Mavzu: XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va uning oqibati. Kirish I.bob. Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati sabablari 1.1. XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining siyosiy ahvoli.
1.2. XX asrning boshlarida qishloq xo’jaligidagi ahvol va jamoalashtirish siyosatining boshlanishi.
II.bob.O’zbekistonda yer-suv islohoti va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish, uning oqibatlari. 2.1 Ommaviy jamoalashtirish siyosati va kolxozlarning davlat tasarrufiga olinishi.
2.2.Jamoa xo’jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va suv inshootlari qurilishi.
III.bob.XX asr birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va uning oqibati mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 3.1.Pedagogik texnologiyalarning dars samaradorligini oshirishda tutgan o’rni.
3.2.XX asr birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va uning oqibati mavzusidagi darsning texnologik xaritasi
Xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalar.
Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz tarixini o’rganish jarayonida hududimizda kechgan suronli voqea hodisalar turli tumanligi bilan xarakterlidir. Yurtimizda hukm surgan turli davlatlar hukmdorlari xalqqa, mol-mulkka, yer-suvga, madaniy ma’rifiy sohalarga turli munosabatda bo’lganlar va ularning o’ziga xos jihatlari turli xilda namoyon bo’ladi. Lekin ular qay tartibda hukmronlik qilmasinlar mohiyat bir xilligicha qolavergan ya’ni xalqni imkon qadar itoatda tutish, soliqlar to’plash, jamiyat hayotini barqaror tarzda rivojlanishini ta’minlash, turli obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo’lish, ilm-ma’rifatga homiylik qilish va hokazo. Ammo yurt bosqinga uchragan, istibdod sirtmoqlari xalq bo’yniga solingan va mamlakat parokandalikka uchrab, xonavayron bo’lgan bir paytda yuqoridagi ezgu amallarni amalga oshirish haqida so’z ham bo’lishi mumkin emas edi. Shu sababli mamlakatimiz istiqlolga erishgan ilk kunlardan boshlab yurtimiz tarixini mukammal o’rganish, unda kechgan voqea hodisalarini bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona yoritish va undan tegishli xulosalar chiqara bilishimiz lozimligi kun tartibiga qo’yildi. Mamlakatimizda kechgan yer-suv munosabatlari tarixini o’rganish va uni xolisona tahlil etish yurtimiz tarixini mukammal tarzda o’rganish imkoniyatlarini beradi. Ayniqsa yurtimizda hukm surgan so’nggi mustamlakachilik davri hisoblanmish mustabid sovet tuzumi ozining g’ayriinsoniy va iqtisodiy qonuniyatlarga tamomila zid bo’lgan siyosati bilan yurtimizni talagan ozidan oldingi bosqinchilardan o’zib ketdi. Bu tuzum yurtimiz boyliklarini talagani holda mamlakatimizdagi asrlar mobaynida tarkib topgan yer-suv munosabatlarini o’z manfaatlariga to’la bo’ysundirib, mo’may daromad olishga intildi. Bu borada XX asrning 20-30 yillarida O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohatlari va uning oqibatlari haqida bilish va uni keragicha tahlil etish muhim ahamiyatga egadir. Zero yurtimiz iqtisodiyotini tanazzulga olib kelgan bunday g’ayriinsoniy siyosatning mohiyatini bilish , uni anglash har bir yosh avlod ongida vatanni asrashga bo’lgan intilishni kuchaytiradi.