1.2. Sug’urta bozorini tashkillashtirishning iqtisodiy zarurati
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy hayotida sug’urta faoliyati strategik
ahamiyatga ega bo‘lib, bu sohadagi davlat siyosatining mohiyati uning bozor
infratuzilmasining muhim tarkibiy elementi sifatidagi ahamiyati va salmog‘ini
yanada oshirishdan iborat.
O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan qator vazifalarni
muvaffaqiyatli amalga oshirishda iqtisodiy faoliyatning o’zaro uyg’un dastaklari
majmui–bozor insititutlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ustuvorlik berish
muhim omillardan biri sanaladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror va
ishonchli taraqqiyotini ta’minlashda sug’urta faoliyatini rivojlantirish alohida
ahamiyat kasb etadi. “Bozor infratuzilmasining eng muhim istitutlaridan biri–
tadbirkorlarni sodir bo’lish ehtimoli bo’lgan turli zararlardan himoya qilishga
qaratilgan sug’urta faoliyati ham izchil rivojlanib bormoqda”. Sug’urta maxsulot
23
ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish kapital, ishchi kuchi, mahsulot
eksporti hamda importi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabilar bilan uzviy
bog’liqlikda amalga oshiriladigan faoliyatlarni risklardan himoyalashga shuningdek
u har bir subektning o’z faoliyatini kengaytirishiga investitsiyalarni ishonchli
joylashtirishiga, kredit olish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
O’zbekistonda sug’urta sohasining samarali faoliyat ko’rsatishini yo’lga
qo’yish uchun qator yangi vazifa va muammolarni hal etish zaruratini keltirib
chiqaradi. Shu nuqtai nazardan, mamalakatimizda bozor infratuzilmasi shakllanib
borayotgan hozirgi sharoitda birinchidan yuridek va jismoniy shaxslarning
risklardan himoyasini yo’lga qo’yish sug’urtalanuvchilar tomonidan mazkur
xizmatni to’laligicha o’zlashtirish uchun uning huquqiy-iqtisodiy asoslarini
mukammallashtirish
zarurati
yuzaga
kelganligi;
ikkinchidan sug’urtaning
tadbirkorlik faoliyati sifatida, tashkiliy-uslubiy shakilllanishi hamda takomillashuvi
jarayonining davom etayotganligi; Uchinchidan sug’urta munosabatlarini davlat
tomonidan muvofiqlashtirishning samarali shakllarda amalga oshirilishini yo’lga
qo’yish talab etilayotganligi; To’rtinchidan, sug’urta faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishning zarurligi; beshinchidan bu
sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o’rni va roli iqtisodchi-olimlar tomonidan
ilmiy nazariy jihatdan chuqur o’rganilmaganligi bu yo’nalishga izlanishlar
tadqiqotlar olib borishni dolzarb qilib qo’ydi. Bozor munosabatlari takomillashuvi
iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jaryondir.
Sug’urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan,
ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan shartnomaviy majburiyat va tariflar
mexanizmi orqali turli sug’urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot
sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o’z zimmasiga oladi. Sug’urta faoliyati
jismoniy va yuridek shaxslar manfaatlarini himoya qilish ularning risklar yuz berishi
oqibatida ko’rishi ehtimoli bo’lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida
paydo bo’ldi hamda rivojlandi.
Shunday anglanilgan zarurat aniq sug’urta manfaatlari negizida sug’urta
24
munosabatlari yuzaga keldi. Sug’urta munosabatlari ularning tashkiliy shakllari
qandayligidan qat’iy nazar sug’urta fondini yaratish va undan foydalanish
jaryonidir. Ta’kidlash lozimki, sug’urta munosabatlari murakkab va keng qamrovli
moliyaviy pullik iqtisodiy munosabatlar bo’lib, ular yuzaga kelishi uchun o’zaro
bog’liq shart-sharoit mavjudligi ham muhimdir. O’zbekistonda tadbirkorlikning rivo
topishi jaryonida turli risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek,
ijtimoiy hayotning o’zida namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan qarama-qarshiliklar
sub’ektlarning sug’urta faoliyatiga munosabatini ijobiy tomonga o’zgartirdi.
Sug’urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi. “Sug’urta
faoliyati deganda sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga
oshirish bilan bog’liq faoliyati tushuniladi.
Shu narsa aniqki bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sug’urtasiz
samarali ishlash, investitsiya faoliyati bilan shug’ullanish, kredit olish imkoniyatiga
ega emas.
1. Shu o’rinda ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish)da
uzluksizliklarni ta’minlash imkoniyatini yartish maqsadida yo’naltirilgan mulkchilik
shakllariga ko’ra, maxsus qayta taqsimlash munosabati tizimi mavjudligi iqtisodiyot
sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda.
Bu jarayonda ularning mulkka egalik undan foydalanish hamda daromad
olishlari kabi manfaatlari yuzaga chiqadi. Sug’urta faoliyati o’z mohiyati nuqtai
nazaridan, aynan xizmat tushunchasi fundamental hisoblandi. Sug’urtachi
tomonidan taklif etilayotgan xizmat o’zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, yani
u o’z mijoziga faqat va’dani sotadi. Shu nuqtai nazardan unga xalqaro savdoda
“ko’rinmaydiga faoliyat “ deb ham ta’rif beriladi. Sug’urtalanuvchiga shartnoma
tuzilganligini tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida polis beriladi xalos. Sug’urta
shartnomasida sug’urtalanuvchiga sug’urta voqeasiga ko’ra kelishi ehtimol bo’lgan
zararining ekvivalent qiymatidagi pul to’lovi (ayrim holatlarda mol-mulk
ko’rinishida) ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayt
etilgan ma’lum davr oralig’ida amalga oshiriladi. Mamlakatimizda bosqichma-
25
bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi iqtisodiyot sub’ektlarining
yuksak darajadagi iqtisodiy mustahkamligi erkinligi darjasini ortib borayotgan
jarayonda doimo risklar mavjud bo’lishi kuzatiladi.
Sug’urta moliyaviy ta’minlash vositasi sifatida mijozlarning mol-mulkini
risklardan himoyasini kafolatlashi orqali sug’urtalanuvchining ijtimoiy-iqtisodiy
himoyasini ta’minlaydi. Sug’urta faoliyatini talab va taklif asosida rivoj topishi, bir
tomondan turli mulkchilik shakllaridagi sug’urta tashkilotlarining faoliyat
ko’rsatishlari uchun zaruriy shart-sharoitni yaratsa, ikkinchi tomondan xo’jalik
sub’ektlarining mol-mulk hamda daromadlarini kutilmagan turli risklardan
himoyasini ta’minlaydi.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda sug’urtaning tub ma’noda tadbirkorlik
faoliyatiga aylanishi uchun quyidagi ma’lum shartlar bajarilishi talab etiladi:
Birinchidan, sug’urta faoliyati bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot
sug’urta xizmatini ko’rsatishi ham raqobatli muhitda muvaffaqiyatli ishlashi uchun
ham moliyaviy barqarorligini mustahkamlashi, filiallar tarmog’ini kengaytirishi;
Ikkinchidan, yuridek va jismoniy shaxslarning sug’urta zaxirasini shakllantirish
jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi, ayni vaqtda ular
tomonidan sug’urta xizmatiga talabning ham yuqori bo’lishiga erishishi;
Uchinchidan, turli mulkchilik shaklidagi iqtisodiyot sub’ektlar, xususan, davlat
(byudjed mablag’larini jalb etmagan holda) ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat
ko’rsatish) jarayonida yuz berishi ehtimoli bo’lgan risklar bo’yicha kutilmagan zarar
va yo’qotishlarni qoplash mexanizmi sifatida sug’urta faoliyati rivojlanishidan
manfaatdor bo’lishi kabilar.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki sug’urtaga bo’lgan talabga xo’jalik yurituvchi
sub’ektlar va aholining tabiiy ehtiyojlari sifatida qaramaslik lozim. Bizga ma’lumki,
tabiiy ehtiyojlar to’g’ridan-to’g’ri anglaniladi, hamda har bir sub’ekt ularni o’zi
uchun namoyon etib, bunday ehtiyojlarini qoniqtirishga harakat qiladi. Sug’urta va
uning ijtimoiy iqtisodiy mohiyatini tadqiq etish shuni ko’rsatmoqdaki, boshqa
sub’ektlar bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda, ularning ishtiroklari
26
ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ishlarni bajarish) jarayonidagi iqtisodiy xususiy
va boshqa qator majburiyatlarni o’z zimmalariga oladi. Bu ma’suliyat esa,
sub’ektning o’z mulki yoki mulkchilikdagi hissasi bo’yicha ko’rishi ehtimol bo’lgan
risk mavjudligidan kelib chiqib, ularning sug’urta faoliyatiga bo’lgan talabini
yuzaga keltiradi. Shuningdek iqtisodiy, tehnologik, ekalogik va boshqa shart-
sharoitlarning murakkablashuvi zamirida qo’shimcha risklar ham namoyon
bo’ladi. Sug’urta risklarining hududlarga ko’ra, kengligi davriyligi va xilma-xilligi,
shuningdek, ularni oldini olish hamda ko’plab sarf-xarajatlarining o’sib
borayotganligi ham sug’urtaning ahamiyatini yanada oshirib unga bo’lgan talabni
oshiradi. Aynan shunday talabning mavjudligi sug’urta faoliyati natijasi foydali
bo’lishi va uning istiqboldagi rivoji uchun zaruriy shart-sharoitni yuzaga keltiradi.
Sug’urtaning ijtimoiy iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqib, quyidagi xulosalar
chiqarildi:
Sug’urta murakkab va keng qamrovli moliyaviy pullik munosabatlar sifatida
tadqiq etildi, hamda bu faoliyat sug’urta fondini yaratish, shuningdek undan
foydalanish jarayoni ekanligi asoslandi.
Mamlakatimizda 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati
to’g’risida”gi, 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urtalash to’g’risida ”gi, 2008 yil 21 aprelda qabul
qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta
qilish to’g’risida”gi, 2008 yil 10 sentabrda qabul qilingan “Ishlab chiqarishdagi
baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi
to’g’risida”gi qonunlar sug‘urta bozorida faoliyat yurituvchi subyektlar uchun
mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayni paytda davlatimiz rahbarining 2007 yil 10 aprelda qabul qilingan
“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi
2
qarori bilan tasdiqlangan “2007-2010 yillarda O‘zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A. Karimov. “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish
chora-tadborlari to’g’risida”gi qarori, 2007 yil
27
Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”, 2008 yil 21
mayda qabul qilingan “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori sug‘urta
faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchi tashkilotlarning kapitallashuvi
va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va
sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish,
shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya
qilishni ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘layotir. Shuningdek, sohaga oid bir
qator qonunosti hujjatlar ham qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 2009 yil 24 iyunda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilishni to‘laqonli amalga oshirishni ta’minlash maqsadida qabul
qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari
haqida”gi, 2008 yil 24 iyunda transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urta qilishning to‘liq amal qilishini ta’minlash
maqsadida qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga
oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, 2008 yil 28 martda oziq-ovqat bug‘doyining
barqaror sug‘urta fondini shakllantirish, davlat resursidagi oziq-ovqat bug‘doyidan
qat’iy maqsadli foydalanilishini ta’minlash va ichki iste’mol bozorini himoya qilish
maqsadida qabul qilingan “Oziq-ovqat bug‘doyining sug‘urta fondini g‘amlash,
saqlash, yangilash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
haqida”gi, 2002 yil 27 noyabrda sug‘urta tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish,
sug‘urtalovchilarning moddiy-tehnik bazasini va moliyaviy barqarorligini
mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini kengaytirish va aholining
sug‘urta tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida qabul qilingan
“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida ”gi
qarorlari shular jumlasidandir.
Shu bilan birga, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
28
sharoitida sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Shundan kelib chiqib, Oliy Majlis Senatining 2010 yilning 3-4 dekabr kunlari bo‘lib
o‘tgan to‘rtinchi yalpi majlisida “Sug‘urta faoliyati to’g’risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining 15 va 18 moddalariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish
haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ma’qullandi va 2010 yil 17 dekabrda
matbuotda e’lon qilindi.
“Sug‘urta faoliyati to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 15 va
18-moddalariga kiritilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchada quyidagi maqsadlar
nazarda tutilgan:
Birinchidan, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini
litsenziyalash amaliyotini mustahkamlash hamda sug‘urta tizimini rivojlantirishni
rag‘batlantirish, sug‘urtalovchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini va
moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, ularning mintaqaviy vakolatxonalarini
kengaytirish va aholining sug‘urta tashkilotlariga bo‘lgan ishonchini oshirish
yuzasidan Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 27 noyabrda qabul qilingan
“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarori talablari bilan ushbu qonun normalari bir xilda qo‘llanishini ta’minlash. Shu
bois “Sug‘urta faoliyati to’g’risida”gi qonunning 15-moddasi faqat qayta sug‘urta
qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchining sug‘urta
shartnomalarini tuzishga haqli emasligi haqidagi norma
3
bilan to‘ldirildi;
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining “Yuridik
shaxsni qayta tashkil etish” deb nomlanuvchi 49-moddasida yuridik shaxsni qayta
tashkil etish, ya’ni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish,
o‘zgartirish shakllarida uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida
shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi qaroriga muvofiq amalga oshirilishi
mumkinligi mustahkamlangan. “Sug‘urta faoliyati to’g’risida “gi qonunning 18-
moddasi birinchi qismini O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-
3
O’zbekiston Respublikasi “Sug’urta faoliayati to’g’risida”gi qonuni.
29
moddasi bilan muvofiqlashtirish, ushbu qonunning 18-moddasi oltinchi qismiga
qo‘shib yuborish, bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan davr
uchun hamda yangidan tuzilgan sug‘urtalovchilar litsenziya olguniga qadar bo‘lgan
davrda ular yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta
shartnomalarini uzaytirishga haqli emasliklari haqidagi norma kiritildi. Shuningdek,
mazkur modda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida ”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi bilan muvofiqlashtirish
maqsadida o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilgan sug‘urtalovchining litsenziyasi
qayta rasmiylashtirilishi haqidagi norma bilan to‘ldirildi.
Muxtasar aytganda, mazkur qonunning ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi sug‘urta
bozorida faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilarning huquq va manfaatlarini himoya
qilish hamda mamlakatimizda sug‘urta bozorining yanada rivojlanishiga xizmat
qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada
isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2008
yilning 1 yanvaridan boshlab ustav kapitalining eng kam miqdorlari:
- umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar
uchun – 500 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan so’mma;
-hayotni sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar
uchun – 750 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan so’mma;
- majburiy sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar
uchun – 1000 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan so’mma;
- faqat qayta sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar
uchun – 3000 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan so’mma belgilangandir.
Bundan tashqari, sug‘urtalovchilarning mijoz oldidagi mas’uliyatini oshirish
hamda ularning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish va moliyaviy barqarorligini
ta’minlash maqsadida 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda
faoliyatni amalga oshiradigan sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam
miqdorlari o‘rnatilgan:
30
umumiy sug‘urta sohasida – 750 ming yevroga ekvivalent so’mmada;
hayotni sug‘urta qilish sohasida – 1000 ming yevroga ekvivalent so’mmada;
majburiy sug‘urta bo‘yicha – 1500 ming yevroga ekvivalent so’mmada;
faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha – 4000 ming yevroga ekvivalent
so’mmada.
“Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunning 12-moddasida sug‘urtalovchilar
ustav fondining eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan edi. Hozirgi vaqtda ularning ustav fondining
eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari
bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda
“Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari bilan belgilanganligini hisobga olib, 12-
moddaga tegishli o‘zgartish kiritish bilan ustav fondining eng kam miqdori
endilikda qonun hujjatlariga asosan belgilanishi nazarda tutildi.
|