Renessans ta’lim universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

VIII. KURS ISHI HIMOYASI
Belgilangan tartibda yozilgan kurs ishi (kompyuterda bajarilgan holda uning 
elektron varianti bilan birga) talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Kurs ishi 
kafedraga belgilangan himoya kunidan 10 kun oldin topshiriladi. Kurs ishlari himoyasida 
rahbar va mutaxassislik kafedrasidan professor – o‘qituvchilar (komissiya) ishtirok etadi. 
Kurs ishi himoyasi tartibi quyidagilardan iborat:


9
1. Talaba 10-15 daqiqa davomida komissiyaga kurs ishining maqsadi, vazifalari, 
mazmuni hamda o‘z tavsiyalari va takliflari to‘g‘risida axborot beradi.
2. Kurs ishi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida tashkil 
etiladi va o‘tkaziladi.
3. Shundan so‘ng, talaba kurs ishi mavzusiga va u bilan bog‘liq bo‘lgan komissiya 
savollariga javob beradi.
4. Kurs ishi bahosi komissiya va rahbar tomonidan birgalikda talabaning javoblari 
asosida belgilanadi kurs ishiga ilova qilingan (3-ilova) blankada og‘zaki javob uchun 
ballar qo‘yiladi va ballar jamlanadi.
5. Kurs ishi 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.
6. Kurs ishi himoyasi natijasi sifatida rahbarning tavsiyasi bilan ilmiy maqola 
shakliga keltirish va uni ilmiy jurnallarda nashr etishi mumkin.


10
BITIRUV MALAKAVIY ISHLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
  
I. BITIRUV MALAKAVIY ISHI YOZIShGA TAYYORGARLIK  
Bitiruv malakaviy ishi (BMI) mavzusini tanlash. Bitiruv malakaviy ishlarining 
mavzulari tegishli kafedralar tomonidan tuzib chiqiladi va BMIlari banki (4-ilova) 
yaratiladi.
Talabaga bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlash imkoni beriladi. Bunda talaba
o‘zini qiziqtirgan mavzuni bitiruv malakaviy ishi mavzusi sifatida tanlaydi. Mavzu 
tanlangach, kafedrada talabaga ilmiy rahbar va maslahatchilar tayinlanadi.
Talabaning bitiruv malakaviy ishi ustidagi izlanishlari nazariyani chuqurroq 
o‘rganish, ilgari olingan bilimlarni tizimlashtirish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash, 
mustaqil tadqiqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, 
eruditsiyaning o‘sishi, talabani ilmiy tadqiqotchilikka yo‘naltirish uchun xizmat qiladi.   
Odatda bitiruv malakaviy ishining mavzusi talabaga uning so‘nggi pedagogik 
amaliyotga ketishidan avval beriladi va tasdiqlanadi. Shu paytning o‘zida unga bitiruv 
malaaviy ishiga oid bo‘lgan, ilmiy rahbar tomonidan tuzilgan va kafedra mudiri 
tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar (5-ilova) beriladi, bunda ishni yakunlash muddati 
ham ko‘rsatiladi. Topshiriqda talabaning ismi, familiyasi, otasining ismi, o‘qiyotgan 
fakulteti va mavzusi ko‘rsatiladi. Agar bitiruv malakaviy ishi kurs ishining davomi bo‘lsa, 
qilingan ishlar, dastlabki ma’lumotlar natijalari ko‘rsatiladi.
So‘ngra talabaga ishlab chiqiladigan masalalar, tajriba–sinov ishlarini rejalashtirish 
bo‘yicha maslaxatlar beriladi. Ishning rejasi va vazifalar aniklashtiriladi. Bu esa o‘z 
o‘rnida talaba faoliyatini tashkil etish, uni doimiy nazorat qilish va zarurat bo‘lganda, 
unga ko‘maklashish imkonini beradi.
Kalendar reja adabiyotlarni tanlash va o‘rganish, boshqa manbalar, tajribalar bilan 
tanishish, tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish 
va qayta ishlash, xulosalar chiqarish, ilovalar tayyorlash, bitiruv malakaviy ishini uslubiy 
va texnik tomondan rasmiylashtirish, himoyaga tayyorlanish uchun sarflanadigan vaqtni 
to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi.


11
Mazmunan kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi o‘rtasida uzviy bog‘lanish bo‘lishi 
kerak: bitiruv malakaviy ishi kurs ishining ijodiy rivojlanishi bo‘lib, unda kurs ishida 
ko‘tarilgan muammo yanada chuqurroq o‘rganiladi. Biroq kurs ishining matnini mexanik 
ravishda, so‘zma-so‘z bitiruv malakaviy ishiga kiritish mumkin emas. Kurs ishining 
asosiy natijalari bitiruv malakaviy ishi muammosini ijodiy hal etish uchun dastlabki 
material bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin