Bitiruv malakaviy ishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/33
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#43109
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
mehnat talimi jarayonida keys-stadi texnalogiyasini qollash

Vaziyat 


 

        Sinf rahbari tarbiyasi qiyin bolaning ota-onasi bilan suhbat olib bormoqda. 



O‘quvchi  ko‘p  vaqtlarda  maktabga  darslarni  tayyorlamasdan  keladi,  qo‘pol, 

o‘yinqoroq.  Maktab  intizomini  mensimaydi.  Masalan,  dars  paytida  maktab 

oshxonasida  yuradi.  So‘rmasdan  darslardan  ketib  qoladi.  Chorak  oxirida  reyting 

kundaligi haftada almashadi, baholari past chiqiyapti. 

          Uning  otasi  fan  doktori,  professor,  rahbar,  onasi  vrach.  Pedagogning 

gaplariga quyidagicha javob beradi: 

  -Tushunsangizchi, biz  Davlat  ishlari  bilan  juda  band  odamlarmiz.  Mening  ishim 

juda  ham  mas’uliyatli  ish!  O‘g‘lim  bilan  shug‘ullanishga  mening  hech  vaqtim 

yo‘q.  Onasining  ham  ishlari  ko‘p.  Biz  maktabga  yuborayapmiz.  Maktab  uchun 

kerakli  narsalarni  olib  berayapmiz,  maktab  vaqtiga  sizlar  javob  berasiz, 

tarbiyalaysizlar !  Bu sizning vazifangiz emasmi? 

       Pedagog,  oila  bilan  maktab  hamkorligida  ish  olib  borsagina  tarbiya  samara 

berishi mumkinligini uqtirganda, u yana e’tiroz bildirdi: 

-  Nima  ish  qilish  kerak  bo‘lsa,  oilaga  bo‘g‘liq  bo‘lgan  ishlarning  hammasini 

qilyapman.  Uyda  kompyuter  bor,  internetga  ulab  qo‘ydim,  kutubxonamiz 

mavjud, ingiliz tili, rus-tillaridagi o‘quv kassetalar kolleksiyasi bor. 

     Ota tarbiyadagi o‘z ishtirokiga oid elementlarni uzoq sanadi. Bularni eng asosiy 

deb  hisobladi,  ammo  o‘g‘lining  xulqi  haqidagi  sinf  rahbari  tomonidan 

bildirilayotgan tashvishli xabarga e’tibor qilmadi. 

                                 ( O‘. Asqarova.“ Pedagogikadan 

amaliy mashqlar va masalalar”) 

Мehnat ta’limi  faninida keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda talabalarni quyidagi  

uslubiy ko‘rsatmalar bilan tanishtirish lozim. 

         Keys-stadi texnologiyasida vaziyatni hal qilishda, talabalar  vaziyatni tashkil 

qilish  bosqichlarini  navbatma-navbat  bosib  o‘tishlari  lozim  va  ularga  quydagi 

ko‘rsatmalar beriladi.  

1.  Keys bilan tanishish: 

a)  Keys mazmunini diqqat bilan o‘qib chiqing. 




 

b)  Keysni kichik jamoangizda “sabab-oqibat” nuqtai-nazaridan tahlil qiling. 



2.  Berilgan vaziyat bilan tanishish: 

a)  Malumotlarni yana bir diqqat bilan o‘qib chiqing. 

b)  Vaziyatni keltirib chiqaruvchi omillarni belgilab oling. 

c)  Vaziyatda muhim joylarni qalam bilan chizib, alohida ko‘rsatib qo‘ying. 

3.  Muammoli  vaziyatni  tahlil  qilish  jarayonida  ularga  quyidagi  savollar  bilan 

murojaat qilinadi 

1.  Vaziyat qachon, qanday holatda sodir bo‘ldi? 

2.  Sinf rahbari harakat motivlarini tahlil qilish? 

3.  O‘quvchi harakat motivlarini tahlil qiling ? 

4.  Ota-onaning harakat motivlarini tahlil qiling? 

5.  Muammoni asosiy keltirib chiqaruvchi sabablar nimada deb hisoblaysiz ? 

6.  Qanday qilib keskin pedagogik vaziyatni oldini olish mumkin edi ? 

7.  Voqeallarni keying rivojlanishi qanday bo‘lishi mumkin ? 

8.  Vaziyatning yechimini taklif qiling ? 

4.  Muammoli  vaziyatni  yechish  usul  va  vositalarni  tanlash  hamda  asoslash  uchun 

talabalar quyidagi vazifalarni bajaradilar. 

a)  Vaziyat yechimini topish maqsadida “Muammoli vaziyat” jadvalini to‘ldirish; 

b)  Muammoni  yechish  uchun  barcha  holatlarni  o‘rganing,  muqobil  variyatlarni 

tahlil qilish; 

c)  Keys  bilan  ishlash  natijalarini  taqdimot  yoki  yozma    axborot  shaklida 

tayyorlash; 

“Shaxsning  o‘sishi,  shakllanishi  va  tarbiyasi”  mavzusida  o‘qitishda  keys-stadi 

texnologiyasini  qo‘llash  talabalarda  darsga  bo‘lgan  qiziqish  uyg’otadi,  ularni 

ijodiy  fikrlashga,  qarorlar  qabul  qilishga,  mavzu  yuzasidan  bilimlarni 

boyitishga, amaliy jarayonda mustaqil qo‘llashga o‘rgatadi. 

    Dars ishlanmasi (2- ilovada)  keltirigan 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin