Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/33
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#43109
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash

XULOSA 

                                                          

Mehnat    talimi  fanlarni  o’qitishda    pedagogik  texnologiyalarni  qo‘llash  o‘quv 

samaradorligini oshiradi, talabalarning bilim ko‘nikmalarini yanada rivojlantiradi.  

        III-bobda  mehnat    talimi  fanlarni  o‘qitishda  keys-stadi  texnologiyasining 

ahamiyati  ochib  berilgan,  bobning  birinchi  rejasida  o‘quv  jarayonida  innovatsion 

texnologiyalarning    qo‘llashning  ahamiyati,  sabablari  keltirilgan.    Shuningdek 

birinchi  reja  asosida  mehnat    talimi  fanlar  tarkibiga  kiruvchi  fanlar:  pedagogika, 

tarbiyaviy  ishlar  metodikasi,      kuni  uzaytirilgan  guruhlarda  ta’lim-tarbiya 

nazariyasi  va  metodikasi,  yoshlar  tashkilotlari  va  ular  bilan  ishlash  metodikasi 

fanlari,  o‘quv  reja,  o‘quv  dastur,  ishi  dastur  talablari  asosida  o‘rganilgan,  ular 

uchun  ajratilgan  soatlar  ko‘rsatib  o‘tilgan  fanlarni  o‘qitishda  dastur  talablariga 

binoan talabalar bilishi va egalashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar tahlil 

qilingan. 

           III-bobning  ikkinchi  rejasida  tajriba  –sinov  ishlari  keltirilgan.  Mehnat  

talimi  fanlarni  o‘qitishda  keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llash  bo‘yicha  guruhlarga 

ajratildi. 

           Tajriba  -  sinov    ishlarida  pedagogik  fanlarni  o‘qitishda  qo‘llaniluvchi  usul 

va  uslublar  kuzatildi,  tahlil  qilindi.  O‘quv  guruhlarida  dars  o‘tish  jarayonida 

yuzaga  keluvchi  muammolar  o‘rganilgan  Mehnat    talimi  va  fanlarni  o‘qitishda 

keys-stadi texnologiyasini qo‘llagan holda amaliy mashg’ulotlar  tashkil qilindi. 




 

           Tajriba  sinov  natijalariga  ko‘ra  keys-stadi  texnologiyasi  qo‘llagan  holda 



o‘tkazilgan  amaliy  mashg’ulotlar  dars  samaradorligini  oshirgan  va  talabalarda 

kasbiy  faoliyatga  nisbatan  ko‘nikmalar  rivojlangan.Ta’lim  tizimida  o‘quv 

samaradorligini  oshirish,  bilim  oluvchilarni  har  tomonlama  yetuk  shaxs      sifatida 

tarbiyalash muhim vazifalardan biridir.  Aynan pedagogik texnologiyalar tarkibiga 

kiruvchi keys-stadi bugungi ta’lim tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda.            

          Mamlakatimizda  ta’lim  tarbiya  jarayonini  ilmiy  asosda  tashkil  qilib  uni 

jadallashtirish  va  samaradorligini  oshirish  maqsadida  zamonaviy  pedagogik 

texnologiyalarni  o‘quv  jarayoniga  tadbiq  etish  davom  etmoqda.  Shu  kungacha 

ta’lim  tizimida  ta’lim  jarayonini  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  bilan 

ta’minlash,  unga  oid    o‘quv  adabiyotlarni  tayyorlash  va  amaliyotga  tadbiq  qilish 

asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.  

         Bitiruv    malakavi  ishi  mavzusi  yuqoridagi  talablar  asosida  shakllantirildi.  

kasb-hunar  kollejlarida    pedagogik  fanlarda  keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llash 

orqali talabalarni bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish ishining asosiy maqsadi qilib 

olindi.  Tezkor  axborotlar  almashuvi  zamonasida  yashayotgan  har  inson,  amaliy, 

kasbiy faoliyatida bir muncha muammoli vaziyatlarga duch keladi, shunday paytda 

oldindan yechimi izlab topilgan vaziyatlardagi muqobil yechimlar qo‘l keladi.  

fanlarni  o‘qitishda  keys-stadi  texnologiyasidan  foydalanishdan  maqsad 

o‘quvchilarning  bilimlarini  ongli,  faol    va  yuqori  o‘zlashlashtirilishlarga  erish  va 

Umum talim  maktablarida  ularni mustaqil ilmiy-ijodiy izlanuvchanlik faoliyatga 

tayyorlash, kasbkor ko‘nikmalarini shakllantirish, ularda ijtimoiy-siyosiy onglilik, 

vatanparvarlik, ma’suliyatlilik sifatlarini tarbiyalashdan iborat. 

       Keys-stadi  texnologiyasi  asosida  o‘qituvchi    faoliyati  tashkil  qilish  davomida 

o‘qituvchi  o‘quvchilarga  o‘quv  materialini  shunchaki  yetkazish  bilan  cheklanib 

qolmasdan,  ularni  birga  fikrlashga,  mushohada  qilishga  undaydi,  faollashtiradi, 

o‘quv-bilish  faoliyatlarini  maqsadli  tashkil  qiladi.  Nazariy  ma’lumotlarning  real 

jarayonlarga  qay  darajada  to‘g’ri  kelishini  isbotlash  maqsadida  o‘quvchilar 

hamkorlikda  faol  izlanishlar  olib  boradilar,  muammo  yechimining  turli 




 

variantlarini  ishlab  chiqadilar  va  eng  maqbul  usul  va  vositalarni  tanlaydilar, 



natijalarni amaliy tadbiq qilishni o‘rganadilar. 

       Keyslarda keltirilgan vaziyatlarni tahlil qilish davomida o‘quvchilar birgalikda 

faol  izlanadilar,  vaziyatning  yechimini    qidiradilar,  masalani  hal  qilishning  turli 

variantlarini  ilgari  suradilar,  tahlil  qiladilar  va  eng  maqbul  variantlarini  ilgari 

suradilar,  tahlil  qiladilar.  Ularda  shaxsiy  tanqidiy  munosabatlar  tarkib  topadi, 

mulohazalari  asosliligini  isbotlash  uchun  muayyan  izlanishlar  olib  boradilar,  bir 

qator  ilmiy  konsepsiyalar  orasidan  eng  maqbulini  tanlaydilar,  qo‘lga  kiritilgan 

natijalarni  taqqoslaydilar,  fikrlarni  umumlashtirib,  aniq  xulosalarga  kelinadi  va 

faoliyat  samarasini  ta’minlashga  xizmat  qiladigan  qarorlarni  taxmin  qilinadi  va 

imkoniyat darajasida amalda qo‘llab ko‘riladi. 

        Bu  jarayonda  o‘quvchi  bo‘lg’usi  mutaxassis  sifatida  jarayoni  keng  tahlil 

qiladi, o‘quv axborotida keltirilgan ma’lumotlarga nisbatan ma’lum nuqtai-nazarni 

shakllantiradi, aniq dalilar asosida bahs-munozara yuritadi, dalillarning asosli yoki 

asosli  emasligini  haqida  o‘ylab  ko‘radi,  o‘z  faoliyatini  iodiy  tashkil  qilishni 

o‘rganadi. Axborotlarni chuqur va keng qamrovli tahli qilish asosida o‘quvchining 

ilmiy  tafakkuri  rivojlanadi,  mantiqiy  izchilikda  fikr  yuritishni  qobiliyatlari 

rivojlantiriladi. 

          Birinchi  o‘rinda  o‘quvchi  muammo  texnologiyasi,  uning  boshqa  ta’lim 

texnologiyalaridan  farqi,  ta’limiy  vazifalari,  o‘quv  didaktik  masalalarini  hal 

qilishdagi  hamda  bo‘lg’usi  mutaxassisning  kasbiy  yuksalishidagi  o‘rni  kabi 

savollarga javob topishi kerak. 

          Mamlakatimizda  ta’lim  tizimiga  berilayotgan  e’tibor,  Prezidentimiz 



tomonidan ko‘rsatilayotgan  g’amxo‘rlik, yoshlar bilim olishlari uchun yaratilgan 

sharoitlar maqtasa arzigulikdir. Aynan bu jarayonda dars sifatini,  yoshlar bilimini 

oshirish,    mustaqil  fikrlovchi  shaxslarni  tarbiyalash,    har  qanday  muammoning 

yechimini  izlab  topa  oladigan  avlodni  tarbiyalash  ta’lim  oldida  turgan  asosiy 




 

vazifalardan 



biridir. 

Aynan 


shu 

maqsadlarni 

bajarishda 

keys-stadi 

texnologiyasining ahamiyati, o‘rni kattadir. 

        Keys-stadi  texnologiyasi  dars  jarayonini,  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  faoliyatiga 

yangicha  ruh  bag’ishlovchi  ta’lim  texnologiyalardandir.    O‘quv  jarayonida 

qo‘llaniluvchi barcha texnologiyalar kabi keys –stadi texnologiyasi ham o‘ziga xos 

ta’limiy  imkoniyatlariga  ega.  Shuningdek  keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llashda 

o‘qituvchining  o‘rni  va  ahamiyati  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Dissertatsiya 

ishining II bobida yuqorida muhim vazifalar keng ochib berilgan. 

      Keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llashda    ta’lim  maqsadlarni  to‘g‘ri  qo‘ya  olish 

ustuvor  masalardan  biridir.  Keys-stadi  texnologiyasini  tashkil  qilishda    yuqorida 

keltirilgan o‘n birta bosqich  asosiy o‘rini egalaydi.  

      Asosan 

texnologiyani 

tashkil 

qilishda 

vaziyatlarni 

to‘g’ri 


qo‘yish, 

muammoning  sabab  –oqibatlarini  to‘liq  ochib  berish  lozim.  Keysni  to‘g’ri  tanlay 

olish, talabalarning qiziqishi va ularning tayyorgarligini e’tiborga olish, vaziyatni 

tahlil qilish usullari bilan tanishtirish muhimdir. 

       II-bobning  birinchi  rejasida  texnologiyani  tashkil  qilishda  “Aqliy  xujum”, 

“Munozara”  metodlarining  ahamiyati  zarurligi  ochib  berilgan.  Shuningdek 

vaziyatni  tahlil  qilish  turlari,  bosqichlari,  tahlil  qilishda  nimalarga  e’tibor  berish 

zarurligi va talabalarga eslatlarmalar keltirib o‘tilgan. 

       II-bobning,    ikkinchi  rejasida  texnologiyani    qo‘llashda  o‘qituvchining 

ahamiyati,  jarayonni  tashkil  qilishda  uning    vazifalari,  talabalarni  bahollash 

jarayoni haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

        Keys-stadi  texnologiyasini  qo‘llashda  o‘qituvchi  vazifasi  uning  jarayoni 

odilona to‘g’ri boshqara bilishi bilan baholanadi. Ya’ni o‘qituvchi jarayoni tashkil 

qilishi,  mavzuga  xos  va  mos  vaziyatni  tuza  olishi  va  talabalar  faoliyati  boshqara 

olishi lozim. 

           Keys-stadi  texnologiyasida  bahollash    jarayonida  barcha  baholash 

tizimlaridan foydalanish mumkin. Bahollash jarayoniga talabalarning  jamoa bilan 



 

birlasha olishi, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, vaziyatga mos yechimlarni 



topishlari alohida e’tiborga olinadi. 

 

 



                               


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin