Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash


Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
BMI yozilish tartibi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish
 
4.2 Bitiruv malakaviy ishning mazmuni va tarkibiy tuzilishi 
Bitiruv malakaviy ishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 

sarvaraq (4-ilova); 

mundarija (5-ilova); 

kirish; 

asosiy qismning bob va bo’limlari; 

xulosa; 

foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati (6-ilova); 

ilovalar. 
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi, shuningdek, ma`lumotlar beradigan sahifa 
ostidagi izoh, qisqartmalar ro’yxati, notanish va tushunilishi qiyin bo’lgan tayanch 
so’zlar lug`ati ham kirishi mumkin. 
Bitiruv malakaviy ishning mundarijasida varaqlar tartib raqamlari bilan 
ko’rsatilgan kirish, barcha bob va bo’limlar, xulosa, foydalanilgan manba va 
adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalarning sarlavhalari keltiriladi. Mundarija 
sarvaraqdan keyin joylashtiriladi. 
Bitiruv malakaviy ishning kirish kismi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: 

mavzuning dolzarbligi (mavzu asosnomasi); 

muammoning o’rganilganlik darajasi; 

tadqiqot maqsadi; 


31 

tadqiqot vazifalari; 

tadqiqot ob`ekti va predmeti (voqealarning ijtimoiy psixologik, pedagogik, 
etnik, milliy, hududiy va jinsiy ketma-ketlikda sodir bo’lishiga asoslangan 
doiralari) 

kutiladigan natija;

tadqiqot metodlari;

tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati; 

foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlili; 

ishning tarkibiy tuzilishi. 
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi 
asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks 
ettiriladi, tadqiqot predmeti malakaviy ishda ko’rib chiqiladigan muammolar, 
ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy tahlilini tuzishda qo’yilgan 
muammoni o’rganish uchun ular nimaga e`tibor berishlari kerakligini aniqlash, 
shuningdek, ularning muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e`tibor 
qaratish lozim. Buning uchun foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy 
tahlili sifatida oddiy keltirilgan me`yoriy-huquqiy dalolatnomalar, ularning 
mualliflari va ishlarini almashtirish mumkin emasligini unutmaslik lozim. 
Foydalanilgan manba va adabiyotlar tahlili mavzusi yoki ko’rgazmali tamoyil 
bo’yicha tuzilishi, talabaning (ya`ni, uning o’qigan materiallariga shaxsiy
munosabati) bahosini o’z ichiga olishi, muammoning qayta ishlanganlik darajasini 
ko’rsatishi, to’liq o’rganilmagan masalalarni aniqlashi lozim. Kirish bitiruv 
malakaviy ish umumiy hajmining 10 -15 foizini tashkil etishi lozim. 
Bitiruv malakaviy ishning asosiy qismida tadqiqot uchun tanlangan 
mavzuning nazariy jihatlarini yorituvchi bob va bo’limlardan tashkil topishi, 
mavzu xususiyati mos ixtisoslik fanlari mazmuni, tadqiqot mazmuni, kutiladigan 
natijalarning bayon etilishi, xulosalarning shakllantirilishi va amaliy tavsiyalar 
berilishi lozim. 


32 
Zarurat tug`ilganda bitiruv malakaviy ishda talaba tomonidan taklif 
etilayotgan tavsiyalarning tatbiq etilishidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik 
ko’rsatkichlari beriladi. 
Asosiy qismni nazariy va metodik qismlar tashkil etib, bunda tashkil etuvchi 
bob va bo’limlarning mazmuni bitiruv malakaviy ish mavzuiga to’liq mos kelishi 
va uni to’la ochib berishi darkor. Bob va bo’limlar talabaning qisqa, mantiqan 
to’g`ri va dalillar keltirib to’plagan, tizimlashtirgan hamda tahlil qilgan 
materiallarini bayon etish qobiliyatini namoyish etishi lozim. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin