40
Bitiruv
malakaviy
ish
A4
formatdagi
qog`ozning
bir
tomoniga
rasmiylashtirilishi shart. Jadval va ko’rgazmali materiallar
A3 formatdagi qog`ozda
taqdim etishga ijozat etiladi. Bitiruv malakaviy ish
A4 shaklidagi qog`ozning chap
tomonidan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm, yuqori va pastdan 2 sm dan kam bo’lmagan
hoshiya qoldirilgan holda yozilishi talab etiladi.
Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa betlarga o’tkazish man etiladi.
Yangi fikr ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar matnda chet tilida
keltirilgan so’zlar, qo’shimchalar bo’lsa, ular asliga to’g`ri holda to’laligicha
yozilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishda raqamli materiallar jadval shaklida berilishi
maqsadga muvofiqdir. Mazmun jihatdan ular analitik va ish jadvallariga bo’linadi.
Analitik jadvallar o’rganilayotgan muammoni yoritib
beruvchi umumiy xulosalar
va sharxlarni talab etadi.
Bitiruv malakaviy ishda analitik materiallarning ko’p bo’lishi ma`lum
darajada talabaning o’zi tadqiq qilayotgan muammoni tushunish darajasini
ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharhlab berish,
statistik ko’rsatkichlar tizimini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq.
Qaysi manbadan olinganligini ko’rsatmay turib,
matbuotda chop etilgan
jadvallardan foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan
hollarda jadvalning nomi albatta qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning
davomi» deb yozib qo’yilishi kerak.
Bitiruv malakaviy ishning har bir bobi yangi betdan yoziladi. Bobning nomi
yoki sarlavhalari asosiy matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak.
Bobning nomidan keyin paragraf nomi yoziladi. Bitiruv malakaviy ishda
betlarning tartib raqami varaqning quyi markaziy qismiga qo’yiladi.
Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi
(4-ilova) va quyidagi talablarga javob berishi kerak:
malakaviy ish nomi 16 shriftda;
muallifning ismi, familiyasi va sharifi 14 shriftda;
malakasi 14 shriftda;
41
kafedraning nomlanishi 12 shriftda;
ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi.
Izoh:
tadqiqot mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi,
malakaviy ish hamda so’z boshi katta harflarda teriladi.
Tugallangan bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni
avval, kafedradagi dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq
himoyaga tavsiya etadigan
taqriz beriladi (9-ilova ).
Biror fikr yoki ta`riflarni keltirganda yoki ularni qiyosiy taqqoslaganda ular
o’z asliga to’g`ri xolda, hech qanday qo’shimchalarsiz qo’shtirnoq ichida «........»
keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi,
nashr joyi,
nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Bitiruv malakaviy ishning sarvarag`ida ishning himoya kilishga ijozat
berilishini tasdiqlovchi kafedra mudirining imzosi, shuningdek, ishning attestatsiya
komissiya oldida himoya qilishga tayyorgarligini tasdiqlovchi ilmiy rahbar va
ilmiy maslahatchining imzosi qo’yiladi.
Bob va bo’limlarning sarlavhasi bo’lishi lozim. Boblar sarlavhasi hoshiyadan,
bo’limlar esa satr boshidan rasmiylashtiriladi. Sarlavha va matnlar o’rtasidagi
masofa sarlavha ajralib turilishi uchun kengaytirilgan bo’lishi lozim.
Har bir bob
yangi varakdan boshlanishi kerak. Boblar sarlavhasi bosh harflarda, bo’limlar
sarlavxasi esa kichik xarflarda yoziladi. Sarlavhalar oxiriga nuqta qo’yilmaydi va
ular tagiga chizilmaydi. Bob va bo’limlarning sarlavhasi arab raqamlari bilan
raqamlanadi. Bo’limlar raqamlari bob va bo’limlar raqamlaridan iborat bo’lib,
nuqtalar bilan ajratiladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati 2 intervaldan so’ng yoziladi, har
bir nomdagi adabiyot satr boshidan boshlanadi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatining oxirgi varag`ida sana va ish
muallifi bo’lgan talabaning ish matni solishtirib
chiqilganligi xamda matn
parchalari tekshirilganligini tasdiqlovchi shaxsiy imzosi qo’yiladi.
Dostları ilə paylaş: