Renessans ta’lim universiteti



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix22.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#89061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Курс иши ва БМИ йўриқнома+ +++

  
II.
BITIRUV MALAKAVIY ISHINI BAJARISH BO‘YIChA  
ISH REJASINI TUZISH
Bitiruv malakaviy ishini bajarish bo‘yicha ish rejasini taxminan quyidagicha tuzish 
mumkin:
1. Kurs ishining bir qirrasini chuqur tahlil qilish maqsadida tanlab olish.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusini aniqlashtirish.
2. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tuzish 
()
.
3. Muammoni belgilash, uning fan va amaliyotdagi o‘rnini tahlil qilish.
4. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha tayanch tushunchalarni ajratish va tahlil qilish.
5. Bitiruv malakaviy ishi rejasini tuzish.
6. Mavzuning dolzarbligini asoslash.
7. Tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalarini belgilash.
8. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha nazariy manbalarning chuqur tavsifini berish.
9. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha mavjud adabiyotlar tahlili tayyorlash.
Bunda quyidagilar berilishi mumkin:
a) muammo (g‘oya, masala)ning o‘rganilish tarixi;
b) tadqiqot ob’ektini ta’riflovchi umumpedagogik va boshqa ilmiy
yondashuvlar;
v) didaktik parametrlar;
g) metodik qoidalar;
d) psixologik nazariyalar.


12
10. Ko‘tarilgan muammoni hal etishning turli usullarini ishlab chiqish.
11. Muammo yechimini izlab topishning maqbul usullarini aniqlash.
12. Tajriba-sinovning 
dastlabki 
bosqichini 
o‘tkazishga tayyorlanish 
(metodikani 
rejalashtirish, 
ishlab 
chiqish, 
asbob-uskunalarni, 
o‘quv 
mashg‘ulotlarining va tarbiyaviy tadbirlarning reja-konspektini, didaktik test va b. 
tayyorlash).
13. O‘rganilayotgan masalaning mavjud avoli haqida tasavvurga ega bo‘lish 
uchun tajribaning dastlabki bosqichini amalga oshirish.
14. Tajriba-sinov ishlarining tahlili, jadval, chizma, rasmlarni tayyorlash, 
natijalarni qayd etish.
15. Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini tayyorlash (tajriba olib 
borish va uni kuzatishning metod hamda vositalarini rejalashtirish, ishlab chiqish, 
natijalarni qayd etish usullarini ishlab chiqish va h.z.)
16. Tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini o‘tkazish va tahlil qilish 
(kuzatuv bayonnomalari, yozma ishlar, rasmlar, suhbat natijalari va h.k).
17. Tahlil natijalarini jadval, chizma, diagramma, rasmlarda ko‘rsatish, tajriba-
sinovning shakllantiruvchi bosqichi bo‘yicha natija va xulosalarni yozish (material 
bunga imkon bersa).
18. Zarurat bo‘lganda tajriba-sinovning shakllantiruvchi bosqichini qayta 
o‘tkazish.
19. Tayyorlangan matnlarni boblar shaklida jamlash.
20. Boblar bo‘yicha xulosalarni tayyorlash va yozish.
21. Umumiy xulosalarni yozish
22. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.
23. Ilovalarni (jadval, chizma, so‘rovnoma, rasm, dars yoki tarbiyaviy 
ishlarning reja-konspektlarini va h.z.) rasmiylashtirish.
24. Bitiruv malakaviy ishining mundarijasini aniqlashtirish.


13
25. Titul varag‘ini yozish.
Umuman, bitiruv malakaviy ishi kurs ishining mantiqiy davomi bo‘lib, asosiy g‘oya 
va xulosalar qayta idrok etiladi, yangi ma’lumotlar, kuzatuv hamda tajriba natijalari bilan 
boyitiladi. Shu tariqa, bitiruv malakaviy ishi nazariy va amaliy jihatdan yuqoriroq 
darajadagi mukammal tadqiqot ishi bo‘ladi. Shu bilan birga, bitiruv malakaviy ishi yangi 
pedagogik tajribani (agar u ko‘zda tutilgan bo‘lsa) o‘tkazish davomida olingan boshqa 
daliliy materialning mustaqil tadqiqi yoki adabiy manbalarni chuqurroq o‘rganish va 
idrok etishning natijasidir.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin