Bitiruv malakaviy ishining


Yuk ortish punktidagi ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə21/26
tarix08.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109545
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bitiruv malakaviy ishining

Yuk ortish punktidagi ishlarni amalga oshirishda xavfsizlik qoidalari
Yuk ortish punktini joylashishi, shuningdek uni hosil qilish va ishlatish tartibi sektorlarning zaruriy soni va o‘lchamlari, transport harakati sxemalari, odamlar o‘tadigan yo‘llar, nurli va tovushli signalizatsiyani nazarda tutadigan loyiha (konchilik ishi rejasi) bilan aniqlanadi.
Oraliq bo‘g‘in sifatida ekskavatordan (frontal yuklagichlardan) foydalaniladigan yuk ortish punktlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) yarus balandligi cho‘mich yuqori nuqtasidan oshmasligi lozim;
b) yuk to‘kish maydonchasi, jihozni va odamlarni ishlashi mazkur Qoidalarning 185 – 191 - bandi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Yuk ortish punktidagi ish belgilar va plakatlar bilan boshqarilishi, hamda ish yuritish pasportiga muvofiq bajarilishi kerak.
Konsol uyumlagich bilan hosil qilingan omborlardan maydalangan kon massalarini yuklab jo‘natishda, zaboyni balandligi kon massasining fraksiya tarkibi, fizik-mexanik xossalari va qazib chiqarish-yuklash jihozini texnik tavsiflarini hisobga olgan holda pasportga binoan aniqlanadi. Bunda zaboyda jinslar osilib turishiga qarshi choralar amalaga oshirilishi kerak.
Ekskavator bilan qazilgan yarus yonidagi qulash prizmasi yoki yarus qiyaligiga avtoag‘dargichni to‘kish taqiqlanadi. Bu holatda barqaror qiyalik hosil qilish buldozer, ekskavator va frontal yuklagichlar bilan yarusning yuqori maydonidan bajarilishi kerak.
Bir yarusda ekskavator bilan bir vaktda buldozer yoki avtoag‘dargichlarning ishlashi taqiqlanadi.
Lokomotiv mashinisti temir yo‘l tarkibiga yuk ortishda ekskavator mashinisti signaliga bo‘ysunishi kerak.
Yuk ortish (tushirish) joyida temir yo‘llarni tozalash paytida yuk ortish punktiga tarkibni uzatish to‘xtatilishi kerak.
Yuk tushirish maydonchasi estakadasiga kontakt tarmog‘ini o‘rnatish taqiqlanadi.
Qabul qilish bunkerlariga transport vositalarini to‘kish bilan kon massasini tashishga tayyorlaydigan qurilmalar (maydalagich, groxot va shu kabilar) va meyorlovchi qurilmalar (ta’minlagich, shiber va shu kabilar) xavfsizlik qoidalariga muvofiq bo‘lishi va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) bunkerlarning foydalanilmaydigan tomonlaridagi teshiklar, yuk tushirish maydonchasini odamlar pog‘onadan yiqilishi mumkin bo‘lgan joylar, to‘siqlar yoki jinslar tepachalari bilan to‘silishi kerak;
b) temir yo‘l transporti bo‘lsa yuk tushirish maydonchalari xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ogohlantiruvchi tovush signali bilan jihozlanishi va temir yo‘l tarkibi kelishidan 1,5-2 daqiqa oldin ulanishi kerak;
v) avtomobil transporti bo‘lsa qabul qilish bunkerlarini ishchi tomonidan avtoag‘dargich bunkerga tushmasligi uchun tirgak, yuk tushirish maydonchasiga esa avtoag‘dargich yuk to‘kishga kirishi uchun ruxsat etadigan yoki taqiqlaydigan svetofor o‘rnatilishi kerak.
Bunkerga boradigan joyni buldozer bilan tozalash paytida yuk tushirish maydonchasiga avtoag‘dargichlarni kirishi taqiqlanadi. Ta’mirlash ishlari bajarilayotganda yuk ortish punktidagi qabul qilish bunkeriga avtoag‘dargichlarni yuk tushirishlarini to‘xtatish kerak, buni uchun kirish joyini bekitish, kuzatuvchi qo‘yish va shu kabilarni bajarish lozim. Maydalagichga tiqilib qolgan kon massasi bo‘lagi maxsus mexanizm bilan olinishi, butoboy yoki portaltish usulida parchalanishi kerak. Ularni qo‘l bilan olib tashlash taqiqlanadi. Qulagan kon massasi tagida qolgan maydalagichni ochib olish va uni ishga tushirish korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yo‘riqnomalarga binoan bajarilishi kerak.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin