Biz yosh sportchilar Tadbir ssenariysi



Yüklə 13,73 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü13,73 Kb.
#207279
биз ёш спортчилар



Biz yosh sportchilar
Tadbir ssenariysi

Tadbir Maqsadi: Maktabgacha muassasa xodimlarini jismoniy qobiliyatlarini o'stirish, uyushqoqlik bilan harakat qilishga hamda yosh avlodni tarbiyalashda ilg'or –zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, tajribalarni almashish, ijodkorlikka yo'naltirish va ko'tarinki kayfiyat baxsh etish.

Xay'at a'zolari tarkibi :
______________________________
______________________________
______________________________
______________________________

Musobaqa ishtirokchilari


“Kamolot “ Jamoasi
“ Kamalak “ Jamoasi

Boshlovchi: (maydon sharlar bilan bezatilgan, Jamoalar kuy ostida bayroqlarni ko'tarib , saf bo'lib kiradilar )


-Assalomu alaykum ! aziz mexmonlar va musobaqamiz ishtirokchilari .
Bugungi « Alpomish va Barchinoy davomchilari » mavzusidagi musobakamizni ochik deb e'lon kilaman. O'zbekiston respublikasi davlat madhiyasini ijro etadilar.
“Tarbiyachi, o'qituvchilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. O'qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak (boshlovchi hay'at a'zolari tarkibi va musobaqa ishtirokchilari bilan tanishtiradi ) rasman ochish uchun so'zni hay'at a'zolariga beradi.
1-shart “Tanishtiruv” - bunda jamoalar o'z ko'krak nishonlari va jamoa nomiga ta'rif beradilar . (she'riy tarzda)

-marxamat komandalar uz shioringiz bilan tanishtiring!


-omad sizga yor bulsin!
Kimning chaqqon ekanligin ,
Biz bilishni hohlaymiz!
Jamoalar saflanishib ,
Musobaqani boshlaymiz.
“Kamolot” jamoasi
Komandamiz “Kamolot ”
Biz kuchlilar safida .
Keling kuch sinashaylik
Bellashuvni ko'raylik.
Shior: ” Kamolot yosh avlod
Kamolot bizga qanot”
“Kamalak ”jamoasi
Yosh yuraklarning sho'x sozi bo'lib,
Kelajakning ovozi bo'lib,
Sog'lom tanda - sog' aqlmiz .
Kamolotdan qolishmaymiz...
Shior: ” osmonda yetti malak
Jilovlanar kamalak ”
1-shart: «Gardishga kim tezrok borish», ishtirokchilar keglilar orasidan to'pni yerga urib borib, qaytishda gardishni ichiga to'pni urib ikkinchi ishtirokchiga beradi.
Musiqali tanaffus : bolalar ijrosida « kuvnok xalkalar » raksi. 1 shart natijalari e'lon qilinadi.
2-shart: «chambaraklar» bilan o'yin , ishtirokchilarlardan biri marraga chambarakni olib boradi va keyingi ishtirokchilarni ham bittadan olib ketadi qaysi jamoa birinchi bo'lib bajarsa g'olib hisoblanadi.

3-shart: «kim chaqqon » ishtirokchilar stakan to'la suvni marraga to'kmasdan olib borishlari kerak bo'ladi. “ Sardorlar bellashuvi ” ikki jamoa sardori o'rtaga chiqadi, kim birinchi qo'llar yordamisiz likopchadagi olmalarni yeyish.


4-shart : “ arqon tortish ” ishtirokchilar birinchi bo'lib arqonni o'zlariga tortadilar , qaysi jamoa kuchli va birinchi bo'lsa o'sha g'olib hisoblanadi. Musikali tanaffus: sport yo'riqchilari ijrosida “lentalar raqsi ” ko'rib turganizdek ishtirokchilar shartlarni bajarish uchun bor kuchlarini ishga soldilar...,
-mana hayajonli daqiqalar ham yetib keldi, jamoalar to'plagan yakuniy ballarini e'lon qilish uchun so'zni hay'at a'zolariga beramiz.
Musobaqalar bajarishida ishtirok etganlar :
Yüklə 13,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin