Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Boshlang`ich ta`lim” yo`nalishi



Yüklə 6,06 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü6,06 Kb.
#194509
Furqatning pedagogik fikrlari.


Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
“Boshlang`ich ta`lim” yo`nalishi
____-(sirtqi) guruh talabasi
ASADOVA DILNORA ning
“BOSHLANG`ICH TA`LIM PEDAGOGIKASI INNOVATSIYA VA INTEGRATSIYA ”
Fanidan TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Mavzu : Furqatning pedagogik fikrlari .
Reja :
1. Furqat
2. Ijodining boshlanishi
3. Publitsist sifatidagi faoliyati
Furqat (taxallusi; asl ismsharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad oʻgʻli) (1859, Qoʻqon —1909, Yorkend) — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan biri boʻlgan. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini oʻrgangan. 8 yoshida Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“ asarini yod oladi. 14 yoshida madrasa talabasi bo'ladi. Furqat 1873–1876-yillarda madrasada oʻqigan. Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur oʻrgangan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan. 1876-yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahridagi savdogar togʻasining iltimosiga koʻra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik oʻzi ham kichik doʻkon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan.
Furqat Yangi Margʻilonda ijodkor sifatida toʻla shakllandi, oʻz gʻazallariga "Furqat" taxallusini qoʻyib, shuhrat qozona boshladi. Bu yerda oʻtkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilgʻor adabiy-estetik tushunchalarining shakllanishida ham muhim bir bosqich boʻldi.
80-yillarning boshlarida Furqat Qoʻqonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish bilan shugʻullanadi. Muqimiy va Muhyi yetakchi boʻlgan Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda boʻladi, ular uyushtirib turadigan adabiy majlislar, sheʼriyat kechalarining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Furqatning Qoʻqondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz sheʼriyat anʼanalari ruhida koʻplab ishqiy gʻazallar, muxammaslar yaratgan.
Alisher Navoiy asarlariga goʻzal nazira va taxmislar bogʻlagan, uning sheʼrlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng oʻrin egallay boshlagan („Boʻldi“ radifli muxammasi va boshqa sheʼrlarida). Furqat xalqning siyosiy huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qaygʻirgan („Ne jurm oʻttiki bizdin, bunchalik Fargʻona tang boʻldi?...“). Qoʻqon xonligining uzil-kesil tugatilib, batamom mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bogʻliq holda yaratilgan: „Demish xon bir kunikim, davru davronlar qayon qoldi?“ misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir.
Furqat haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890-yildan boshlandi. „Turkiston viloyatining gazeti“ ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita qatnashdi. Bir yildan koʻproq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilgʻor maʼrifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida oʻz maqolalarini eʼlon qildi. Masalan, 1891-yil 1-yarmida „Xoʻqandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti. Oʻzi yozgoni“ publitsistik asarini yozib, shu gazetada eʼlon qildi. 1891-yil mayda Samarqandga bordi, osoriatiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar yoʻlladi, keyin Buxoroda boʻldi. Iyudda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u atayin qaytib kelmaydigan qilib oʻz yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891-yilning iyulida Marv—Ashxobod—Boku—Batumi orqali Istanbulga bordi. Doʻstlariga yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan „Sabogʻa xitob“ sheʼriy maktubida vatan ishtiyoqi, doʻstlar sogʻinchi, gʻurbat azoblari va yolgʻizlik motivlari birinchi oʻringa chiqqan.
Yüklə 6,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin