Bitiruv malakaviy ishining


Qazish- yuklash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə20/26
tarix08.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109545
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bitiruv malakaviy ishining

Qazish- yuklash ishlarini olib borishda xavfsizlik qoidalari
Qazib chiqarish-yuklash ishlarida pog‘ona balandligi kon jinslari yotishining kon-texnik sharoitlari va fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda loyiha, qabul qilingan ish tashkiloti bilan aniqlanadi va qo‘llaniladigan qazib chiqarish-yuklash jihoziga muvofiq bo‘lishi kerak.
Qaziladigan pog‘onaning balandligi jihozni xavfsiz ishlash sharoitlari bo‘yicha aniqlanadi va quyidagilardan:
a) portlatish ishlari qo‘llamaganda mexanik kurak turidagi bir cho‘michli ekskavator va frontal yuklagichlar bilan qazishda- ekskavator yoki yuklagich cho‘michining yuqori nuqtasidan, portlatish ishlarini qo‘llanilganda esa cho‘michning bir yarim yuqori nuqtasidan;
b) draglayn, ko‘p cho‘michli va rotorli ekskavatorlar bilan qazishda- ekskavator cho‘michining o‘yish chuqurligi yoki yuqori nuqtasidan;
v) gidromonitor bilan yuvishda- 30 metrdan;
g) bo‘sh va sochiluvchan jinslarni qazishda- 3 metrdan, yumshoq, ammo barqaror va qattiq monolitlarni qazishda 6 metrdan oshmasligi kerak.
Agar pog‘ona balandligi yuqorida aytilgan miqdorlardan ortiq bo‘lsa, ularni jihoz parametrlariga moslashtirish (pog‘onani qatlamlarga bo‘lish, buldozer bilan pog‘onalarni pasaytirish va shu kabi) choralari ko‘rilishi kerak. Bunda ayrim qatlamlarning balandligi yuqorida aytilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ayrim hollarda to‘g‘ri mexanik kurak turidagi bir cho‘michli ekskavator bilan ko‘mir qatlamlarini ishlashda va «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi maxalliy organlari ruxsati bilan 65 gradus burchak ostida portlatish quduqlarini burg‘ulashda pog‘ona balandligi 40 metrgacha bo‘lishi mumkin.
Portlatish ishlarini qo‘llash bilan jinslarni qazib olishda va pog‘ona (qatlam) balandligi ekskavator cho‘michining yuqori nuqtasidan ortiq bo‘lganda, bo‘rtik va osilib qolgan jinslarni o‘z-o‘zidan qulashining oldini oluvchi choralarni qo‘llash kerak.
Teskari mexanik kurak turidagi bir cho‘michli ekskavator bilan kon massivlarini ishlashda, ishlanayotgan jinslar qatlamining qalinligi, uni texnik tavsifi bilan belgilangan kavlash chuqurligidan oshmasligi kerak.
Ishchi pog‘onaning qiyalik burchaklari:
a) mexanik kurak turidagi bir cho‘michli ekskavator, draglayn, ko‘p cho‘michli va rotorli ekskavatorlar bilan ishlashda- 80 gradusdan;
b) quyilatib o‘yuvchi ko‘p cho‘michli zanjirli ekskavator bilan ishlashda- shu jinslarning tabiiy qiyalik burchagidan;
v) bo‘sh va sochiluvchan jinslarni qo‘l bilan qazishda - shu jinslarning tabiiy qiyalik burchagidan, agar bardoshli bo‘lsa- 50 gradusdan, toshloq bo‘lsa - 80 gradusdan oshmasligi kerak.
Texnogen tusidagi konlarga ishlov berishda ishchi pog‘onaning balandligi va qiyalik burchaklari loyiha bilan belgilanadi, ammo har qanday sharoitda ham mazkur Qoidalarning 154 va 155-bandi talablariga javob berishi kerak.
Konchilik va transport jihozlari, transport kommunikatsiyalari, elektr ta’minoti va aloqa liniyalari qulash prizmasidan tashqari rejalashtirilgan maydonchaga joylashtirilishi kerak.
Pog‘ona ishchi maydonchasining eni vazifasi ko‘ra va texnologik loyihalash meyorlariga muvofiq ravishda hisob-kitob bilan aniqlanadi. Pog‘onaning quyi chetidan (qulagan kon massasidan) temir yo‘l o‘qigacha bo‘lgan masofa kamida 2,5 m bo‘lishi kerak. Transportsiz sxema bilan qazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ochish ishlarida foydali qazilma pog‘onasi va jins uyumi quyi chetlari orasidagi masofa konchilik ishlari loyihasi va pasport bilan belgilanadi. Temir yo‘l yoki konveyerlar mavjud bo‘lganda uyumni quyi chetidan temir yo‘l o‘qigacha yoki konveyer o‘qigacha bo‘lgan masofa kamida 4 m bo‘lishi kerak.
Yuqorida turib yuklash bilan pog‘onalarni ishlashda pog‘ona chetidan temir yo‘l o‘qigacha yoki avtoyo‘l o‘qigacha bo‘lgan masofa loyiha bilan belgilanadi va kamida 2,5 m bo‘lishi kerak. Bunda ekskavator mashinisti kabinasidan yuklanayotgan transport vositasining ko‘rinib turishini ta’minlash lozim.
Gorizontal bo‘yicha ish joylari yoki vertikal bo‘yicha ikkita yondosh pog‘onalarga joylashagan mexanizmlar orasidagi masofa kami bilan:
a) qo‘l bilan qazishda 10 m;
b) yuklagich va buldozer bilan qazishda 5 m;
v) ekskavator bilan qazishda o‘yishni eng katta radiusini bir yarimiga teng
miqdorida (gorizontal va vertikal bo‘yicha orasidagi masofa loyiha bilan belgilanadigan, ishda o‘zaro bog‘liq mexanizlardan foydalanish holati bundan mustasno) bo‘lishi kerak. Avariya vaziyati (pog‘onani qulash xavfi, portlovchi moddalarning yonmagan zaryadlarini topilishi va shu kabilar) yuzaga kelganda ekskavatorni zaboydan chiqarish uchun erkin o‘tidigan joy har doim bo‘lishi zarur.
Temir yo‘l dumpkarlari yoki boshqa sig‘imlarga draglayn turidagi ekskavator bilan yuklash uchun, karyer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan ishni xavfsiz usullari bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilganda va quvvat tarmog‘ini kontakt simiga tegishidan cho‘mich himoyalangan bo‘lsagina ruxsat etiladi. Ekskavatorni aytilgan himoya bilan jihozlash «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi organlari bilan kelishilgan holda bajarilishi kerak. Transportsiz sxemasi bo‘yicha ekskavator yoki boshqa turdagi yer qazish mashinalari bilan jamlangan draglaynni ishlatishda, ular orasidagi masofa draglayn cho‘michi tashlanadigan masofani hisobga olgan holda, ularni eng katta harakat radiuslari yig‘indisidan kam bo‘lmasligi kerak.Bu shartga rioya etilmaganda ishni karyer bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan va tarkibida xavfsizlikni qo‘shimcha choralari bo‘lagan pasport bo‘yicha amalga oshirishga ruxsat etiladi. Kon massasini transport vositalariga yuklash, ularni texnik pasportlariga muvofiq ravishda bajarilishi kerak. Qazib chiqarish-yuklash ishlari jarayonida portlovchi moddalarning yonmagan zaryadlari topilsa, ishlar to‘xtatilishi va bu haqida ishlar rahbariga xabar berilishi kerak. Qazib chiqarish-yuklash ishlari jarayonida doimo pog‘onani bo‘rtik va osilib qolgan jinslardan qirib tozalash kerak. Pog‘onani qirib tozalash mexanizatsiyalashagan usul bilan bajarilishi zarur.Qo‘l bilan qirib tozalash faqat usta yoki brigada boshlig‘ining bevosita nazorati ostida bajariladi.
Qirib tozalash ishlari bilan band bo‘lmagan xodimlar xavfsiz joyga ketkazilishlari kerak. Pog‘onalarni qo‘l bilan qazishda zarb bilan usulini qo‘llamasdan va ishlar faqat tepadan pastga qaratilib olib borilishi kerak. Burchagi 35 gradusdan ortiq bo‘lgan pog‘ona qiyaligida ishlashda ish ijrochilari ishonchli tayanchga bog‘langan mahkamlash arqoni bilan saqlagich kamardan foydalanishlari kerak.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin