Bitiruv malakaviy ishining



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə23/26
tarix08.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109545
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bitiruv malakaviy ishining

Kon havosi – bu kon lahimlarini to‘ldirib turuvchi gaz va bug‘larning aralashmasidir.
Kon lahimlarida havoning miqdori, temperaturasi va harakatlanish tezligi.
Kon lahimlarida havoning miqdori, temperaturasi va harakatlanish tezligi ishlovchilarning havfsiz va normal mehnat faoliyatini taminlab berishi kerak.
Havo miqdori smenada bir vaqtda ishlaydigan eng ko‘p odamlar sonini hisobida va har bir odam uchun kamida 6 m³/minut bo‘lishi kerak.
Ichida odamlar bo‘lgan yoki odamlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan kon lahimlari havosining tarkibidagi kislorod miqdori kamida 20 foiz (hajm bo‘yicha) ni tashkil etishi kerak. Kon havosi tarkibidagi karbonat angidrid gazining miqdori ish joylarida 0,5 foizdan, shaxtaning umumiy chiqish oqimiga ega kon lahimlarida 0,75 foizdan va kon lahimlarini kavlash va tiklashda 1 foizdan oshmasligi kerak. Yer osti kon lahimlarida metan va vodorod yonuvchi gazlarning umumiy miqdori hajmi bo‘yicha 0,5 foizdan oshmasligi kerak.
Ishlab turgan yer osti kon lahimlarida havoning tarkibidagi zaharli gazlar (bug‘lar) miqdori quyida keltirilgan yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy miqdordan oshmasligi kerak (hajm bo‘yicha foizda):
uglerod oksidi - 0,0017 ( yoki 20 mg/m3)
azot oksidi - 0,00026 (yoki 5 mg/m3)
oltingugurtli gaz - 0,00038 (yoki 10 mg/m3)
serovodorod - 0,00071 (yoki 10 mg/m3)
krolein - 0,000009 (yoki 0,2 mg/m3)
formaldegid - 0,00004 (yoki 0,5 mg/m3).
Shuningdek, tozalash va tayyorlash ishlari olib borilayotgan ish joylarida kremniy miqdori 2 mg/m3dan oshmasligi kerak. Gazlardan zaharlanganda odam miyasida kislorod yetishmasligi sodir bo‘ladi.
Uglerod oksidi SO2 – oddiy muhitda u rangsiz, yengil achchiqroq hidga va ta’mga ega gaz, uglerodning kislorod bilan birikmasi. Uglerod oksidi (yonish mahsuli) kon lahimlaridagi yong‘inlardan, portlatish moddasining va neft yoqilg‘i mahsulotlarining yonishi, ko‘mir changi, metan, uglerodli gazlarning portlashidan paydo bo‘ladi.Ushbu gaz bilan yengil zaharlanish odamning umumiy holsizlanishi, ko‘z qovoqlarining uchishi, quloqlarning shang‘illashi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish va yurak urishining tezlashishida; kuchli zaharlanish esa – qon tomirlarining urishi sezilishi va harakatsizlanishda va halokatli zaharlanish esa – hushidan ketish va tomirlar tortishishida namoyon bo‘ladi.
Azot oksidi – azotning kislorod bilan birikmasi. Portlatish moddasi yongan mahal birinchi azot oksidi ajralib chiqadi, havoda kislorod bilan azot dioksidini hosil qiladi, u o‘z navbatida suv bvg‘larida erib, juda ham zaharli qizg‘ish-qo‘ng‘ir azot kislotasi bug‘larini paydo qiladi. 0,01-0,015% miqdorida og‘ir formadagi o‘pka oqishi kuzatiladi, 0,023-0,039% miqdorida 10-20 minutdan keyin o‘lim kuzatiladi, 0,078% da – hlim qo‘qqisdan sodir bo‘ladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin