Mavzu: XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati va uning oqibati. Kirish


Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 45,06 Kb.
səhifə3/10
tarix21.05.2023
ölçüsü45,06 Kb.
#118971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining jamoalashti

Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Podsho Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin bu yerlardan o’z maqsadlari yo’lida foydalana boshladi. Bu xalq farovonligini ta’minlagandek ko’rinsada, aslida boyliklarni talash va tashib ketish edi. Buning bir ko’rinishi kollektivlashtirish siyosati edi. Kollektivlashtirish natijasida qishloqda yakka tartibda faoliyat yurituvchi o’rta hol dehqon xo’jaliklari tugatilib, ularning o’rniga qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi kollektiv mehnat asosida yetishtiruvchi xo’jalik vujudga keltirildi.
Kurs ishining davriy chegarasi. Tadqiqotning davriy chegarasi XX asr boshlaridan XX asrning 30-40-yillarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda Sovet Rossiyasining kollektivlashtirish siyosati va uning oqibatlarini o’rganishimiz mumkin.
Tadqiqot ob’ekti. XX asr boshlarida Sovet Rossiyasida ro’y bergan kollektivtivlashtirish siyosati va uning oqibatlari, quloqlashtirish va uning oqibatlari, bu davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarni o’rganish va tadqiq qilish ushbu kurs ishining ob’ekti hisoblanadi.
Tadqiqotning predmeti. Mavzuni keng o’rganish va unga oid bo’lgan masalalarni chuqur tahlil qilish va XX asrning boshlarida bo’lgan kollektivlashtirishning sabab va oqibatlarini yoritib berish.
Mavzuning nazariy va metodologik asoslari. XX asr boshlarida Sovet Rossiyasida bo’lib o’tgan kollektivlashtirish siyosati, quloqlashtirish, uning oqibatlari, kollektivlashtirishning Ozbekiston SSR ga ta’siri, quloq qilingan xo’jaliklarning ahvolini o’rganish ushbu mavzuning asosiy va metodologik asosi hisoblanadi.
Kurs ishining tarkibi.
Ushbu kurs ishi kirish, uch bob, olti paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I.bob. Sovet davlatining jamoalashtirish siyosati sabablari.
1.1.XX asrning birinchi yarmida Sovet davlatining siyosiy ahvoli
Sovet hukumati 20-yillarda sotsializm qurish deb
nomlangan rejani amalga oshirishga kirishdi.
Sobiq Sovet davri tarix kitoblarida bu reja «sotsializm qurishning lenincha plani» deb ataladi va uch qismdan, ya’ni mamlakatni industrlashtirish, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish va madaniy inqilobni amalga oshirishdan iborat edi.
Bolsheviklar (kommunistlar) partiyasining 1925-yilda bo‘lib o‘tgan XIV syezdi industrlashtirish yo‘lini e’lon qildi. Industrlashtirish, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni yaratish jarayoni degani edi. Bu jarayon, eng avvalo, og‘ir sanoatni (energetika, metallurgiya, mashinasozlik, neft kimyosi va boshqalar) rivojlantirishni ko‘zda tutardi. Chunki, davlat rahbarlari fikricha, bu sohalarni rivojlantirmay turib «kapitalistik qurshov»ga qarshi turib bo‘lmas edi. Bu maqsadga erishish yo‘lida yangi iqtisodiy siyosatdan ham voz kechildi. Xo‘jalikni boshqarish o‘ta markazlashtirildi.
Xalq xo‘jaligi «besh yillik planlar» deb atalgan direktiv rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. Hukumat o‘z maqsadini ro‘yobga chiqarishni qattiq repressiya siyosati bilan qo‘shib olib bordi. Mamlakatda amalda qullik mehnati joriy etildi. Bu tadbirlar o‘z samarasini bermay qolmadi.1

1929—1937-yillar oralig‘ida jami 6 mingga yaqin yirik sanoat korxonasi (yiliga 600—700) qurildi. 1937-yilga kelib Sovet davlati sanoat mahsuloti


ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSH dan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Chetdan 100 turdan ortiq mahsulot sotib olinmaydigan bo‘ldi va texn1ikiqtisodiy jihatdan boshqa davlatlarga qaramlikdan qutuldi.
Biroq shuni ham ta’kidlash adolatli bo‘ladiki, Sovet davlati sanoat mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 2-o‘ringa chiqqan bo‘lsa-da, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishda boshqa buyuk davlatlardan ancha orqada qolgan edi. Qizil imperiya o‘zining butun umri davomida ana shu qoloqlikni bartaraf eta olmadi.
Bolsheviklar partiyasining XV syezdi 1927-yilda
qishloq xo‘jaligini to‘la kollektivlashtirish to‘g‘risida
qaror qabul qildi. Qishloq 30-yillarning oxirigacha
to‘la kollektivlashtirildi. Ular o‘zlarining bu siyosatini qishloqni sotsialistik asosda qayta qurish, deb atadilar. Xo‘sh, kollektivlashtirish nima edi?
Kollektivlashtirish natijasida qishloqda yakka tartibda faoliyat yurituvchi o‘rtahol dehqon xo‘jaliklarini tugatib, ularning o‘rnida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kollektiv (jamoa) mehnat asosida yetishtiruvchi xo‘jalik (kolxoz deb atalgan) vujudga keltirildi.
Jamoa xo‘jaligining yeri davlatniki edi. Davlat yerni kollektiv xo‘jaliklarga tekinga ijaraga berdi. Jamoa xo‘jaligi xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritdi. Davlat yeridan foydalanganligi uchun hamda topgan daromadlari yuzasidan davlatga soliq to‘lagan. Aholi biror-bir tabaqasining xususiy mulk shaklida
yeri bo‘lmagan.
Kolxoz o‘ziga berilgan yerda davlat rejasiga ko‘ra mahsulot yetishtirgan. Mahsulot davlat tomonidan qat’iy belgilangan narxda sotib olingan. Soliq to‘lovidan hamda mahsulot yetishtirish uchun yil davomida qilgan xarajatlaridan ortgan mablag‘ kolxozning mulki bo‘lgan. Kolxoz o‘z ixtiyori bilan mahsulot yetishtira olmagan. O‘z ixtiyori bilan mahsulot sota olmagan. Shuning uchun ham sobiq qizil imperiya o‘z aholisini sifatli, zarur qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘la ta’minlay olmadi va chetdan sotib olishga majbur bo‘ldi. Kollektivlashtirish shafqatsiz jazo qo‘llash yo‘li bilan olib borildi. Mulkdorlar o‘z mulklarini kolxozga topshirishni istamaganliklari uchun ular qatag‘on qilindi. Mol-mulklari esa tortib olindi. Qishloq aholisi o‘z chorva mollarini kolxozga topshirmaslik uchun ko‘plab miqdorda so‘yib yubordi. Bu esa chorvachilikka o‘nglab bo‘lmas darajada ziyon yetkazdi. Dehqonlar majburan kolxozlarga birlashtirila boshlandi. Bunga qarshi dehqonlarning 1930-yilda 1600 marta qurolli chiqishlari bo‘lib o‘tdi. Kollektivlashtirish jarayonida jami 9 mln kishi
quloq qilindi.
Xususan, O‘zbekistonda quloq qilinganlarning katta qismi Ukrainaning Xerson viloyatiga surgun qilindi. U yerda ular paxta yetishtirishg2a majbur etildi. Qolgan dehqonlar jon saqlash maqsadida kolxozlarga kirishga majbur bo‘ldilar.
Majburiy kollektivlashtirish oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish keskin ravishda kamayib ketdi. Natijada 1932—1933-yillarda ocharchilik bo‘ldi va 5 mln dan ortiq kishi ochlikdan qirilib ketdi.
Kollektivlashtirish natijasida dehqonlar soni uchdan bir qismga kamaydi, jami g‘alla yetishtirish amalda ko‘paymagan bo‘lsa-da, davlatga g‘alla sotish 1937-yilga kelib 1928-yilga nisbatan 3 baravar ko‘paydi. Bunga qishloq aholisini xonavayron qilish hisobiga erishildi. O‘zbekistonda paxta
yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga Sovet davlatining paxta mustaqilligi ta’minlandi.1


Yüklə 45,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin