4.3. Kon jinslarini tashish ishlarini xisoblash Avtomobil transportini hisoblash Qazib olingan kon massasini tashish uchun yuk ko‘tarish qobiliyati 130 t bo‘lgan BelAZ-75131 markali avtoag‘dargichlarni foydalaniladi. Avtoag‘dargichlar kon massassini 3 km masofaga qayta yuklash punktigacha tashish uchun xizmat qiladi.Bundan tashqari Ochuvchi karyerida nisbotan yumshoq bo‘lgan qoplovchi tog‘ jinslarini yuk ko‘tarish qobiliyati 220 t bo‘lgan avtosamasvallar yordamida tashish masofasi 2 km bo‘lgan 3-sonli otvalga tashish ishlari xam amalga oshiriladi. Quyida yuk ko‘tarish qobiliyati 130 t bo‘lgan avtoag‘dargichlarni sonini qayta yuklash puntigacha kon massasini tashishdagi jarayon bo‘yicha aniqlaymiz.
Buning uchun avvalo, bitta ekskavator kompleksida ishlaydigan avtoag‘dargichlar sonini aniqlashimiz kerak bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatgich quyidagicha aniqlanadi:
Bu yerda: Tr – bitta reys davomiyligi, min;
tp – avtoag‘dargichni yuklash vaqti davomiyligi, min;
tp -ning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Bunda: Va– avtoag‘dargich kuzovining sig‘imi bo‘lib, BelAZ-75131 avtoag‘dargichi uchun 59 m3 ga teng;
kver =1.1÷1.15 – avtoag‘dargichning yuklanish darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent, kver =1.1 deb olamiz;
kn – ekskavator cho‘michining kon jinsi bilan to‘lishini hisobga oluvchi koeffitsiyent bo‘lib, uning qiymatini kn = 0.85 deb olamiz;
E – ekskavator cho‘michi sig‘imi bo‘lib, EKG-10 ekskavatori uchun E=10 m3,
u holda avtoag‘dargichni yuklash vaqti davomiyligi quiydagiga teng bo‘ladi:
Avtoag‘dargich bitta reys davomiyligi quyidagicha aniqlanadi:
Tr = tp+tdv+traz+tm, min
Bu yerda: tdv – avtoag‘dargichning harakatlanish vaqti davomiyligi bo‘lib, uning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
td.v = Tgr + Tpar = 60 ( ) bunda, Tgr , Tpor– mos xolda avtoag‘dargichning yuk bilan va yuksiz
harakatlanish vaqti davomiyligi, min.
ligr, lipor – mos holda avtoag‘dargichning yuk bilan va yuksiz harakatlanadigan yo‘ldagi uchastkalar uzunligi, km.
υigr, υipor– mos holda avtoag‘dargichning yuk bilan va yuksiz xarakatlanish tezligi, km/soat.
Agar, ligr = lipor =3 km deb olsak, mos holda avtoag‘dargichning yuk bilan harakatlanish tezligi υ1=15 km/soat va yuksiz harakatlanish tezligi υ1=25 km/soat
Bundan,
td.v =60∙( traz – avtoag‘dargich kon massasini ag‘darish vaqti davomiyligi bo‘lib,uning qiymati avtoag‘dargich yuk ko‘tara olishi qobiliyatiga bog‘liq xolda aniklanadi. BelAZ -75131 avtosamasvali uchun traz= 70 sek yoki 1,1 min deb olamiz.
tm – avtoag‘dargichning bitta reys davomida manevrlari (burilishi) uchun sarflanadigan vaqt bo‘lib, uning qiymati avtoag‘dargich harakatlanish sxemasiga bog‘liq holda aniqlanadi. Avtoag‘dargichlar yo‘lning boshi berk sxema bo‘yicha harakatlanganda 50-60 s deb olinadi.
Biz tm=60 s yoki tm=1 min deb olamiz.
U holda avtoag‘dargichning bitta reys davomiyligi quyidagiga teng bo‘ladi:
Tr =6.2+9.6+1.1+1=17.9 min
Endi bitta ekskavator kompleksida ishlaydigan avtoag‘dargichlar sonini aniqlaymiz:
Endi foydali qazilmani qayta yuklash puktigacha avtoag‘dargich bilan tashish parametrlarini xisoblaymiz.
Avtoag‘dargichni yuklash vaqti davomiyligi quiydagiga teng bo‘ladi:
. Agar, ligr = lipor=23 km deb olsak, mos holda avtoag‘dargichning yuk bilan harakatlanish tezligi υ1=15 km/soatva yuksiz harakatlanish tezligi υ1=25 km/soatsababi barcha yo‘llar kareri ichida joylashgan .
td.v =60∙( traz – avtoag‘dargich kon massasini ag‘darish vaqti davomiyligi bo‘lib,uning qiymati avtoag‘dargich yuk ko‘tara olishi qobiliyatiga bog‘liq xolda aniklanadi. BelAZ -7513 avtosamasvali uchun traz= 70 sek yoki 1,1 min deb olamiz.
tm – avtoag‘dargichning bitta reys davomida manevrlari (burilishi) uchun sarflanadigan vaqt bo‘lib, uning qiymati avtoag‘dargich harakatlanish sxemasiga bog‘liq holda aniqlanadi. Avtoag‘dargichlar yo‘lning boshi berk sxema bo‘yicha harakatlanganda 50-60 s deb olinadi.
Biz tm=60 s yoki tm=1 min deb olamiz.
U holda avtoag‘dargichning bitta reys davomiyligi quyidagiga teng bo‘ladi:
Tr =6.2+19.2+1.1+1=27.5 min
Endi bitta ekskavator kompleksida ishlaydigan avtoag‘dargichlar sonini aniqlaymiz:
Demak 1ta ekskavatorning belgilangan unumdorligini taminlash uchun 5 ta Bel AZ-75131 avtosamosvali kerak bo‘ladi.