Renessans ta’lim universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

V. KURS ISHINING TARKIBI
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi quyidagi qismlarni qamrab olishi lozim:
- titul varog‘i;
- reja (mundarija);
- kirish qismi;
- asosiy qism (paragraflar);
- xulosa va takliflar;
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; - ilovalar.
Mundarijada kurs ishining barcha qismlari, ya’ni kirish, bob yoki bo‘limlar, 
paragraflar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar joylashgan sahifa 
raqamlari bilan keltiriladi.
Kirish qismining hajmi 3-5 betdan oshmasligi lozim. Unda nazariy va amaliy 
jihatdan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, maqsad shakllantiriladi va vazifalar 
belgilanadi.
Asosiy qism faqat paragraflar yoki boblar va uning ichida paragraflar shaklida 
tasniflanishi mumkin (rejada “asosiy qism” so‘zi yozilmaydi). Bu qism kurs ishining 
umumiy hajmining taxminan 80-85 foizini tashkil qilishi kerak. Kurs ishining asosiy 
qismi paragraflarda berilishi va paragraflar soni kamida besh yoki oltita bo‘lishi lozim. 


7
Reja boblarga bo‘lingan holda, har bir bobda kamida 2 tadan paragraf qamrab olinishi 
kerak.
Asosiy qismda mavzuning asosiy nazariy va metodik masalalari ko‘rib chiqiladi, 
statistik ma’lumotlar tahlili natijalari ochib beriladi. Mavzuni yoritishga qaratilgan barcha 
grafiklar, chizmalar, rasmlar, diagrammalar va boshqalarning nomi aniq qilib ustiga 
yozilishi va raqamlab chiqilishi lozim.
Xulosa va takliflar. Kurs Ishining xulosa va takliflar qismi 3-5 bet atrofida bo‘lib, 
unda talaba tadqiqotning xulosa va takliflarini bayon etadi. Kurs ishining oxirida mavzuga 
taalluqli so‘zlarning (20-30 ta) izohli ma’nosi berilishi maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba kurs ishi 
yozish davomida foydalanilgan manbalar ro‘yxatini keltiradi. Foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxati kamida 10-15 tani tashkil qilishi kerak.
Ilovalar. Ilovalarda asosiy matnda o‘qishni qiyinlashtiradigan jadvallar, grafiklar, 
hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va raqamlanadi. Talaba tomonidan nashr 
etilgan ishlar ham ilovada berilishi mumkin. Kurs ishining asosiy matnida mavzuni ochib 
berishga qaratilgan va to‘g‘ri tuzib chiqilgan jadvallar, grafiklar, rasmlar, taqdimot 
materiallari va boshqa zaruriy materiallar keltirilishi lozim.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin