8
VII.
KURS ISHIGA RAHBARLIK QILISH
Kurs ishiga umumiy, metodik rahbarlik ilmiy rahbar tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy rahbarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
kurs ishi yozish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani har bir talabaga tarqatish;
-
kurs ishi yozish bo‘yicha vazifa berish;
-
talabaga kurs ishi tuzilishi va rejasini ishlab chiqishda yordam berish
-
talabaga mavzu bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha
adabiyotlarni,
ma’lumotlarni tanlashda yordam berish;
-
talaba bilan birgalikda tadqiqot ob’ekti va doirasini, ob’ekt
faoliyatini
o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil qilish metodlarini aniqlash.
Rahbar talaba tashabbusini turli yo‘llar bilan rivojlantirishga va mustaqil ilmiy
tadqiqot ishini amalga oshirishiga
maslahatlar berishi, talaba tomonidan unga taqdim
qilingan kurs ishini tekshirib, o‘z fikr mulohazalarini bildirishi va ishni qaysi yo‘nalishda
o‘zgartirish yoki to‘ldirish kerakligi to‘g‘risida maslahat berishi talab qilinadi.
Yozib tugatilgan kurs ishi belgilangan muddatdatalaba
tomonidan rahbarga
topshiriladi. Rahbar kurs ishini tekshirib chiqadi va uni himoyaga ruxsat berish to‘g‘risida
o‘z fikrini bildiradi va kurs ishining 3 ilovada keltirilgan varraqda o‘z xulosalarini yozib,
kurs ishining yozma mazmuni uchun ball qo‘yiladi. Kurs ishi talab darajasida
bajarilmagan bo‘lsa, raxbar uni qabul qilmasligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: