Renessans ta’lim universiteti


V. BITIRUV MALAKAVIY ISHINI RASMIYLAShTIRISHGA



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

V. BITIRUV MALAKAVIY ISHINI RASMIYLAShTIRISHGA
QO‘YILADIGAN TALABLAR  
1. Bitiruv ishi texnik va ilmiy hujjatlarni kompyuterda terish qoidalariga muvofiq 
ravishda standart qog‘oz (A4 format)ning bir tomoniga yozilgan bo‘lishi kerak. Rasm va 
jadvallar umumiy talablarga qat’iy rioya qilingan holda, rasm osti sharhlovchi yozuvlari: 
rasm nomi, tartib raqami, havola, izoh bilan birga berilishi hamda matnda uchrashiga 
ko‘ra tartib bilan joylashishi kerak.
2. Bitiruv malakaviy ishida sahifalar, jumladan, jadval va rasmlar ham, oddiy usulda 
raqamlanadi. Sahifalash mundarijadan boshlanadi.
3. Grafik, jadval, hujjat, ishning tahliliy va tajriba qismlarini izohlovchi hisob-kitob 
ko‘rinishidagi ikkinchi darajali materiallar bitiruv ishining ilovasida berilishi mumkin.
4. Grafik material mavjud talablarga muvofiq ravishda standart qog‘ozda bajarilishi 
kerak.
5. Bitiruv ishining barcha qismlari mavzu va rejaga mos ravishda o‘zaro mantiqiy 
bog‘liqlikda bo‘lishi lozim. Ish foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bilan yakunlanadi.
6. Bitiruv ishini rasmiylashtirishda quyidagi talablarga javob berish zarur:
- matnda ishning tuzilishi aniq belgilanadi: rejaga muvofiq uning asosiy bo‘limlari 
ajratiladi, rejadagi barcha masalalar chuqur va to‘liq yoritiladi, fikrlar ilmiy uslubda 
bayon etiladi;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ilovadan oldin beriladi;
- manbalarga havolalar (manbaning muallifi, ishning nomi, nashr joyi, yili, sahifa) 
varaqning quyi qismida yoki katta (kvadrat [ ]) qavsda ko‘rsatiladi; - bitiruv ishining 
sahifalari tikiladi va maxsus jildga yig‘iladi, jildning muqovasi ish titul varag‘ining aynan 
nusxasi bo‘lishi lozim (6-ilova).


17
Tugallangan bitiruv ishi muallif tomonidan imzolanadi hamda rahbarga taqdim 
etiladi. Ish rahbarga davlat attestatsiyasi boshlanishidan 1 oy oldin beriladi.
O‘n kun ichida rahbar talaba faoliyatiga hamda ishning tugallanganligi haqida xulosa 
yozadi. Xulosada talabaning mustaqil fikrlash darajasi, ilmiy adabiyot bilan ishlash va 
tajriba-sinov tadqiqotini tashkil etish ko‘nikmasining mavjudligi, olingan natijalarning 
ahamiyati va asoslanganligi, ularni amalda qo‘llash imkoniyatlari hamda bitiruv ishini 
himoyaga tavsiya etish haqidagi xulosa aks etishi lozim.
Bitiruv ishi, rahbarning xulosasi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etiladi. Kafedra 
mudiri bitiruv ishini himoyaga tavsiya etish masalasini hal etadi va bu haqda imzo bilan 
tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 9 
iyundagi 225-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtlarida bakalavr bitiruv 
malakaviy ishini bajarishga qo‘yiladigan talablar” ta’kidlanishicha, yo‘nalish 
(mutaxassislik) bo‘yicha yakuniy fanlararo davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy 
ishining himoyasiga dasturlardan biri bo‘yicha to‘liq ta’lim kursini tugatgan va rejada 
ko‘zda tutilgan barcha sinovlardan o‘tgan shaxslar qo‘yiladi.
Kafedra barcha talablarga javob beradigan, yakunlangan ishni taqdim etgan 
talabalarni himoyaga tavsiya etadi. Agar ishning sifati bilan bog‘liq e’tirozlar mavjud 
bo‘lsa, uni himoyaga qo‘yish masalasi ilmiy rahbar ishtirokida o‘tadigan kafedra 
majlisida hal etiladi.
Bitiruv malakaviy ishi belgilangan muddatda tayyor bo‘lmagan yoki uning sifati 
talabga javob bermagani uchun himoyaga qo‘yilmagan hollarda talaba tegishli fan 
bo‘yicha davlat attestatsiyasini topshirishga haqli.
Mutasaddi kafedra tomonidan himoyaga tavsiya etilgan bitiruv malakaviy ishi 
fakultet dekani (yoki u bilan kelishilgan holda kafedra mudiri) tomonidan taqrizga 
yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi bitiruv malakaviy ishiga rahbarlik qilgan kafedraning 
mudiri tavsiyasi bo‘yicha dekan tomonidan tasdiqlanadi. Bitiruv malakaviy ishi 
taqrizchilari (1 ta ichki va 1 ta tashqi) tomonidan taqdim qilingan ish 10 kun davomida 


18
atroflicha o‘rganilib chiqiladi. Tashqi taqrizchilar qilib malakali mutaxassislarni – 
maktab, ilmiy va ta’limiy muassasa, ta’limni boshqarish idoralarining xodimlarini, 
shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb qilish 
maqsadga muvofiq. Ishning ijobiy jihatlari, kamchiliklar, takliflar ko‘rsatilgan holda 
ishga taqriz beriladi.
Bitiruv malakaviy ishiga berilgan taqrizda quyidagilar aks etishi kerak:
1. Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi:
- mavzuning dolzarbligi va uning muallif tomonidan asoslanganligi;
- talaba tomonidan mazkur mavzuni tanlashdagi ijtimoiy-pedagogik sabablarning 
asoslanganligi;
- bitiruv malakaviy ishida ko‘rib chiqish uchun qo‘yilgan masalalarning to‘g‘riligi 
va mantiqiyligi;
- mavzuni yoritish uchun foydalanilgan manbalarning miqdor va sifat nuqtai 
nazaridan baholanishi;
- pedagogik amaliyotni tahlil qilish, tajriba o‘tkazish sifati, uni nazariy idrok etish 
darajasi;
- bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, mazmuni va rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan 
talablarning bajarilganligi.
2. Asosiy qismning tavsifi:
- adabiyotlarni tahlil qilish sifati, muammoning nazariy asoslarini yoritishning 
qamrovi;
- ishda amaliy tajribaning, tajriba-sinov materiallarining to‘liq va chuqur taqdim 
etilishi; ularning nazariy jihatdan baholanishi, ishni takomillashtirish bo‘yicha amaliy 
tavsiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmasining mavjudligi;
- maktabgacha, umumiy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida o‘quv-
tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va uni boshqaruv sifatini yaxshilash uchun 
tavsiya etilgan tadbirlar tizimining bahosi;


19
- mavzuni bayon etish uslubi va uning muallif tomonidan belgilangan masalalar 
doirasining nazariy-amaliy yo‘nalishiga mantiqan mos ekanligini;
- mauallifning ko‘rib chiqilayotgan masalalarga bo‘lgan munosabati, o‘rganilgan 
mavzu bo‘yicha fikrlarning yangiligi.
3. Bitiruv ishining natijalari va sifatini baholash:
- mavzuni yoritish darajasi va sifati.
Fakultet dekani kafedra mudirini va talabani taqriz bilan tanishtiradi, ishni rahbar 
xulosasi va taqriz bilan birga himoya uchun davlat attestatsiya komissiyasiga yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishlarining himoyasi davlat attestatsiyasi komissiyasining uchdan 
ikki qismidan kam bo‘lmagan tarkibi ishtirokidagi ochiq majlisida o‘tkaziladi. Himoyada 
ishning rahbari va taqrizchi maslahat ovozi huquqidan foydalanishi mumkin. Taqrizchilar 
yoki ulardan biri himoyada qatnashishi shart maqsadga muvofiq.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin