Bitiruv malakaviy ishining


V BOB .KARERNI SUVSIZLANTIRISH VA ELEKTR TAMINOTI



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə16/26
tarix08.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109545
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bitiruv malakaviy ishining

V BOB .KARERNI SUVSIZLANTIRISH VA ELEKTR TAMINOTI.

Karerda asosan 3 ta pritok orqali suv keladi.


1.Atmosfera yog‘ini (asosan dekabr ­­­­­­­– iyun oylarida)
2.Paliyezey jinslari yoriqlaridan sirqib kelayotgan suvlar.
3.Gurunt suvlari (rechnix dolin).
Xisoblangan natijalarga ko‘ra Nakbaysoy tomonidan o‘rtacha -100 m3/soat miqdorda oqim bo‘ladi. Poleozoy jinslari yoriqlaridan sirqib keladigan suvlar 200 m3/soat ni tashkil qiladi. Olmaliqsoy tomonidan allyuvialit yotqiziqlaridan taxminan 80-100 m3/soat oqim bo‘ladi. Yuqoridagilarni xisobga olib karerdagi o‘rtacha umumiy yer osti suvlari oqimi 400-500m3/soat ni tashkil etadi.Yer osti suvlari karerda +440 m da joylashgan zumpfda yig‘iladi. Suv yg‘iluvchi zumpfning sig‘imi 100-150m3 ,chuqurligi 5-6m. Suv satxidan 0.6-1metr balanda SNS300/420 markali 4 ta nasoslar o‘rnatilgan. Va ular bilan otkachka qilinadi. Xar bir nasosdan  320 mm.lik trubalar chiqib +660 m gorizonda joylashgan tozalash inshotiga suvni olib boradi. Ko‘tarilish 310 metrni tashkil qiladi. O‘rtacha suv pritogi 250-280 m3/soat dan oshmaydi shuning uchun odatda bitta yoki ikkita nasos ishlaydi. Ikkita nasos rezervda turadi. Trubalar orasidagi masofa 80-100 metrni tashkil qiladi. Nasoslarning quvvati 250 kVt=6kV ni tashkil qiladi. Karyerda ishlovchi elektr istemoli uskunalarini elektr energiyasi bilan taminlash UES tomonidan amalga oshiriladi. Asosiy elektr energiyasi Qorqiya IES orqali taminlanadi.Karyerga xavo liniyalari orqali 6000 volt o‘zgaruvchan tok yuboriladi.Qo‘shish-ajiratish,transormator punktlari orqali 6000 volt o‘zgaruvchan tok burg‘ilash stanoglari uchun 3000 volt o‘zgarmas,elektrovoz uchun xam 3000 volt o‘zgarmas tokka aylantiriladi.Elektr uskunalariga malakaviy xodimlar xizmat ko‘rsatadi.


VI BOB.HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIYA.
Ochiq konchilik ishlarining xavfsizligi ishlar bajarilgan joylardagi bortlar, pog‘onalar, uyumlar va karyerga chegaradosh hududlardagi o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ko‘chki va qulashlar hamda boshqarib bo‘lmaydigan suv oqimlarining oldini olish, shuningdek keltirilgan omillarning karyer, kon-transporti jihozlari va xodimlar xavfsizligiga ta’sirini kamaytiruvchi tadbirlarni ishlab chiqish va joriy etish bilan amalga oshiriladi. O‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan deformatsiyalarni oldini olish yoki ularni karyer ishiga zararli ta’sirini kamaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqish:
a) karyer va uyumlardagi qiyaliklar holatini ko‘z bilan ko‘rikdan o‘tkazish;
b) jinslar qatlamining yotishi sharoitlarini, uyumlar tagidagi kon massasi va jinslar tuzilmalarini geologik va gidrogeologik o‘rganish;
v) bortlar, pog‘onalar va uyumlardagi deformatsiyalarni asbob bilan kuzatish;
g) bortlar, pog‘onalar va uyumlarni qulatishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalar namoyon bo‘ladigan hudud va uchastkalarni aniqlash, ularning miqyosini va karyer ishiga mumkin bo‘lgan ta’sirini baholash hamda ulardan xavfi kattasining asbob bilan kuzatilishini tashkil etish;
d) bo‘lib o‘tgan deformatsiyalar o‘rganish, ularning tavsifi, xavfi darajasini, paydo bo‘lish sabablari aniqlash va ularni hujjatlashtirish;
ye) sun’iy mustahkamlash yoki bo‘shashgan hudud va uchastkalarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish;
j) deformatsiyalar rivojining oldini oluvchi tadbirlarni bajarish;
z) deformatsiyalarga qarshi inshootlar holati yuzasidan tizimiy nazorat;
i) karyer bortlari, pog‘onalari va uyumlarining loyihaviy ko‘rsatkichlariga roiya etish yuzasidan nazorat;
k) bortlar, pog‘onalar va uyumlarning loyihaviy ko‘rsatkichlarini to‘g‘irlash;
l) asoslanish va texnik-iqtisodiy hisob kitoblar asosida amalga oshirilishi kerak.
Har bir karyerda bajariladigan ushbu ishlarning hajmi qaziladigan konning geologik va gidrogeologik sharoitlari, xizmat muddati, qazish chuqurligi va ishlatiladigan jihozlarga hisobga olgan holda karyer bosh muhandisi tomonidan aniqlanadi va «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi mahalliy organlari bilan kelishilgandan keyin korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi, ularni bajarish esa zarur hollarda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar mutaxassislarini jalb etish bilan karyerning geologiya-marksheyderlik xizmatiga yuklatiladi.
Murakkab muhandislik-geologik va kon-texnik sharoitlarga ega karyerlarda xavfli vaziyatlar bashorat qilish va deformatsiyalarni kuzatish bo‘yicha mutaxassislar guruhi tashkil etilishi mumkin.
Bunday guruhning maqsadga muvofiqligi karyer loyihasida belgilanishi kerak. Ushbu ishlarni bajarish ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirilishi mumkin.
Karyerlardagi qiyaliklar holatini ko‘z bilan ko‘rikdan o‘tkazish kami bilan har oyda bir marta xavfli vaziyatlarni bashorat qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan guruh xodimlari yoki geologiya-marksheyderlik xizmati tomonidan bajarilishi kerak.
Qiyaliklar holatini ko‘z bilan ko‘rikdan o‘tkazish natijalari maxsus jurnalga yozilishi kerak.
Bortlar va uyumlardagi deformatsiyalarni asbob bilan marksheyderlik kuzatuvlar «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomaga muvofiq ravishda olib borilishi kerak.
Marksheyderlik kuzatuvlar karyer (korxona) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan maxsus loyiha bo‘yicha bajarilishi kerak. Loyiha tarkibida tushuntirish xati, kuzatuv stansiyasining plani, shuningdek tegishli geologik xarita va kesimlar bo‘lishi kerak.
Marksheyderlik kuzatuv loyiha tushuntirish xati tarkibida quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) texnik vazifa;
b) kuzatiladigan uchastkalar haqidagi umumiy ma’lumotlar (kon- geologik, tuzilish va ob-havo sharoitlari, mumkin bo‘lgan deformatsiyalar turi, konchilik ishlarini amaliy va rejaviy rivojlantirish);
v) kuzatuvlarning prinsipial sxemasi;
g) tayanch va ishchi punktlar (reperlar) konstruksiyasi va stansiyani joylashtirish uchun zarur bo‘lgan materiallar sarfining hisob kitobi;
d) kuzatuvlarni zaruriy aniqligi va davriyligini hisoblash yoki asoslash;
ye) o‘lchash uslublari va vositalari;
j) kuzatuv natijalarini ishlash va izohlash usulllari yuzasidan tavsiyalar;
z) kuzatuvlarning taqvimiy rejasi;
i) ijrochilarning tarkibi;
k) zaruriy materiallar, jihoz va asboblarning ro‘yxati.
Kuzatuv stansiyasining planida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
a) loyiha tuzilayotgan paytidagi konchilik ishlarining holati;
b) konchilik ishlarini yanada rivojlantirish loyihasi;
v) uyum yaqini va karyer bortida turgan inshootlar;
g) joyning tuzilish (relyefi);
d) tayanch va ishchi reperlarning joylashuvi.
Kuzatuv stansiyasi joylashtiriladigan joy loyihada ko‘zda tutilishi yoki geologiya-marksheyderlik xizmati tomonidan belgilanishi kerak.
Kuzatuv stansiyasi joylashtiriladigan joy, kuzatuvlar borishining davriyligi va davomiyligi loyihada aytilgan vazifalarga bog‘liq ravishda belgilanadi va konning kon-geologik sharoitlarini aniqlash, karyer va uyumlar ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish, bortlar va uyumlarga oid kuzatuvlar natijalarini yig‘ish hamda deformatsiya jarayonlarini rivojiga qarab to‘g‘irlanishi kerak.
Geologik xarita va kesimlar karyer maydoni uchastkasining geologik, kon-geologik va gidrogeologik xususiyatlari to‘g‘risdagi har bir ma’lumotni, shuningdek tog‘ jinslarining fizikaviy-mexanik xossalarini (jinslar farqining litologik chegaralari, jinsning yoriqlik darajasi va tabiati, dizyunktiv buzilishlar hamda yo‘nalishi va qulash burchagi ko‘rsatilgan tektonik yoriqlar, jinslarni, tiziladigan bortlarni ko‘chishga qarshiligining tavsiflari, shu jumladan bo‘shashish yuzalari bo‘yicha ham) o‘zida jamlash kerak .
Ko‘ndalang kesimlar karyer borti yoki uyumni tegishli uchastkasining cho‘zilishi yo‘nalishiga tik bo‘lgan yo‘nalishga qaratilishi kerak.Gorizontlar bo‘yicha xarita va kesimlarni tuzish uchun korxonada mavjud bo‘lgan geologiya-marksheyderlik hujjatlaridan asos sifatida foydalanish zarur. Kuzatuv stansiyasi joylashtiriladigan joy, kuzatuvlar borishining davriyligi loyihada aytilgan vazifalarga bog‘liq ravishda belgilanadi va konning kon-geologik sharoitlarini aniqlash, karyer va uyumlar ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish, bortlar va uyumlarga oid kuzatuvlar natijalarini yig‘ish hamda deformatsiya jarayonlarini rivojiga qarab to‘g‘irlanishi kerak. Karyerlardagi qiyaliklar mustahkamligining har bir buzilishi yuzasidan pasport tuzilishi kerak.
Bortlar, pog‘onalar va uyumlarni kuzatish bo‘yicha to‘plangan manbani, keyinchalik deformatsiyalarni bashorat qilish va deformatsiyalarga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida, yig‘ma hisobotga muntazam (kamida yilda bir marta) rasmiylashtirish kerak. Kon massalarini kavlashga tayyorlashni burg‘ilash-portlatish usulini qo‘llash bilan bajariladigan konchilik ishlarini bajarishda, portlatish ishlarining portlash ta’siri karyer bortlari kiyaliklari deformatsiyasi bo‘yicha kuzatuvlarni o‘tkazish lozim. Kuzatuvlar natijalarini qoldiq deformatsiya chegaralarini aniqlash uchun foydalanilishi kerak, qaysiki ularni chegaralarida loyihaviy chegaraviy konturga bort yaqinlashganda massiv deformatsiyasiga portlash ta’sirini kamaytirishga ko‘maklashuvchi burg‘ilash-portlatish ishlarining maxsus texnologiyalarini (mikro sekinlashtirilgan portlatishlar, haydab chiqaruvchi qiya qudiqlarni) qo‘llash lozim. Jinslarni qulashi yoki yiqilishi mumkin bo‘lgan yer osti inshootlari (karstlar) ta’sir etuvchi hududda konchilik ishlarini bajarishda ishlar xavfsizligini ta’minlovchi qo‘shimcha choralar (ilg‘or qidiruv burg‘ulash, portlatish paytida konchilik mashinalarini qazish joyidan olib ketish) ko‘rilishi kerak.
Karyer bortlari, pog‘onalar va uyumlar, shuningdek yer osti inshootlari (karstlar) tepasidagi jinsni qo‘chish belgilari namoyon bo‘lganda, kon-transporti jihozini xavfsiz joyga olib ketish kerak, konchilik ishlarini esa, xavfsizlikni qo‘shimcha choralarini o‘z ichiga olgan ishlarni tashkil etish loyihasi karyer (korxona) texnik rahbari tomonidan tasdiqlanganidan keyin, davom ettirish mumkin.
Konchilik ishlarini to‘xtatish lahzasini (vaqtini) belgilaydigan karyer bortlari va uyumlar kritik deformatsiyasining miqdori, jinsning yuzaga yaqin qatlami parchalanganda jinsning sirpanayotgan bo‘laklaridan odamlar va kon jihozining jarohatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan, shuningdek kon-transporti vositalari uchun xavfli vaziyatni keltirib chiqarmaydigan qilib chegaralanishi kerak.
Jinslari ko‘chki hosil qilishga moyil bo‘lgan konlarni qazish loyihasida ko‘chki paydo bo‘lganda ishlar xavfsizligini ta’minlaydigan choralar ko‘zda tutilishi lozim.
Agar konchilik ishlarini bajarish jarayonida jinslarni ko‘chki hosil qilishga moyilligi aniqlansa, unda loyihaga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi, karyerda esa uning bilan ko‘zda tutilgan xavfsizlik choralari amalga oshirilishi kerak.
Konni bir vaqtda yer osti va ochiq usullar bilan qazishda, shuningdek karyerlarning yer osti inshootlarini o‘tkazish va ishlatishda ochiq va yer osti konchilik ishida ishlayotganlar xavfsizligini ta’minlaydigan, Sanoatgeokontexnazorat davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan tadbirlar (konchilik va portlatish ishlarini olib borish rejalari va jadvallarini kelishish; portlatish ishlari paytida odamlarni yerosti inshootlaridan yer yuziga chiqarish; konlarni havo haydash sxemasi bilan shamollatish; karyerda yoppasiga portlatish ishlari bajarilganidan keyin yer ostida kovlangan joylardagi atmosfera holatini harbiylashtirilgan kon qutqarish qism (keyingi matinda - HKQQ) xodimlari tomonidan tekshirish; kovlangan joylarga karyerdan suv yorib o‘tish xavfining oldini olish; ustalar, brigadirlarni (zveno boshliqlari) portlashni atmosferadagi zaharli mahsulotlari va shu kabilarni miqdorini nazorat qilish vositasi bilan ta’minlanishi) amalga oshirilishi kerak.
Belgilangan tadbirlarni bajarish yuzasidan nazoratni korxona, karyer va yer osti koni texnik rahbarlari va texnik nazorat xizmatlari amalga oshirishlari kerak.
Konning ishlangan joyi, shuningdek karyerdagi o‘pirilishlarni toshqin va yer usti suvlari, loyqa oqimlari oqib tushishidan to‘sish kerak. Bunday holatlarda konchilik ishlari xavfsizligini ta’minlaydigan tadbirlar har yili korxona (karyer) bosh muhandisi tomonidan ishlab chiqilishi kerak.
Ko‘chki va sel xavfi bo‘lgan joylarda ishlarni olib borishda karyerlarni qor ko‘chkilari va sel oqimlaridan himoya qilishga oid choralarni amalga oshirish majburiydir.Ko‘chki va seldan himoyalanish tadbirlari rejasi mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi va korxona (karyer) bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi. Avvaldan kovlangan suv bosgan va boshqa suv to‘planadigan joylar yaqinidagi konchilik ishlari korxona texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan saqlagich seliklarini qoldirishni ko‘zda tutadigan va ishlarini xavfsiz bajarishni belgilaydigan ishlarni tashkil etish loyihasi bo‘yicha bajarilishi kerak.Karyerning bosh marksheyderi (marksheyderi) konchilik ishlarining saqlagich seliklariga yaqinlashishidan bir oy oldin korxona (karyer) bosh muhandisini bu haqida yozma ravishda ogohlantirishi kerak. Har bir foydalanilayotgan, qayta qurilayotgan va qurilayotgan karyerlar, dragalar, zemsnaryadlar (korxonalar, tashkilotlar) uchun, shu jumladan ochiq konchilik ishlarini olib borayotgan foydali qazilmalarni boyitish korxonalariga ham belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan avariyada qolgan odamlarni qutqarish, avariyalarni bartaraf etish va uni rivojini oldini olish rejalari mazkur Qoidalarning 4 va 5- ilovalariga binoan o‘rnatilgan tartibda tuzilishi kerak. Avariyalarni bartaraf etish rejalari bilan tanish bo‘lmagan va ularni ish joylariga tegishli bo‘lgan qismlarini hamda oldini olish yo‘lini bilmagan shaxslarni ishlashiga ruxsat etilmaydi. Avariyalarni bartaraf etish rejalarini o‘rganish texnik nazorat tomonidan karyer (korxona, tashkilot) bosh muhandisi rahbarligida reja amalga kiritilishdan oldin bajariladi, bunda muhandis-texnik xodimlar «Avariyalarni bartaraf etishda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslarning majburiyatlari». Avariya sodir bo‘lganda o‘zini tutish qoidalari bilan ishchilarni tanishtirish uchastka boshlig‘i tomonidan, ular karyerga (korxona, tashkilotga) ishga kirayotgan paytda va keyinchalik har yili avariyalarni bartaraf etish rejasi amalga kiritilishdan oldin, shuningdek ularni ish joylariga tegishli bo‘lgan qismlari tuzatilganda bajariladi. Avariya sodir bo‘lganda o‘zini tutish qoidalari bilan tanishtirish maxsus jurnalda qayd etilishi kerak.
Barcha foydalanilayotgan, qayta qurilayotgan va qurilayotgan karyerlar, dragalar, zemsnaryadlar (korxonalar, tashkilotlar) uchun, shu jumladan ochiq konchilik ishlarini olib borayotgan foydali qazilmalarni boyitish korxonalariga ham ixtisoslashtirilgan yuqori malakali avariya-qutqaruv tuzilmalari (kon-qutqaruv va shu kabilar) tomonidan xizmat ko‘rsatilishi kerak, qonun bilan ko‘zda tutilgan hollarda esa, o‘zini avariya-qutqaruv xizmatini yoki xodimlaridan shtatda bo‘lmagan avariya-qutqaruv tuzilmalari tuzish kerak
Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib oluvchi korxonalar (tashkilotlar) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya bo‘lgan taqdirda boshqa shaxslarni hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mulkiga hamda atrof-muhitga yetkazilgan zarar yuzasidan mas’uliyatni qonun bilan belgilangan tartibda sug‘urtalashga majbur.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin