Biz yoshlar jinoyat va huquqbuzarlikka qarshimiz!


Eng kop jinoyat yuz bergan hududlar (%da)



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə2/6
tarix20.12.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#76615
1   2   3   4   5   6
Ma\'ruza matni Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!

Eng kop jinoyat yuz bergan hududlar (%da)

Farg‘ona, Toshkent, Namangan Buxoro

1 134 ta jinoyat sodir etilgan

65,2 foizi

Xususan, 2020-yili respublikada qayd etilgan jami 111082ta jinoyatlarning 21885tasi (19,7%) aynan yoshlar tomonidan sodir etilgan (14378/21885 yoki 52,2% oshgan).


Agar mavjud statistikaga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2021-yilning
12 oyida jinoyatga qo‘l urgan shaxslarning har uchinchisini (27 931 nafar) yoshlar, ularning har to‘rtinchisi (7 265nafar) uyushmagan yoshlarni tashkil etgan.
2021-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 9 ta qotillik, 79 ta og‘ir tan jarohati yetkazish, 19 ta nomusga tegish, 1081ta o‘g‘rilik, 112ta talonchilik, 24ta bosqinchilik, 173 ta bezorilik jinoyatlari sodir etilgan.
Jinoyatga qo‘l urgan 27 931 nafar yoshlarning 2 544 nafarini xotin-qizlar, 1 023 nafarini oliy o‘quv yurti talabalari, 7 265 nafarini ishlamaydigan, o‘qimaydigan yoshlar tashkil etgan.
2021 yilda respublikada jami jinoyatlar soni 78,9 foizga (62081/111082), jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar 92,4 foizga (40068/77084) ko‘paygan.
Jinoyatga qo‘l urgan 27 931 nafar yoshlardan 114 nafari qotillik, 472 nafari og‘ir tan jarohati yetkazish, 121 nafari nomusga tegish, 3 534 nafari o‘g‘rilik, 3 907 nafari firibgarlik, 166 nafari bosqinchilik, 370 nafari talonchilik, 1197 ta bezorilik jinoyatlari sodir etilgan.
Yoshlar jinoyatlarining 61,5 foizi (21 885 ta) respublikaning 5 ta hududi hissasiga: Farg‘ona (5 395 ta), Toshkent (2 775 ta), Namangan (1 831 ta), Buxoro (1 517 ta) viloyatlari va Toshkent (1 889 ta) shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda.
Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi pastligi sababli ularning turli yot g‘oyalarga yergashishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, yerta tug‘ruq hamda to‘y-hashamlarning ortiqcha sarf-xarajatlar bilan o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda.
Bugungi kunda, 19 122 nafar yoshlar probatsiya nazoratida turibdi, shuningdek, 43 326 nafari profilaktik hisobida, 3 400 nafari esa sog‘liqni saqlash hisobidagi giyohvand, spirtli ichkilikka ruju qo‘ygan va ruhiy kasallarni tashkil etmoqda.
Ular orasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, ularning ma’naviy dunyoqarashini mustahkamlash, mafkuraviy immunitetni shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi barcha uchun asosiy vazifasi etib belgilandi.
Davlat rahbarining alohida qarori (19.01.2022 yildagi PQ-92-son) bilan yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etilib, ular bilan ishlashning vertikal tizimi yaratildi hamda yoshlar muammolarini bevosita mahallaning o‘zida hal etish imkoniyati yaratildi.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga ko‘ra, barcha shaharcha, qishloq, ovullardagi har bir mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, malakali 9309 nafar xodimlarning faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tuzilmalarida mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari tashkil etildi.
Shu o‘rinda, Respublika ishchi guruhi tomonidan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilib, 9309 ta (8 467 nafari erkaklar va 842 nafari ayollar) mahallalar uchun nomzodlar tanlab olindi.
Ularning yosh tasnifiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 9 112 nafari 35 yoshgacha bo‘lganlar, 7 411 nafari oliy ma’lumotlilar, 5 927 nafari harbiy xizmatchilar, 1 125 nafari moliya-iqtisod, 3 881 nafari ijtimoiy-gumanitar sohadan, 321 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, 1 509 nafari Yoshlar ittifoqi yetakchilari, 5 875 nafari 3 yilgacha mehnat stajiga egalar va 3 434 nafari 3 yildan ortiq mehnat stajiga egalarni tashkil etadi.
Yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalaridan biri etib, huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish belgilandi.
Shuningdek, quyidagilar ham yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi:
Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
– mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;
– yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
– yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash.
2021-yil 27-yanvarda Davlat rahbari tomonidan o‘tkazilgan vidoselektor yig‘ilishida uyushmagan yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish uchun mas’ul etib – Davlat xavfsizlik xizmati belgilab berildi.
Yangi tizim doirasida:
– uyushmagan yoshlarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash;
– ular o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi ko‘lamini kengaytirish, ularni sportga keng jalb qilish va hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashish;
– ularning huquqiy ongi va madaniyatini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik hissini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi.
O‘z navbatida, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi.
Komissiyaning asosiy vazifasi:
– yetakchilarning faoliyatini samarali tashkil etish, ularga o‘z vazifalarini lozim darajada amalga oshirishi uchun uslubiy ko‘maklashish;
– mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla-tuman-viloyat-respublika” boshqaruv tizimini yaratish ishlari samaradorligini nazorat qilish;
– yetakchilar faoliyatida yuzaga kelayotgan vujudga kelayotgan muammolarni hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni ta’minlash etib belgilandi.
Ta’kidlash joizki, ishsiz yurgan, muammoli va uyushmagan yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlarni “mahallabay” tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
2021-yil 12 oyida 9 314 ta mahallalardan 2 639 tasida (28,3%) jinoyatlar sodir etilmagan, 3 047 tasida (32,7%) oshgan, 3639 tasida (39 %) kamaygan.
Bu borada, har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida ijtimoiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor bo‘lgan ishsiz yoshlar kiritiladigan “Yoshlar daftari” tizimi joriy etildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga asosan, “Yoshlar daftari”ning yuritilishi uchun Yoshlar ishlari agentligi mas’ul hisoblanadi.
“Yoshlar daftari”ga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritilishi belgilab olindi:

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar;

  • iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar;

  • psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar;

  • ishsiz yoshlar.

“Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning istagiga qarab, quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin