6.5 Malakaviy ishni baholash mezonlari
Bitiruv malakaviy ishni asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uni murakkabligi;
ko’rilayotgan masala bo’yicha mahalliy va xorijiy manba va maxsus
adabiyotlardan to’la foylanilganligi;
50
tadqiqot ob`ekti bo’yicha daliliy ma`lumotlarni to’liq va sifatli
to’planganligi;
qo’yilgan masalani hal qilishda metod va vositalardan foydalanishning
tasdiqlanganligi;
olingan natijalarni tahlil qilib, sharhlay olinganligi;
xulosa, taklif, tavsiyalarning ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyati hamda
ularni isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkoniyatlari;
materialni aniq va to’g`ri, xatosiz bayon etilganligi, ishni sifatli
rasmiylashtirilganligi, mazkur «Metodik tavsiyanoma» talablari hisobga
olinganligi;
bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy masalalar bo’yicha munozara
yurita olinganligi, DAK a`zolarining savollari va taqrizchilar kamchiliklariga
berilgan javoblarning to’g`ri va chuqur ifodalanganligi.
Agar ish mavzui ilmiy asoslanib, o’zida nazariy, uslubiy yoki amaliy
qiziqishni uyg`ota olsa, qo’yilgan masalani hal qilishda muallif tomonidan maqbul
tahlil qilish usullari, zamonaviy metod va vositalarni qo’llash mumkinligi
tasdiqlansa, shuningdek, amaliy masalalariga yordam bersagina, bitiruv malakaviy
ish «a`lo» bahoga loyiq deb topiladi. «A`lo» baxolangan ishning tarkibiy tuzilishi
aniq, mantikan to’g`ri va qo’yilgan maqsadga muvofiq bo’lishi lozim. Xulosa
qismda anik, qo’yilgan masalani xal qilishda xissa qo’shadigan har tomonlama
asoslangan xulosalar keltirilishi lozim. CHunki bu uning kelajakdagi istiqbolini
belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ish adabiy tilda yozilishi, to’g`riligi puxta tekshirilgan,
unda berilgan ma`lumotlar amaldagi Davlat ta`lim standartiga va mazkur metodik
tavsiyanomaga mos bo’lishi, rasm, jadval va turli xil ko’rgazmali materiallar
shaklidagi ilovalarni o’z ichiga olishi lozim.
Talabaning chiqish so’zi qisqa va izchil tarzda asosiy xolatlar yoritilgan,
shuningdek, DAK a`zolari savollariga aniq va isbatlangan javoblar berilgan
shartlardagina, unga «a`lo» baho qo’yiladi.
51
Agar bitiruv malakaviy ish yuqorida keltirilgan talablarga to’liq javob
bermagan hollarda, u ko’proq past ball bilan baholanadi.
Nizomiy nomidagi TDPU “Tabiyot fanlari” fakulteti bitiruvchi barcha
mutaxassisliklar uchun bitiruv malakaviy ishlarini baholashning mezonlari
BAHOLASH MEZONI
BALL
Dostları ilə paylaş: |