Renessans ta’lim universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++



1
RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
KURS ISHI VA BITIRUV MALAKAVIY ISHINI
YOZISH VA UNI HIMOYA QILISh BO‘YIChA
METODIK YO‘RIQNOMA 
 
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 
 
TOSHKENT – 2023 
  


2
Muallif:  
Sattarova B.Dj. – O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, p.f.n.,dotsent 
Taqrizchilar:  
Xodjaev B. – Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy pedagogika” kafedrasi mudiri,
p.f.d., professor 
Axmedova Z. – Nizomiy nomidagi TDPU “Logopediya” kafedrasi dotsenti 
  
  
  
  
  
  
  
 
 
 
 
 
 
  
  


3
I. KURS ISHI YOZISHGA TAYYORGARLIK
Kurs ishi mavzusini tanlash. Kurs ishi mavzulari (banki) kafedra professor-
o‘qituvchilari tomonidan tuzilib, kafedra majlisida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. 
Kurs ishi mavzusi qisqa va aniq bo‘lishi lozim va mavzu talabaning ilmiy va amaliy 
qiziqishlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda mavzular bankidan tanlab olinadi (1-
ilova). Fan bo‘yicha ma’ruza olib boruvchi professor - o‘qituvchi talaba tanlagan mavzuni 
ro‘yxatga oladi va kurs ishi yozilishini nazorat qiladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda, uning ahamiyati, nazariy va amaliy materiallarni 
mavjudligi va yetarli bo‘lishi, yangi masalalarni o‘rganilishi, talaba tanlangan mavzu 
haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi, tanlangan masalalarga qiziqishi ham muhim 
ahamiyatga ega.
Mavzu juda keng masalalarga bag‘ishlanmasligi, qisqa masalalarni aniqlash bilan 
chegaralanmasligi kerak. Mavzu tanlashda yakunlangan fan yuzasidan chuqur bilimga 
ega bo‘lish, auditoriya mashg‘ulotlarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish, kursning 
navbatdagi bo‘limlarini o‘rganishga yaqindan yordam berishga xizmat qilishi kerak.
Talabalar fan(modul)lar bo‘yicha yozadigan kurs ishi ilmiy yo‘nalishi jihatidan bir-
biri bilan bog‘langan bo‘lishi, mutaxassislikka doir masalalarini izchil o‘rganishga 
yordam berishni nazarda tutishi kerak.
Kurs ishi mavzusini jarayonida, talaba rahbar nazoratida mavzuga oid savollar 
doirasi bilan tanishib chiqishi, mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishtirilishi talab qilinadi. 
Mavzu tanlangach, talaba tomonidan adabiyotlar tahlil qilinishi va aniq muammo belgilab 
olinishi zarur.
Kurs ishini bajarish jarayonida ilmiy va tarbiyaviy ishlar kompleks asosda amalga 
oshirilib, ular orasida quyidagilar birinchi darajali ahamiyatga egadir:
fanning dolzarb mavzusi va muammolarini o‘rganish va tahlil qilish;


4
kurs ishi ustida ishlash jarayonida talaba tanlagan mavzuni chuqur o‘rganish, 
uning yo‘nalishlarini tahlil qilish haqidagi tushunchaga ega bo‘lish;
mustaqil ishlash faoliyati bilan tanishish, iqtisodiy, nazariy va amaliy dolzarb 
masalalarni yozma bayon qilish usullarini o‘rganish.
bibliografiya tuzish, statistik to‘plamlardan foydalanish, mavzular bo‘yicha 
konspekt tuzish, tavsiyalar ishlab chiqish, ishni rasmiylashtirish ko‘nikmasiga ega 
bo‘lish;
huquqiy, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni amaliyotda tadbiq qilinishini o‘rganish.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin