Bitiruv malakaviy



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix08.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#109893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Kitob 9665 uzsmart.uz (1)

 
 


11 
1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUG’URTA BOZORINI 
RIVOJLANISHINING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI 
 
1.1. Sug’urtaning maqsadi va vazifalari 
Sug`urta o`z mohiyati jihatidan faoliyatning alohida sohasidir. Baxtsiz hodisa, 
tabiiy ofat, ish bilan shug`ullangan kishilarning ehtiyot choralarini ko`rmaganligi va 
boshqa sabablar tufayli ziyon ko`rilishi mumkin. Bu hilda ziyon ko`rilganda 
muhofaza qilishning ancha samarali va zarur shakli bor, bu - sug`urtadir. Sug`urta 
iqtisodiy munosabatlar tarkibiga kiradi hamda maxsus mablag` fondini yaratish 
tadbirlarini o`z ichiga oladi. Mazkur mablag` fondidan esa turli voqеalar yuz 
berganda, agar bu voqеalar xususida sug`urta shartnomasida o`zaro kеlishib olingan 
bo`linsa, yеtkazilgan zararning o`rnini qoplash va ziyon ko`rgan tomonga yordam 
berish maqsadida foydalaniladi. 
Biz sug’urta haqida biron nima deyishdan oldin sug’utaning o’ziga to’g’ri tarif 
berib olishimiz zarur, bunda avvalo uning tarixiy kelib chiqishiga nazar tashlash 
maqsadga muvofiq bo’lardi.Sug‘urta jamiyat qurilishining ilk davrlaridan yuzaga 
kelib, asta-sekin ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas xamroxiga aylandi. Sug‘urta 
iborasining birlamchi ma’nosi "qo‘rquv" ("strax") so‘zi bilan bog‘liqdir. Mulk 
egalari bir-birlari bilan ishlab chiqarish munosabatlariga kirishar ekanlar, mulkning 
saqlanishiga, tabiiy ofatlar, yong‘in, o‘g‘irlik va ijtimoiy xayotning boshqa ko‘zda 
tutilmagan xavf xatarlari natijasida yakson bo‘lishi yoki yo‘qotilishiga nisbatan 
qo‘rquv xis etganlar. Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri bu mulk
egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun xavotirlanishning 
asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o‘rtasida 
birgalikda qoplash g‘oyasi yuzaga keldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlashda 
va aholini ko‘ngilsiz hodisalardan himoya qilishda sug‘urtaning o‘ziga xos muhim 
o‘rni bor. Sug‘urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri sifatida bozor 


12 
iqtisodiyotiga o‘tishning muhim iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi. Sug‘urta bozori 
mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan saqlashda, xilma-xil 
falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda moddiy jihatdan 
yordam beradi. Sug’urta ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir.U 
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan
bog‘liqdir.Normal takror ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti uning 
uzluksizligi va to‘xtovsizligi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning doimiy yangilanib 
borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda, shu jumladan 
rivojlangan jamiyatda ham mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir. 
Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda 
hodisalarning (yong‘inlar, portlashlar, epidemiyalar va b.) salbiy oqibatlari ta’sirida 
to‘xtasa yoki buzilsa, u holda jamiyat avvalo turli oldini olish tadbirlarini amalga 
oshirishga, mabodo ular ko‘zlangan natijani bermasa, u holda yetkazilgan moddiy 
zararni qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning normal sharoitlarini 
qayta tiklashga majbur bo‘ladi.
Inson va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy 
ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa 
ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni 
so‘zsiz qoplash bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu 
obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot darajasini saqlab qolishga 
bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. Mazkur munosabatlarni alohida 
xususiyatlar ajratib turadi va ularning yig‘indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni 
sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi.
Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Ammo, moliya to‘laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog‘liq 
bo‘lsa, sug‘urta esa faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarinigina qamrab oladi. 
Sug‘urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha keltirishimiz 
mumkin: 
1. Sug‘urtada to‘satdan, oldindan ko‘zda tutilmagan va yengib bo‘lmaydigan 


13 
holatlar, ya’ni sug‘urta holatlari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta 
taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi. 
2. 
Sug‘urtada 
ko‘rilgan 
zararni 
sug‘urta 
ishtirokchilari, 
ya’ni 
sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash 
usuli zarar ko‘ruvchi xo‘jaliklar soni doimo sug‘urta ishtirokchilari sonidan kam 
bo‘lish ehtimolligiga asoslanadi, ayniqsa ishtirokchilar soni yetarlicha katta 
bo‘lganda. 
3. Zararni bunday qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yo‘naltirilgan 
sug‘urta fondi tashkil qilinadi. Bu fond sug‘urta ishtirokchilarining badallari 
hisobidan shakllantiriladi.Sug‘urta fondining mablag‘lari faqatgina uni tashkil 
qilganlar o‘rtasida ishlatiladi, sug‘urta badalining hajmi esa har bir qatnashchining 
zararni qoplashdagi ulushini bildiradi.Shuning uchun, sug‘urta qatnashchilarining 
doirasi qanchalik keng bo‘lsa, sug‘urta badalining hajmi shunchalik oz va sug‘urta 
ham samarali bo‘ladi. Agarda sug‘urtada millionlab sug‘urtalanuvchilar ishtirok etsa 
va yuz millionlab obyektlar sug‘urtalansa, u holda minimal badallar hisobiga 
maksimal zararlarni qoplash imkoni paydo bo‘ladi. 
4. Sug‘urta zararlarni qoplashni hududiy birlik va ma’lum vaqt davomida 
amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda yil davomida sug‘urtalanuvchi xo‘jaliklar 
o‘rtasida sug‘urta fondini hududlar bo‘yicha samarali qayta taqsimlash uchun 
yetarlicha katta hudud va anchagina sug‘urtalashga tegishli obyektlar talab qilinadi. 
Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina katta hududlarni qamrab oluvchi 
tabiiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni bo‘ladi.Zararni sug‘urta 
yordamida qoplash ma’lum vaqt davomida amalga oshiriladi, chunki ixtiyoriy 
sug‘urta doimo muddat bilan chegaralanadi. 
Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan 
maqsadli sug‘urta fondlarini uning qatnashchilari o‘rtasida badallar hisobidan 
shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-
moddasida sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: Sug‘urta deganda yuridik yoki 


14 
jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul 
fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu 
shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) 
to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish
1
tushuniladi». 
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul 
muomalasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning 
shakllanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda har bir xo‘jalik obyektining tashkilotchisi o‘z 
ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish 
bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi 
mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga 
ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urtaga bo‘lgan 
talab kuchaya boshladi. 
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari bilan bevosita 
bog‘langan. Shunday ekan ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofatlar bozor 
iqtisodiyoti yo‘nalishlarini chetlab o‘ta olmaydi. Sug‘urta ko‘p tarmoqli 
xo‘jaliklarning mol-mulkini saqlashda va tiklashda alohida ahamiyat kasb etadi. 
Inson va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan asoslangan ijtimoiy ishlab 
chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va boshqa 
ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish va lokalizatsiya qilish, 
hamda yetkazilgan zararni so’zsiz qoplash bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan 
hayot darajasini saqlab qolishga bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. 
Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yigindisi 
ijtimoiy ishlab chiqarishni sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil 
etadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va mustaqillik talablari asosida sug‘urta sohasida 
quyidagi sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ldi.Birinchidan, sug‘urtani boshqarishda 
1
O'zbekiston Respublikasi”Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonuni 2002 y 


15 
markazlashgan tartib o‘rniga markazlashmagan tartib joriy qilindi. Mustaqil sug‘urta 
tizimi barpo qilindi. Sug‘urtani boshqarish respublika miqyosida amalga 
oshiriladigan bo‘ldi. Ikkinchidan, alohida sug‘urta haqida qonun qabul qilinib, unda 
respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olindi.Uchinchidan, xorijiy 
mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlik qilish kuchaydi, ular 
ishtirokida qo‘shma sug‘urta kompaniyalari barpo qilindi.Respublika sug‘urta 
tashkilotlari jahon sug‘urta tashkilotlari qatoridan joy oldi. To‘rtinchidan.Sug‘urta 
mablag‘laridan investitsiya maqsadlarida foydalanish asosida ularning moliyaviy 
ahvoli yaxshilandi. Xorijiy mamlakatlar mablag‘laridan investitsiya maqsadlarida 
foydalanishda sug‘urta tashkilotlarining vositachilik roli vujudga keldi. 
Beshinchidan, sug‘urta tashkilotlari bilan kredit muassasalarining hamkorligi 
kuchaydi. Korxonalar tomonidan bankdan olingan qarzlarni o‘z vaqtida qaytarishga 
qaratilgan sug‘urta faoliyati kengaya borib, u qishloq xo‘jaligi korxonalariga 
nisbatan ham joriy qilindi. Oltinchidan, oldingi yillarga nisbatan majburiy sug‘urta 
doirasi qisqarib. Ixtiyoriy sug‘urta tadbirlari kengaydi. Qishloq xo‘jaligida majburiy 
sug‘urta qayta qurilib, sug‘urtalashda kreditning roli kuchaydi. Yettinchidan, 
sug‘urtaning xalq farovonligini yaxshilashdagi roliga alohida ahamiyat berila 
boshlandi. Shu munosabat bilan indeksatsiya tadbirlari o‘tkazildi. Ixtiyoriy shaxsiy 
sug‘urtaning shartlari ko‘pchilik hollarda qaytadan ko‘rib chiqildi, turar joy, uy-
ro‘zg‘or, qo‘shimcha pensiya, tomorqa sug‘urtasi va boshqa sug‘urta xillari 
o‘zgartirildi va yangilari joriy qilindi. Sakkizinchidan, bozor iqtisodiyotini amalga 
oshirishda tadbirkorlikning muhim ahamiyatiga alohida e’tibor berilib, sug‘urtaning 
yangi xillarini amalga oshirishga kirishildi. To‘qqizinchidan, mustaqillik yillarida 
javobgarlik sug‘urtasining ayrim xillari joriy qilindi, shuningdek garovga qo‘yilgan 
mol-mulk sug‘urtasi haqida alohida dasturi amallar qabul qilindi.O‘ninchidan, 
sug‘urta faoliyati bilan qimmatli qog‘ozlar o‘rtasida tegishli munosabat o‘rnatildi. 
Sug‘urta tashkilotlari ham o‘z qimmatli qog‘ozlarini tarqatish huquqiga ega 
bo‘ldilar va shu asosda aksiyadorlarning huquqlari belgilanib, ularning idora qilish 
usullari aniqlandi. 


16 
Sug‘urta munosabatlarining taqsimlash xarakteriga ega ekanligi. Moliya 
tushunchasi kabi, sug‘urta ham yalpi ichki mahsulotni va milliy daromadni qayta 
taqsimlashda ishtirok etadi.Sug‘urtada zararlarni hududlar bo‘yicha va muayyan bir 
vaqtda taqsimlanishi. Bu sug‘urtaning asosiy belgisi bo‘lib, hududlar bo‘yicha 
sug‘urta fondini sug‘urtalangan xo‘jaliklar o‘rtasida taqsimlash uchun katta hudud 
va ko‘plab sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar zarur bo‘lishi talab etiladi. 
Zararlarni ma’lum bir vaqtda taqsimlanishi sug‘urta hodisalarini tasodifiy ro‘y 
berish xarakteriga ega ekanligidan kelib chiqadi. Qator yillar mobaynida favqulodda 
hodisalar ehtimol ro‘y bermasligi mumkin. Bu holat sug‘urta hodisalari sodir 
bo‘lmagan vaqtda tegishli miqdorda sug‘urta zahiralarini tashkil etishni talab 
qiladi.Sug‘urta fondlariga jalb etilgan sug‘urta mukofotlarini qaytarib 
berish.Sug‘urta mukofotlari sug‘urta tarifi asosida aniqlanadi. Sug‘urta tarifi ikki 
qismdan iborat bo‘lib, netto-stavka (sug‘urta hodisalari ro‘y berganda zararlarni 
qoplashga ishlatiladi) va netto-stavkaga ustamalardir (sug‘urta kompaniyasi ishini 
tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi). Netto-stavka, asosan, sug‘urta 
hodisasi ro‘y berganda sug‘urtalanuvchiga qaytarib beriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, majburiy sug‘urta 
turlariga doir sug‘urta shartlari qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Ixtiyoriy 
sug‘urtalashga doir sug‘urta tariflarining miqdori tomonlarning kelishuviga muvofiq 
belgilanadi. 
Sug‘urta fondi mablag‘larining, faqat, shu fondni tashkil etishda qatnashgan 
sub’ektlar o‘rtasida taqsimlanishi. 
Sug‘urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar: 
Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli 
lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. 
O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, 
sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga 
oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi. 


17 
Sug‘urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo‘lishi mumkin (davlat sug‘urta 
tashkilotlari, aksionerlik sug‘urta tashkilotlari hamda o‘zaro sug‘urtalash
jamiyatlari). Sug‘urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar davlat organlarining 
tegishli lisenziyasiga ega bo‘lishi zarur. 
Sug‘urtalanuvchi – sug‘urtalovchi bilan aniq sug‘urta munosabati o‘rnatgan va 
tegishli sug‘urta mukofotlarini to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 
Sug‘urta vositachilari – sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida 
vositachilik vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. Maqomi bo‘yicha vositachi 
sug‘urtalanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Ko‘rsatgan xizmatlari uchun 
vositachi sug‘urtalanuvchidan emas, balki sug‘urta kompaniyasidan tegishli 
vositachilik haqini oladi. 
Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi 
bilan birgalikda kechadigan jarayondir.Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning 
ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi 
tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta 
risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini 
ham o‘z zimmasiga oladi. 
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, 
ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini 
qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday 
anglanilgan zarurat aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari 
yuzaga keldi.Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i 
nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash 
lozimki, sug‘urta munosabatlari murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik 
iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-
sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir. 
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz 
berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga, 


18 
xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi. 
Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi. 
“Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining 
sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi”. “Shu narsa aniqki, 
bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash, 
investisiya faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas” . 
Shu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da uzluksizlikni 
ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga 
ko‘ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot 
sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik qilish, 
undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga chiqadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab darajasidagi risk 
transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o‘rganish muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining 
erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish 
bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoliyatida risk 
transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga bo‘lgan 
ehtiyojni orttirmoqda. 
Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan “xizmat” 
tushunchasi fundamental hisoblanadi.Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan 
“xizmat” o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat 
“va’dani sotadi”. Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga “ko‘rinmaydigan 
faoliyat”1 deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini 
tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida “polis”2 beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida 
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining 
ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) 
ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum 
davr oralig‘ida amalga oshiriladi. 
Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va 


19 
rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, 
erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi 
kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy takrorlanib 
turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus xizmat bilan
sug‘urta shug‘ullanadi. 
Ma`lumki, sug`urta moliya munosabatlarining bir turidir. Buning daromad 
manbai sug`urtalangan aholi va xo`jaliklarning pul manbaidan iborat bo`lib, 
mahsulot qiymati taqsimotida bir qismini sug`urtaga ajratish tufayli pul fondi, 
sug`urta fondi paydo bo`ladi. Sug`urtalash shu fondni tashkil etish, taqsimlash va 
ishlatish kabi jarayonlarni o`z ichiga oladi. 
Sug`urtalash tub mazmuni bilan zararni qoplash maqsadida zarar ehtimoli 
asosida yuzaga keladi. Sug`urta obyekti xilma-xildir. Shunga ko`ra u ikkiga 
bo`linishi mumkin: mol-mulk sug`urtasi va ijtimoiy sug`urta. Mol-mulkka boylik 
turlarini sug`urtalash kirsa, ijtimoiy sug`urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi. 
Tadbirkorlik xavf-xatarini sug`urtalash ham paydo bo`lib, kengaymoqda. 
Ijtimoiy sug`urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul 
resurslari ko`paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot 
hamda shaxsiy mablag`lar. Bular jamiyat a`zolarining mehnatga yaroqsiz, o`zini 
ta`minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tibbiy sug`urta ham kengaymoqda. Bundan 
maqsad insonlar sog`lig`ini saqlash bo`lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy 
yordam berishni tashkil etish, sug`urtalanganlarning salomatligini ta`minlash bilan 
bog`iq harajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug`urta fondi ham davlat, korxona, 
firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o`z xohishlari bilan ajratadigan 
pul mablag`laridan tarkib topadi. 
Tadbirkorlik sug`urtasi tadbirkorning faoliyatini kafolatlashda ahamiyatlidir. 
Bunda foydani kam olish yoki olmaslik xavfi, pul tushumining o`z vaqtida 
bo`lmasligi, savdo-sotiqdagi noxush hodisalar kabilar sug`urtalanadi. Bu sug`urta 
tadbirkorning ishonch bilan ish boshlashiga yordam qiladi, uni sinish holatidan 


20 
asraydi, faoliyatiga dalda bo`ladi. 
Sug`urtalar ham oldi-sotdi obyekti bo`lib, o`z bozorlarini tashkil etadi. 
Sug`urta resurslaridan kapital sifatida keng foydalaniladi, ayniqsa, ishlab 
chiqarishga keng jalb etishda qo`l keladi. 
Sug`urta inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo`ladigan tabiiy ofatlar, 
favqulotda hodisa va boshka voqealarr natijasida yetkazilgan zarar va talafotlarning 
oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yuridik va jismoniy shaxslar mablag`lari 
hisobidan pul resurslari fondini tashkil qilish va ulardan foydalanishda vujudga 
keladigan moliyaviy munosabatlardan iborat ,deb ta`rif bergan edik.
Umumiy tarzda berilgan bu ta`rif uning mohiyatini to`la ochib berolmaydi, 
buning uchun sug`urta tushunchasiga iqtisodiy jihatdan yondashish talab qilinadi. 
Ma`lumki, sug`urta kategoriyasining iktisodiy mazmuni uning funksiyalarida 
ifodalanadi. Funksiya haqida gap borganda ko`pchilik uni vazifa deb tushuntiradi. 
Vazifani bajarish vaqtinchalik harakterga ega, u bajarilgandan keyin boshkasini 
bajarishga o`tiladi. Funksiya deganda esa doimiy takrorlanib turadigan vazifalar 
tushuniladi .Bu vazifalar bajarilgandan keyin kelgusi yili yana takrorlanadi. Sug`urta 
tushunchasi moliya va kredit tushunchalari bilan bog`langanligi sababli ularning 
taqsimlash va nazorat funksiyalarini amalga oshirishda sug`urta ishtirok etadi , ya`ni 
bu funksiyalar sug`urtaning ham funksiyalari qatoriga kiradi. Shu bilan birga, 
sug`urtaning o`ziga xos quyidagi funksiyalari bor: 
- xavf-xatar; 
- ogohlantirish; 
- investitsiya; 
- omonat; 
- axborot. 
Qadim zamonlardan buyon insoniyat tabiiy ofatlarning favqulodda 
vayronagarchilik, ulkan zarar keltirish qirralarini, buning ishlab chiqarishga 
ko`rsatgan ta`sirini boshidan kechirgan. Mahsulot, mablag`, urug`lik, yoqilg`i va 
moddiy ne`matlardan zaxira hosil qilgan, bu fond xisobidan ofat oqibatlarini 


21 
tugatish uchun muhtojlarga yordam bergan. Zilzila, toshqin, yong`in oqibatlari 
sug`urtaning anna shu funksiyasi amal qilishi natijasida hosil qilingan fondlar 
asosida tugatilgan.
Sug`urtaning ogohlantirish funksiyasining mazmuni bu xavf-xatar funksiyasi 
bilan bog`langan. Irrigatsiya va tabiatni muhofaza qilish kabi tadbirlar ko`p mablag` 
talab qilgani uchun budjet hisobidan ta`minlanadi. Mahalliy axamiyatga ega bo`lgan 
ogohlantirish xavfini oldini olish tadbirlari sug`urta to`lovlarining umumiy 
tushumidan ajratma sifatida beriladigan mablag`lar xisobiga qoplanadi. Bu 
mablag`lardan asosan uch yo`nalishda foydalaniladi: 
1).Yong`indan ogoxlantirish va yong`inga qarshi kurash tadbirlarini amalga 
oshirishga.
2).Qishloq xo`jaligi ekinlari hosildorligini kamayishiga qarshi tadbirlarga. 
3).Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish va ularni qirilib 
ketmaslik tadbirlarini bajarishga.
Sug`urtaning ogohlantirish tadbirlariga sarflash uchun ajratiladigan mablag`lar 
favqulodda zararlarning va uning oqibatlarini kamaytirishda katta ahamiyat kasb 
etadi. Ajratilgan mablag`lardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Sug`urta badallarining yig`ilishi va ular hisobidan zararning qoplanishi bir 
vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir bo`ladi. Ishlatilmay bo`sh turgan 
mablag`lar hisobidan zahira fondlari tashkil qilinadi va ularning bo`sh turgan 
qismidan tijorat maqsadlari uchun foydalaniladi. Masalan, “Intertrans” sug`urta 
tashkiloti bo`sh turgan mablag`larni aksiya, obligatsiya va boshka qimmatli 
qog`ozlar sotib olib shular hisobidan qo’shimcha daromad oladi, undan foydalanish 
uchun sanoat chakana savdo sohalari bilan hamkorlik qiladi.
Sug`urtaning investitsiya funksiyasi bo`sh turgan mablag`lardan samarali 
foydalanib, sug`urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi.
Sug`urtaning omonat funksiyasi omonat kassalarida omonatlarga ma`lum 
muddatlarda saqlangan davrga nisbatan foiz olish huquqi beriladi. Shaxsiy Sug`urta 
va uning boshqa xillarida, mulk sug`urtasida sug`urtalangan ma`lum muddatda 


22 
badallarni to`laydi, bu badallar sug`urta tashkiloti ixtiyorida bo`ladi. Agar sug`urta 
davrida biror sug`urta hodisasi ro`y bersa sug`urta tashkiloti yetkazilgan zararni o`z 
hisobidan qoplaydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyatlar mavjud emas.
Sug`urtaning axborot funksiyasi sug`urtaning yangi funksiyasidir. Ilgari, 
sug`urta monopoliyasi borligida bunday funksiya mavjud bo`lmagan, chunki faqat 
davlat sug`urta tashkiloti xukmronlik qilgan. Bu funksiyaning vujudga kelishiga 
sabab shundan iboratki, O`zbekiston sug`urta hududida o’nlab yangi sug`urta 
kompaniyalari, agentliklari, firmalari vujudga keldi, ularning har biri o`ziga xos 
Sug`urta obyektlari va shartlariga ega bo`ldi. Ko`pchiligi mol-mulkni sug`urta qilish 
bilan shug`ullanadi, mavjud tibbiyot, transport va boshqa sug`urta kompaniyalari 
xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Sug`urta faoliyatini 
rivojlantirish sug`urtalanuvchilarga har bir tashkilot haqida axborot berishni talab 
qiladi. Buning uchun ma`lumotnomalarni shakllantirishi, o`zlariga ajratilgan 
xonalarda sug`urta tashkilotlari birgalikda sug`urta bozorini tashkil qilishi lozim.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin