Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan


II. Korxonadagi texnologik jarayon haqida ma’lumot



Yüklə 49,68 Kb.
səhifə3/4
tarix03.06.2023
ölçüsü49,68 Kb.
#124445
1   2   3   4
EKG esskavatorlarini elektr yuritasi

II. Korxonadagi texnologik jarayon haqida ma’lumot
Olmaliq ruda rayoni Qurama konlarining shimoliy kon oldi xududiga, Oxongoron daryosi chap qirg‘og‘iga joylashagan. Toshkent shaxridan 65 km sharqi – shimolda joylashgan Olmaliq shaxri rayonning sanoat markazi xisoblanadi. Olmaliq mis – porfir konlari 750-1350 m dengiz satxidan balandda joylashgan bo‘lib, Markaziy osiyoda rangli metallurgiyaning muxum xom ashyo bazasi xisoblanadi.
Olmaliq xududi klimati kontinental bo‘lib, yoz xarorati +35 ÷ 400 ni, qish harorati esa -250 gacha bo‘lishi mumkun. Qalmaqir koni juda qulay jug‘rofiy – iqtsodiy sharoitga ega bo‘lib, konchilik va metallurgiya sanoati rivojlangan Olmaliq – Angren sanoat xududiga joylashgan.
Xozirgi vaqtda Olmaliq shahrida rux, kimyo va mis zavodlari shunigdek, Sari-CHeku, Qalmaqir va boshqa polimetall konlaridan qazib olingan rudalarni qayta ishlaydigan Mis-boyitish, Qo‘rg‘oshin-boyitish fabrikalari samarali faoliyat yuritmoqda.
Keyingi yillarda Olmaliq-Angren ruda rayoni xududida qator oltin konlari topilgan va ular bazasida rayonlararo oltin ajratib olish fabrikasi qurilgan (Obliq qishlog‘i).
Kon qazish korxonalari, shahar va qishloqlar aholisi shuningdek, metallurgiya zavodlari, fabrikalar va boshqa energiya iste’molchilari Angren GRESi va Olmaliq Issiqlik energiyasi markazi (IEM) tomonidan energiya bilan ta’minlanadi.
Qalmaqir karerining qurilishi 1954 yilda boshlangan va 1959 yilda ekspluatatsiya qilishga topshirilgan. 1959-2002 yillar davomida bir necha bor karerni rekonstruksiya qilish loyihalari tuzilgan bo‘lib, oxirgi loyixa 2002 yilda tuzilgan.
Bu loyihada ruda konditsiyasi qayta ko‘rilgan, karerning yillik ishlab chiqarish unumdorligi 30 mln. tonna va ishlash muddati 2070 yilgacha qilib belgilangan.
Hozirgi vaqtda karerning parametrlari quyidagicha:

  • er yuzi bo‘yicha uzunligi 4200 m;

  • kengligi 1800 m;

  • eng yuqori belgidan karer tubigacha chuqurligi 470 m;

  • karer bortlari qiyalik burchagi 35 – 400;

Karerning yilik unumdorligi:

  • kon massasi bo‘yicha 31 000 ming m3;

  • qoplama jinslar bo‘yicha 19400 ming m3;

  • ruda qazib olish bo‘yicha 30 000 ming t;

  • ochish koeffitsienti 1.8 m3/m3

Qalmaqir konining geologik strukturasi cho‘kindi, magmatik va metomorfik kon jinslaridan tashkil topgan.
Sarg‘ish qumtoshlar va kulrang oxaktoshlar cho‘kindi jinslar tarkibiy qismi xisoblanadi. Magmatik jinslar tarkibini kvars-porfir, granodiorit-porfir, sionit-porfir va diorit kabi kon jinslari tashkil qiladi. Metomorfik kon jinslari esa, asosan, ikkilamchi kvarsitlar va marmarlashgan magmatik jinslardan tashkil topgan.
Kondagi rudalar granodiorit porfirlar shtokining egzokontakt zonasida ertomir ko‘rinishida joylashgan bo‘lib, u sionitlar guruhi jinslari bilan alohida kichik (nuqtasimon) bo‘laklarga ajratilgan.
Ruda va kon jinslari massivi bir-biriga yaqin (zich) darzlar to‘ri bilan katta va kichik bloklarga bo‘lingan bo‘lib, yoriqlar erigan minerallar bilan to‘lgan.
Kon jinslarining qattiqlik koeffitsienti professor M.M. Protodyakonov shkalasi bo‘yicha 6-10 dan 14 gacha o‘zgaradi. Sulfit rudalarining zichligi 2,6÷2,8 t/m3, kon jinslarining zichligi esa 2,4÷2,6 t/m3. Ruda va kon jinslarining ko‘pchish koeffitsienti 1,5 ga teng.
Qalmaqir kareri kon jinslari portlovchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha, darzdorlik darajasini hisobga olgan holda uch kategoriyaga bo‘linadi:
I – kategoriya – oson portlaydigan jinslar (kuchli darzdor sienitlar, ikkilamchi jarayonlar natijasida o‘zgargan granodiorit-porfirlar) M.M.Protodyakonov shkalasi bo‘yicha bu jinslarning qattiqlik koeffitsienti 6-8 ni tashkil qiladi.
II – kategoriya o‘rtacha portlovchan jinslar (mayda va o‘rtacha darzdor sulfid rudalar, ikkilamchi granodiorit – porfirlar, o‘zgargan sienitlar kvarslangan sienit-dioritlar, sienitlar va sienit-dioritlar hamda rudalangan sulfidlardan tashkil topgan ikkilamchi kvarsitlar). Bularning qattiqlik koeffitsienti 8-12 ga teng.
III – kategoriya – qiyin portlaydigan jinslar (zichligi yuqori, siyrak darzlikka ega bo‘lgan yirik blokli ikkilamchi kvarsitlar), qattiqlik koeffitsienti 10-14.
Qalmaqir koni Nakpay-soy va Olmaliqsoy daryolarining suv ayirish joyiga joylashgan. Er osti suvlarining statistik satxi 710-660 m balandlik belgisiga to‘g‘ri keladi. Grunt suvlarining satxi fasllar bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lib, yozda pasayadi, bahor va kuzda ko‘tariladi. O‘zgarish ampletudasi 4-6 m ni tashkil qiladi. Er osti suvlari bosimsiz va kichik oqimga ega bo‘lib, Nakpay-soy hamda Olmaliqsoy daryolari yuqori qismiga joylashgan darzdor ruda zonalari orqali sizilib ularga quyiladi.
Karerning +700 m balandlik belgisidan pastga joylashgan jinslar butunlay suvdor bo‘lib, undan yuqoriga joylashgan jinslar suvdorlik darajasi kichik. CHunki ularning suvdorligi, asosan, atmosfera yog‘inlari natijasida sodir bo‘ladi. Barcha er osti suvlari jinslardagi yoriqlar bo‘ylab sizilib, karerga oqib tushadi.
Karer jinslarining umumiy suvdorlik darajasi 65-68% ni tashkil qiladi.
Qolmaqir koni uchta karer bilan qazib olinadi: Konni ochish, SHarqiy va Markaziy karerlar, amalda esa har uchchala karer bitta karer hisoblanadi. Ochish va foydali qazilmani qazib olish ishlari hozirgi vaqtda 25 ta pog‘onada olib boriladi. Ulardan 16 tasining balandligi loyiha bo‘yicha – 15 m, 9 tasiniki esa – 22,5 m. Pog‘onalarning qiyalik burchagi 70-800.
Portlatilishi lozim bo‘lgan kon jinslari portlovchanligi bo‘yicha, yuqorida qayd qilingan uch kategoriyaga bo‘linadi va har bir kategoriya bo‘yicha yil davomida portlatiladigan jinslar xajmi quyidagicha:
I – kategoriya – 6 mln.m3
II – kategoriya – 5 mln.m3
III – kategoriya – 5 mln.m3
Transheyalar sharoitida – 1 mln.m3.
Karerda transportli qazish tizimi qo‘llanadi va qoplama jinslar tashqi ag‘darmaga tashiladi. Kon massasini tashish asosan temir yo‘l transportida, qisman esa avtotransport yordamida amalga oshiriladi. Bunda katta ilashish kuchiga ega bo‘lgan elektrovozlar, yuk ko‘tarish qobiliyati 105 tonnali dumpkarlar, 75 va 110 tonnali BelAZ rusumli avtoag‘dargichlardan foydalaniladi. Qazib olingan kon massasi dumpkar va avtooag‘dargichlarga 20 dan ortiq EKG-8I, EKG-5U, EKG-12,5, EKG-15 rusumli, cho‘mich xajmi 4 dan 15 m3 gacha bo‘lgan ekskavatorlar bilan yuklanadi.
Skvajinalar SBSH-250 MN-32 rusumli burg‘ulash stanoklari bilan burg‘ulanadi.
Portlatish yordamida kon massivini maydalash usuli sifatida asosan, vertikal skvajina zaryadlari usuli qabul qilingan. Skvajina zaryadlarini portlatish detonatsiya piligi va elektrik usullarda amalga oshiriladi.
Portlatish ishlari – skvajinalarni portlovchi moddalar bilan zaryadlash va ularni tiqinlash ishlari zaryadlash mashinalari yordamida bajariladi.
Karerda qo‘llanayotgan ekskavatorlar cho‘michining o‘lchamlariga nisbatan portlatilgan kon massasidagi konditsion bloklarning maksimal o‘lchami 1500 mm dan oshmasligi lozim (MOF ga o‘rnatilgan tegirmonning qabul qilish panjarasi bo‘yicha). Portlatilgan kon massasidagi nokonditsion (nogobarit) bo‘laklarning miqdori 1,5-2,0 % ni tashkil qiladi. Nogobaritlarni ikkilamchi maydalash, asosan, ustquyma portlovchi modda zaryadlari yordamida bajariladi.
Qolmaqir kareri uzluksiz yillik rejimda ishlaydi. Sutkalik ish rejimi ham uzluksiz – 12 soatlik ish smenada kon ishlari bajariladi. Portlatish uchastkasi 5 ish kunlik xafta bo‘yicha uzlukli rejimda faoliyat yuritadi. Portlatish ishlari xaftada bir marta (payshanba kuni soat 1400 – 1600 da) bir necha gorizontlarda bajariladi. Transheyalar o‘tishda esa, zarurat tug‘ilganda.
Karer maydonini ochish er yuzidan karer ishchi gorizontlariga transport vositalarini etib borishini, qazib olingan qoplama jinslarni ag‘darmalarga, foydali qazilmalarni qabul qilish punktlariga (boyitish fabrikasi yoki omborlarga) tashib berishni ta’minlaydigan ochiq kon laxmlari orqali amalga oshiriladi.
Qolmaqir konini kon yonbag‘rida joylashganligi uni ochish sxemasini tanlab olishni osonlashtiradi. Tanlab olingan ochish sxemasiga ko‘ra karer maydonining yuqori qismi +660 metr belgigacha mustaqil yarim transheyalar joylashgan temir yo‘l stansiyalari bilan tutashadi. +805 balandlik belgisidan yuqorida joylashgan pog‘onalardan qazib olingan qoplama jinslar avtomobil transporti yordamida karerning sharqiy bortida joylashgan maxsus avtomobil ag‘darmasiga tashiladi.
+805 m dan +640 metr balandliklar belgisiga joylashgan pog‘onalar “Nakpay” stansiyasi bilan tutashadi, +715 m dan +692 m gacha bo‘lgan balandlik belgilarida joylashgan pog‘onalar esa, “Otvalnaya” stansiyasi bilan tutashadi. +670 m dan +640 m gacha balandlik belgilarida joylashgan pog‘onalar “668 metr” posti bilan +625 m balandlik belgisidan pastga joylashgan pog‘onalar esa, - “Razvedka” posti bilan tutashadilar.
“Razvedka” postidan boshlab +335 metr balandlikkacha bo‘lgan kon gorizontlari 4 yo‘lli spiral shaklidagi temir yo‘l s’ezdlari orqali ochilgan. Spiral s’ezdlarni soat strelkasi harakati yo‘nalishi bo‘yicha rivojlantirish karerdagi qabul qilingan qazish tartibini buzmasdan uni cheklanmagan miqdorda kengaytirishga imkon beradi. +335 m balandlik belgisidan pastda joylashgan pog‘onalar ikki yo‘lli spiral s’ezdlar bilan ochiladi.
Muayyan karer sharoitida qabul qilingan qazish tizimi kon ishlarini xavfsiz va iqtisodiy samarali olib borish bilan bir qatorda konning konditsion zahiralarini to‘laroq qazib olish va atrof muhitni saqlashga oid tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlashi kerak.
Qalmaqir karerida loyiha bo‘yicha transportli qazish tizimi qabul qilingan bo‘lib, qazib olingan qoplama jinslar transport vositasida tashqi ag‘darmaga tashiladi. Karer ish fronti surilishi parallel, doimiy spiral s’ezdlarda esa, elpig‘ichsimon. Bunda pog‘ona yo‘llari s’ezd transheyalarida transport vositasi burilishi uchun burilish punktlari hosil qilingan.
Qalmaqir karer maydonining sharqiy qismida kengayishi tufayli noksimon shaklga egadir. +680 m balandlik belgisidan yuqoridagi gorizontlar G simon shaklga ega bo‘lib, kavjoylarining surilishi parallel, +680 m dan pastdagi gorizontlar P simon shaklga ega.
Hozirgi vaqtda karerda 24 ta pog‘ona hosil qilingan bo‘lib, ulardan 16-17 tasida doimo qazish ishlari olib boriladi. Ishchi pog‘onalarning balandligi 15-22,5 m ni tashkil qiladi. Pog‘ona ishchi maydoni minimal kengligi 40-60 m. Ekskavator ish frontining uzunligi: yuqori gorizontlarda 800-1000 m, pastki gorizontlarda esa 600-800 m. Karer er yuzasidan +670 m balandlik belgisigacha joylashgan pog‘onalar balandligi 22,5 m, bulardan pastdagi pog‘onalar balandligi esa - 15 m ni tashkil qiladi. Pog‘onalar balandligi qo‘llaniladigan qazib yuklash mashinalari ishchi parametrlari bo‘yicha aniqlangan.
Xozirgi vaqtda karerning yillik chuqurlanish tezligi 5-6 m ni, ish frontining surilish tezligi esa 90-100 m ni tashkil qilmoqda. Temir yo‘l transporti bilan yuklarni tashishning o‘rtacha masofasi: ruda bo‘yicha 10 km, qoplama jins bo‘yicha 8 km.
Qazib olinadigan kon massasidagi har bir kategoriyaga tegishli kon jinslari va foydali qazilmalarning ulushi quyidagicha:
I – kategoriya – 10%;
II – kategorya – 45%;
III – kategoriya – 45%.
Keltirilgan ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, karer maydonidagi qariyb barcha kon jinslari va foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash ishlari faqat burg‘ulab–portlatish usulida amalga oshirilishi mumkin.
“Qalmaqir” kareri eng ilg‘or va yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan zamonaviy kon-transport uskunalari bilan ta’minlangan tarmoqning yirik korxonalaridan biri xisoblanadi.
So‘ngi yillarda “Qalmaqir” karerida unumdorligi yuqori va ishchi parametrlari katta bo‘lgan EKG-12,5, EKG-15, EKG-20 rusumli ekskavatorlarning qo‘llanishi natijasida qoplama jins pog‘onlarining balandligi 15 m dan 22,5 m gacha, ekskavator kirmalarining eni 18-20 m dan 28-30 m gacha ko‘paygan. Natijada karerdagi pog‘onalar soni kamayib, transport kommunikatsiyalarining uzunligi 12,5 km ga qisqargan.
“Qalmaqir” kareri sharoitida ekskavator unumdorligiga qator omillar ta’sir etadi, ulardan asosiylari:

  • foydali qazilma pog‘onalarida rudani navlar bo‘yicha saralab qazib olib, transport vositalariga yuklash;

  • foydali qazilmani karer chuqur gorizontlarida joylashganligi tufayli qazib olingan rudani yuqori gorizontda (kapital transheyada) joylashgan qayta yuklash punktigacha tashib chiqish;

  • avtomobil va temir yo‘l transporti sostavlarining turli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida yuklash punktlariga (ekskavator kavjoylariga) etkazib berilmasligi.

Karerdagi qazib-yuklash ishlarining samaradorligini oshirish va yuqorida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf qilish ko‘p jixatdan karerda siklli potok va potok texnologiyalarini qo‘llashni taqazo etadi.
Xozirgi vaqtda “Qalmaqir” karerida qazib olingan qoplama jins va rudalarni qabul qilish punktlariga etkazib berishda temir yo‘l va avtomobil transporti qo‘llanadi. Qoplama jins va rudalarni tashish elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti yordamida amalga oshiriladi. Ilashish og‘irligi (ssepnoy ves) 360 t bo‘lgan PE-2m rusumli elektrovozlarning har biriga yuk ko‘tarish qobiliyati 105 t VS-105 rusumli dumkarlardan 12 tasi tirkalgan lokomotiv sostavlar qoplama jinslarni ag‘darmalarga, rudalarni esa boyitish fabrikasiga tashib beradi.
Lokamativ sostavlar karerda ochiq siklda, ya’ni muayyan ekskavatorga bog‘lanmagan xolda ishlaydi. Har bir ishchi gorizontga alohida temir yo‘l joylashtirilgan bo‘lib, u gorizontdan faqat bitta chiqish yo‘liga ega. Karer temir yo‘l transportining umumiy uzunligi 60 km ga yaqin bo‘lib, undan 45 km karer ichida, 15 km esa ag‘darmalarda joylashgan. Temir yo‘l bilan yuk tashishning o‘rtacha uzunligi: ruda bo‘yicha – 12,7 km, qoplama jins bo‘yicha – 7,2 km.
Qoplama jinslar ikki gurux ag‘darmalarga joylashtiriladi: Nakpay va Olmaliq ag‘darma guruhlariga. Nakpay ag‘darmasi karerdan 8 km, Olmaliq ag‘darmasi esa, 6-10 km masofada joylashgan. Karer bilan boyitish fabrikasi o‘rtasidagi masofa esa 8,6 km ni tashkil qiladi.
YUqori gorizotlardan (+782 m va undan baland) qazib olingan qoplama jinslar qayta yuklash uzellariga avtomobil transporti yordamida tashiladi. Karerda har bir smenada 8-10 ta yuk ko‘tarish qobiliyati 91 t bo‘lgan “TEREXS” rusumli va yuk ko‘tarish qobiliyati 130 t “BelAZ” 75313 rusumli avtomobillar ishlaydi. Avtomobil ag‘darmasigacha bo‘lgan o‘rtacha tashish masofasi 1,6 km, qayta yuklash uzeligacha bo‘lgan o‘rtacha tashish masofasi esa, 3,3 km ni tashkil qiladi.
2007-2012 yillarda karerning o‘rtacha yillik yuk aylanmasi 30-35 mln.m3 ni tashkil qilgan, undan 20-26 mln.m3 rudaga, 10-12 mln.m3 qoplama jinslarga to‘g‘ri keladi.
Nakpay ag‘darmalar guruhi karer shimoliy-sharqiy bortidan 8 km masofada joylashgan bo‘lib, to‘rtta ag‘darma tupikidan tashkil topgan. Uchta ag‘darma tupiki +740 m balandlik belgisiga, to‘rtinchisi esa undan 30 m balandga - +770 m balandlik belgisiga joylashgan. Nakpay ag‘darmalarining yillik yuk qabul qilish imkoniyati 3400-3500 ming m3 ga teng bo‘lib, unda har bir temir yo‘l tupigida bitta EKG-8I, jami 4 ta ekskavator ishlaydi.
Olmaliq ag‘darmalar guruhi karer g‘arbiy bortidan 10 km masofada joylashgan. Bu guruhda ham 4 ta temir yo‘l tupigi faoliyat ko‘rsatadi. Har bir tupikda bittadan, jami 4 ta EKG-8I ekskavatori ishlaydi. Uchta ag‘darma tupigi +655, to‘rinchisi esa +710 m balandlik belgisiga joylashgan. Olmaliq ag‘darmalar guruhining yillik yuk qabul qilish quvvati 2600-2700 ming m3 ni tashkil qiladi.


Yüklə 49,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin