44
6. BITIRUV MALAKAVIY ISHNING DASTLABKI VA ASOSIY
HIMOYALARINI O’TKAZISH, SO’NGRA ULARNI SAQLASH VA
FOYDALANISH TARTIBI
6.1 Malakaviy ishning dastlabki himoyasini o’tkazish tartibi
Mutaxassislar tayyorlaydigan tayanch kafedralar tashkil etiladigan malakaviy
ishning dastlabki himoyasini o’tkazishdan maqsad – ishning DAK oldidagi
himoyaga qay darajada tayyor ekanligini nazorat qilishdan iborat. Malakaviy
ishning dastlabki himoya tartibi tayanch kafedra tomonidan aniqlanadi. Xuddi
shunday, u kechiktirilmasdan, DAK oldidagi himoyadan 3 xafta oldin o’tkaziladi.
Dastlabki himoyada talaba bitiruv malakaviy ishni to’liq (biroq
muqovalanishi shart emas) varianti hamda o’zining ilmiy-izlanish va amaliy
faoliyatining ko’rgazmali natijalari va ma`ruzalari ilova qilingan qo’shimcha
materiallarni taqdim etadi.
Agar talabaning ma`ruzasi va bitiruv malakaviy
ishning tayyorgarlik sifati
kafedra mudiri va professor-o’qituvchilari tomonidan past baholansa, bunda
kafedra yig`ilishida ishtirok etayotgan ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda uning
himoya muddatini keyingi yilga o’tkazish to’g`risida qaror qabul qilish mumkin.
Kafedradagi dastlabki ximoyadan so’ng fakultet dekani talabani himoya
qilishga ruxsat etilishi to’g`risida buyruq tayyorlaydi.
Bitiruv malakaviy ish kafedradagi dastlabki
himoya jarayonida talaba
tomonidan qabul qilingan kamchilik va tavsiyalar hisobga olingan holda oxirgi
marta qayta ishlangandan so’ng ilmiy rahbar 9-ilovada ko’rsatilgan shaklda unga
alohida yakuniy xulosa tayyorlaydi. Ilmiy rahbar xulosasida tanlangan mavzuning
dolzarbligi; bitiruv malakaviy ish mazmuni qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos
kelishligi; uning ilmiy-amaliy axamiyati; talaba mustaqil faoliyat yuritishining
namoyon bo’lish darajasi; foydalanilgan manbalarning ko’pligi;
talabaning
adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmasining mavjudligi; statistik materiallarni
hisoblash, tahlil qilish, umumlashtirish hamda ularni diagramma va jadval
shaklida
tayyorlash; ilmiy izlanish jarayonida qo’llanish uchun tanlangan
metodlarni asoslash; mustaqil ravishda ilmiy va amaliy xulosalar tayyorlash
45
ko’nikmasi; tadqiqot natijalari,
shuningdek, chiqarilgan xulosa va tavsiyalarning
qiymati;
ilmiy-ma`lumotlar
qismining to’g`ri rasmiylashtirilganligi; ish
rasmiylashtirilishining sifati va madaniy darajasi, matnning xatosiz yozilishi va
undagi mantiq masalasi ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish kasbiy tayyorgarlik darajasining yakuniy baholanishi –
bu uning Davlat ta`lim standarti talabalariga mos kelishi
hamda ilmiy rahbarning
DAK oldidagi himoyaga ruxsat etilishi to’g`risidagi xulosasi hisoblanadi. Ilmiy
rahbar bitiruv malakaviy ishning yozilishi va rasmiylashtirilishi bo’yicha talaba
mehnati natijalarini faqat sifat ko’rsatkichida (miqdor - ball ko’rsatkichida emas)
baholash huquqiga ega.
Bitiruv malakaviy ishning dastlabki himoyasi o’tkazilgandan so’ng hamda
DAK kotibasining taqrizidan keyin himoyaga 3 kun qolganda quyidagilar taqdim
etilishi lozim:
1)
malakaviy ish kafedra mudiri, ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchilar
tomonidan tasdiqlangan, muqovalangan nusxasi;
2) malakaviy ish hamda uning takdimot materiallari agar kompyuterda
yozilgan bo’lsa, ularning elektron versiyasi tushirilgan disketa;
3) bitiruv malakaviy ishga yozilgan ilmiy rahbar yakuniy xulosasi;
4)
ikkita opponentning taqrizi;
5) malakaviy ishga taalluqli bo’lgan boshqa hujjatlar.
Dostları ilə paylaş: