37
Foydalanilgan manba va adabiyotlar talaba tomonidan bitiruv malakaviy
ishni tayyorlash va yozish jarayonida qo’llanilgan manba va adabiyotlarni o’z
ichiga oladi va u tadqiqot mavzuiga bog`liq tarzda 25-30 (va undan ko’p) nomdan
tashkil topadi. Manbalar xaqidagi ma`lumotlar O’zbekiston
Respublikasi oliy
ta`lim Davlat ta`lim standartlari talablariga mos tarzda keltiriladi.
Bunda bitiruv malakaviy ishni yozish jarayonida qo’llanilgan barcha qonun
chiqaruvchi va me`yoriy-xuquqiy materiallar, ilmiy, o’quv va davriy nashrlar to’liq
bibliografik tavsifi (nashr joyi, nashriyot nomi, chop etilish yili yoki nashri)ni o’z
ichiga olishi lozim. Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxatini
tuzish
jarayonida nashr qilingan va chop etilmagan ishlar ajratilgan bo’lishi kerak.
Ishning
ilova qismida bitiruv malakaviy ish asosiy mazmunini qo’shimcha
to’ldiruvchi va ko’rgazmali tasvirlovchi barcha materiallar keltiriladi. Bunda,
asosan jadval, diagramma, rasm,
shuningdek, har xil turdagi matnlar,
tashkiliy-
huquqiy hujjatlar, ma`lumotnomalar, e`lonlar joylashtiriladi.
Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbar va kafedra bilan kelishilgan holda chet
tillarda yozilishi va himoya qilinishi mumkin.
Himoyaga chet tilida taqdim
etiladigan bitiruv malakaviy ishni tayyorlash bo’yicha tavsiya 9-ilovada keltirilgan.
Ayrim hollarda agar talaba izlanish mobaynida o’rganilayotgan masalani
yangi qirralarini ochsa, malakaviy ish mavzusiga va rejaga o’zgartirishlar kiritishi
mumkin. SHu bilan birga agar o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’quv
muassasasining ma`lumotlari tijorat siri bo’lib talabaga
berilmagan va shunga
o’xshash boshqa hollarda ham talaba malakaviy ish mavzusini hamda amaliyot
bazasini o’zgartirish huquqiga ega.
Bitiruv malakaviy ish oliy ta`lim
muassasasining, odatda, ushbu maqsadga
maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi.
Ayrim hollarda, malakaviy ish o’quv
muassasalari, ilmiy-tadqiqot oliy ta`lim muassasalari va boshqa ta`lim
muassasalarda bajarilishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishning bajarilishi bo’yicha
taqvim rejani nazorat qilish kafedra hamda dekanat tomonidan amalga oshiriladi.