilgan. Bunda asosiy
e‘tibor o‗zbek qishlog‗ining «sotsialistik» asosda rivojlanishi, xususan paxta
mustaqilligining qo‗lga kiritilishiga qaratilgan. G.Rizaev «O‗zbekiston qishloq
xo‗jaligiga 40 yil» nomli risolasida O‗zbekistondagi jamoalashtirish harakatining
muhim voqealarini qayd etar ekan, bu davrdagi o‗zbek qishlog‗iga xos bo‗lgan
quyidagi xususiyatlarga alohida urg‗u berib o‗tadi:
1)
jamoalashtirish arafasida qishloqda feodalizm qoldiqlarining saqlanib
qolganligi va ishlab chiqarish mahsuldorligining g‗oyatda pastligi;
2)
dehqonchilik madaniyatining past darajadaligi;
3)
dehqon xo‗jaliklarining g‗oyatda tarqoqligi va nochorligi.
G.Rizaev O‗zbekistonda jamoalashtirish siyosatini muvaffaqiyatli amalga
oshirishda g‗oyat katta ahamiyatga ega bo‗lgan tadbirlar sifatida sovet
hokimiyatining kambag‗al dehqonlargakredit va ssudalar berganini, urug‗lik va
o‗g‗itlar, traktor va boshqaqishloq xo‗jalik jihozlari bilan ta‘minlanganligini
ko‗rsatib o‗tadi. Lekin bu risolada ham, boshqalaridagi kabi jamoalashtirish
jarayonidagi qonunbuzarliklar va zo‗ravonliklar haqida yoki jamoalashtirish
oqibatida yuzaga kelgan ko‗ngilsiz hodisalar haqida umuman so‗z yuritilmagan.
SHu bilan bir qitorda bu risolada jamoalashtirish butun ittifoq uchun yagona
bo‗lgan bir qolipda o‗tganligi ta‘kidlanadi. Xolbuki, bu siyosatni amalga
2
О.Б.Жамолов. К вопросу особенностьях социально-экономических условий коллективизации сельского
хозяйства в Узбекистана. Ташкент, Изд-во АН УзССР, 1957.
3
Г.Р.Ризаев. Сельское хозяйство Узбекистана 40 лет. Ташкент, Госиздат, УзССР. 1957.
35
oshirishda ayrim respublikalarda, shu jumladan,O‗zbekistonda ham o‗ziga xos
xususiyatlar bo‗lgan. SHuningdek jamoalashtirishni yakunlash muddatida ham
ma‘lum farqlar bo‗lgan.
Respublikadagi
jamoalashtirish
harakati
tarixi
tarixchi-agrarshunos
S.S.Saidaliev qalamiga mansub kitobda
1
ham o‗sha davr qoliplari va andozalari
bo‗yicha batafsil tahlil qilingan.
Bu kitobda juda keng ko‗lamdagi faktik materiallar keltirilgan va bu asosda
respublikadagi butun jamoalashtirish jarayoni ko‗zdan kechirilgan.
Muallif
o‗z
kitobida
diqqat
e‘tiborni
kommunistik
partiyaning
jamoalashtirishni o‗tkazish davomidagi tashkilotchilik va rahbarlik roliga qaratadi.
Muallif o‗zbek qishlog‗ining ijtimoiy tarkibidagi o‗zgarishlarni yilma-yil tartib
bilan bayon etib boradi. Biroq, bu ma‘lumotlarni bayon qilishda muallif ayrim
faktik xatolarga ham yo‗l qo‗ygan. Jumladan, u O‗zbekistonda ilk kolxozlar 1922
yilda paydo bo‗ldi, deb yozadi. Aslida esa kolxozlar Turkistonda 1918 yildayoq
tashkil qilingan edi.
50-yillarning ikkinchi yarmida nashr qilingan O.Jamolov, I.Blinder va
V.Jivaevlar
monografiyasi
2
O‗zbekistonda
yoppasigajamoalashtirish tarixini
yoritishga muhim xissa qo‗shgan. Bu monografiyada juda ko‗plab faktik
ma‘lumotlar berilgan va ular O‗zbekistondagi jamoalashtirish jarayonini butun
mamlakatdagi xolat bilan taqqoslab ko‗rsatilgan. Bu taqqoslashlardan ma‘lum
bo‗ladiki, jamoalashtirish davrida respublikadagi kolxozlarning jamoa fondining
o‗sib borish ko‗rsatkichi butun mamlakatdagi o‗rtacha ko‗rsatkichdagi ancha
yuqori bo‗lgan. Shuningdek, qishloq xo‗jalik kooperatsiyalarining ish
samaradorligi va har ming dehqon xo‗jaligiga nisbatan miqdori jihatidan ham
O‗zbekiston ittifoq ko‗rsatkichlaridan balandroq turganligi monografiyada o‗z
ifodasini topgan. Bu ko‗rsatkichlarning yuqoriligiga sabab qilib, jamoalashtirish
arafasidagi O‗zbekistonda amalga oshirilgan er-suv islohoti ko‗rsatiladi. YA‘ni
1
С.С.Саидалиев. Борьба за осуҳествление ленинского кооперативного плана в Узбекистане. Ташкент,
Госиздат, УзССР, 1958.
2
О.Б.Джамолов, И.Б.Блиндер, В.К.Живаев. Развитие двух форм социалистической собственности и
проблеми их сближения. Ташкент, Госиздат УзССР, 1958.
36
jamoalashtirish arafasidayoq asosiy er fondlari o‗rtaxol va kambag‗al dehqonlar
qo‗lida to‗plangan va ularga xizmat ko‗rsatuvchi turli qishloq xo‗jalik
kooperatsiyalari ko‗plab tashkil qilina boshlangan. O‗z davrning mahsuli bo‗lgan
bu monografiya ham boshdan-oyoq kommunistik mafkura g‗oyalari bilan
sug‗orilgan, amalga oshirilgan butun ishlarda kommunistik partiyaning rahbarlik
roli ko‗kka ko‗tarib madhqilingan.
1950-yillarning
ikkinchi
yarmida
ayrim
viloyat
va
tumanlardagi
jamoalashtirish harakatini yorituvchi maqolalar va dissertatsion ishlar ham amalga
oshirila boshlandi. Ulardan biri A.SHaripovning risolasi bo‗lib, unda Buxoro
viloyatidagi kolxoz qurilishi masalasi tahlil qilingan.
1
Muallif o‗z risolasida
Buxoro viloyatining jamoalashtirish arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, viloyat
rayonlarida kolxozlashtirish harakatining avj olishi va bu rayonlardagi o‗ziga xos
xususiyatlarni bayon qilgan hamda Buxoro viloyatidagi jamoalashtirishning
borishi yuzasidan faktik ma‘lumotlar keltirgan. Muallif Buxoro oblastining
respublikada jamoalashtirish sur‘atlari bo‗yicha ancha orqada qolganligini bir qator
sabab va dalillar bilan izohlangan.
Risolada bir qator mahalliy xususiyatlar haqida umuman gap yuritilmagan.
Jumladan, Buxoro oblasti qishloq aholisining jamoa xo‗jaliklari mohiyati haqidagi
tushunchasi umuman yo‗qligi, mahalliy shart-sharoit, kolxozlarning moddiy
bazasining etishmasligi kabi omillar ishda o‗z aksini topmagan. SHuningdek,
dehqon xo‗jaliklari va chorvador xo‗jaliklar o‗rtasidagi tashkiliy-xo‗jalik
munosabatlarining g‗oyatda zaifligi, Buxoro viloyatidagi mahalliy shart-sharoitlar
yuzasidan kelib chiqqan muammolar, rahbariyat o‗rtasidagi kelishmovchiliklar,
zo‗ravonliklar, turli tazyiqlar ham umuman o‗rganilmagan. Muallif Buxoro
viloyatidagi jamoalashtirish jarayonidagi etaplarhaqida ham to‗xtalmagan.
Vaholanki, bu viloyatda jamoalashtirish asnosida turli ijtimoiy to‗lqinlar yuz
bergani ma‘lum.
1
А.Шарипов. Победа колхозного строя в Бухарской области. Ташкент, Госиздат УзССР, 1958.
37
O‗zbekistondagi 1930-1950 yillardagi qishloq xo‗jaligini jamoalashtirish
tarixiga bag‗ishlangan tarixiy asarlarga umumiy baho berib shuni qayd etish
mumkinki, bu davr arxivshunosligida ma‘lum darajada tarixiy izchillik, ilmiylik
ko‗zga tashlanadi. Bu ilmiy asarlarda o‗sha davr ruhiga ko‗ra bosh asosiy g‗oya
kommunistik mafkura umumiy mezon rolini bajargan, sotsialistik ishlab chiqarish
usuli eng adolatli, ustivor yo‗l sifatida talqin etilgan. Tabiiy ravishda, amalga
oshirilgan barcha ishlarda kommunistik partiya va sovet hukumatining rahnamoligi
va rahbarlik faoliyatiga yuqori baho berilgan. Lekin yuqorida ta‘kidlab
o‗tilganidek, butun jamoalashtirish davomida o‗sha sovetlar va kompartiya rahbar-
hodimlari tomonidan amalga oshirilgan zo‗ravonliklar, lenincha qatag‗onchilik
siyosati, qo‗polliklar, buning oqibatida yuzaga kelgan katta miqdordagi iqtisodiy
zararlar, ijtimoiy tanazzul singari fojealar birorta ham adabiyotlarda yoritilmagan.
Bu fojealarni yoritish davr taqozosiga ko‗ra mumkin emas edi ham. SHu boisdan
ham bu davr arxivshunosligiga oid ilmiy-tarixiy asarlar o‗sha davr ruhiga va
sharoitiga ko‗ra yozilganligi bois, davr ruhidan kelib chiqqan holda tadqiq qilindi
va baho berildi.
Dostları ilə paylaş: |