Bolaning rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillar.
Bolaning rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillar.
Reja:
1. Tushunchalar tahlili.
2. Bola rivojlanishiga ijobiy va salbiy ta’sir qiluvchi omillarni taqqoslash.
3. Z.T. Nishonova va boshqalarning “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya” kitobining V bobi(88-101 sahifalar)ni o‘qish va xulosalarni yozma shaklda bayon qilish
O`sib kelayotgan organizmni to`g`ri tarbiyalash uchun bola organizmning o`sish va rivojlanish kabi asosiy xususiyatlarni bilish zarur. O`sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o`sish va rivojlanishi uning paydo bo`lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protsess murakkab jarayon bo`lib, bir butun va bir biriga bog`langandir. O`sish davrida tana hujayralarining ko`payishi natijasida tirik organizm o`lchamlarining ortishi yani bo`yning cho`zilishi og`irlashning ortishi tushuniladi. Bola malum yoshgacha to`xtovsiz va har hil jadalliklar bilan o`sadi. Shunga qaramasdan barcha to`qima va hujayralarda yani organizmda o`sish bir vaqtda, qizlarda o`rtacha 17-18 yoshgacha yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. O`sish qatorida hujayralarda ularning bajaradigan vazifasi ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir.
Rivojlanish deganda: o`sayotgan organizm to`qima xujayralarining va organlarning shakllanishi ya`ni bola organozmi hujayralarning shakllanishi o`smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga hos bo`lgan bir muncha murrakkab to`qima va organlarga ega bo`lishiga aytiladi. Odam organizmining rivojlanishi umir bo`yi davom etib turadigan to`xtovsiz jarayondir. Bolaning rivojlanish tuxum xujayralarining otalanishdan boshlab umr oxirigacha davom etadi. Organizm jismonan, aqlan va jinsiy rivojlanadi yani murakkablashadi.
Organizm o`sish va rivojlanishda barcha etaplarni bolani: o`smirlik, o`spirinlik, yosjlik, yetuklik davrini bosib o`tadi. Odam xayotning har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari oldingi davrning qoldiqlari kelgusi davrning kurtaklari paydo bo`ladi.
O`sish- organizmning miqdori korsatkichi hisoblansa, rivojlanish sifat ko`rsatkichi hisoblanadi. Bu ikki jarayon notekiswlik, umrsizlik, geteroxning va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Odam organizmi paydo bo`lgunidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan morfologik, bioximik va fiziologik o`zgarishlarga uchraydi. Bu o`zgarishlar o`sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog`langan. Biroq, bu irsiy faktorlarning yuzaga chiqishda yosh xususiyatlarning shakllanishida ta`lim tarbiya, bolaning ovqatlanishi, turmushning gigiyenik sharoiti, sport va mexnat faoliyati katta ta`sir ko`rsatadi. Bolaninbg dastlabki qadam tashlashi, hayoti davomidagi harakat funksiyasining rivoj;lanishi, bolaning birinchi aytgan so`zi va hayoti davomida nutq funksiyasining rivojlanishi. Bolaning o`smirga aylanishi markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, reflektor faoliyatining murakkablashuvi, bular organizmida kechadigan uzluksiz o`zgarishlarning bir bo`lagidir. Bu o`zgarishlarni bolaning gavda proporsiyasining o`zgarishlardan ham bilish mumkin.
Yangi tug`ilgan chaqaloq qo`l oyoqlarini kaltaligi, gavda va boshning kattaligi bilan katta odamdan farq qiladi. Bolaning gavdaga bo`lgan nisbati quyidagicha: yangi tug`ilgan chaqaloqda 1-4,2 yoshda, 1-5,6yoshda 1-6,12 yosh, 1-7,kattalarda 1-8ga teng . Odam yoshi bilan birga boshini o`sishi sekinlashadi, oyoq qo`llar o`sishi tezlashadi. Jinsiy balog`atga yetguncha qiz va o`gil bolalar gavda propatsiyasida majoziy tafovu sezilmaydi. Biroq balogat yosh davri kelishi bilan jinsiy farq yuzaga keladi. O`g`il bolalarda oyoq qo`llar uzunlashadi, gavda kaltalashadi, tazi tor bo`la boshlaydi.
Bola bo`yining uzunligi va notekis o`sishi va rivojlanishi quyidagilarda misol ko`rish mumkin. Bola bo`yining uzunligidagi notekislik: bola 1 yoshga bo`y uzunligi 25sm uzayib 75 sm ga yetadi. Xayotning ikkinchi yilida atigi 10 sm o`sadi. 6-7 yoshgacha bo`y o`sishi yana sekinlashadi. Boshlang`ich maktab yoshida 7-10sm o`sadi. Jinsiy yetilish munosabati bilan qizlarda 12 yoshgach, o`g`il bolalarda 15 yoshdan boshlab bo`yiga o`sish tezlashadi.
Tananing vazni yoshga qarab o`zgaradi. Yangi tug`ilgan chaqaloq o`rtacha vazni 3,5kg. Bola tug`ilgandan kunidan 1 oyda 600gr. 2 oyda 800gr ortadi. 1yosh -9-10kg, 2 yoshda vazniga 2,5 –3,5 kg qo`shiladi. 4-5-6 yoshlarda har yili 1,5 –2 kg qo`shiladi. 7-yoshdan uning vazni tez ortib boradi.14-15 yoshda har yili 5-8kg ortadi. Aqliy rivojlanishning notekisligi barcha sinf o`quvchilarda ko`rish mumkin. Bunda o`quvchi oz sinifdoshlaridan o`zib ketishi mumkin. Bolaning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobilyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog`liqdir. Shu bilan birga kichik maktab yoshdagi bolalar o`rtasida o`ta qobilyatlilari ham uchrab turadi. Bular vunderkindlar (nemis tilida - sexirli bolalar) deyiladi. Ko`pgina atoqli olimlar yoshligidanoq katta qobilyatiga ega bo`lganlar. Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy misol bo`ladi. Ibn Sino 16-17 yoshida mahxur tabib bo`lgan.
Dunyoning birinchi vunderkinti deb Italiya yozuvchisi Torvado Tasso elon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo`lgan. Buyuk kompozitor monart misol bo`ladi. U 4 yoshida musiqa yozgan. Hozirgi vaqtda bunday bolalarga katta etibor berilmoqda. Ular uchun litseylar, gimnaztikalar tashkiletilmoqda. Bolalarning jismoniy va aqliy jihatidan o`sish , turmush sharoiti, ob- havoning sharoiti, iqlim, quyosh rabianasiyasitasir etadi, agar bola kichkinaligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va spot bilan shug`illansa u sog`- salomat o`sadi va uning organlari uygun rivojlanadi.