Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə49/150
tarix16.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#181713
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

To‘la tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar yig‘indisi.
Chegaraviy tannarx – har bir navbatdagi ishlab chiqarilgan mahsulot birligining tannarxi.
Tijorat xarajatlari – mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni uni qadoqlash, tashish va reklama qilish xarajatlari.


MAHSULOT TANNARXINI HISOBLASH
Mahsulot tannarxini hisoblash tannarxni kalkulatsiya qilish deb ham yuritiladi.
Kalkulatsiya – lotincha «calculatio» degan so‘zdan olingan bo‘lib, hisob, hisob-kitob degan ma’nolarni anglatadi. Bu mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish xarajatlarini pul shaklidagi hisobkitobi. Tannarxni kalkulatsiya qilish ishlab chiqarish ko‘zda tutilayotgan mahsulotning reja tannarxini yoki yaratilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. Kalkulatsiya qilish ishlab chiqarish harajatlarining muayyan moddalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Quyida uning ayrim asosiy moddalarini ko‘rib chiqamiz:
1) xomashyo va materiallar. Bular ishlab chiqarish ko‘zda tutilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi. Xomashyo hali inson ta’siri katta bo‘lmagan, material esa ma’lum darajada qayta ishlovdan o‘tgan moddalar hisoblanadi. Misol uchun, mebel ishlab chiqarishda yog‘och xomashyo hisoblansa, undan tayyorlangan taxtalar material sanaladi;
2) qaytarilgan chiqindilar. Ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan chiqindilar qiymati aniqlanib, xarajatlar qiymatidan chiqarib tashlanadi. Masalan, mebel ishlab chiqarishda kichik taxta bo‘laklari, yog‘och qipiqlari qiymati mahsulot tannarxidan ayirib tashlanadi; 3) yarim tayyor mahsulotlar va sotib olinadigan buyumlar. Chetdan sotib olinadigan va mahsulotni tayyorlashda ishlatiluvchi buyumlar. Masalan, javon tutqichlari, ular eshigiga o‘rnatilgan qulflar shular jumlasidandir;
4) yonilg‘i va energiya. Ishlab chiqarish jarayonida ko‘mir, neft, benzin kabi yonilg‘i, elektr, gaz, bug‘ kabi energiya manbalaridan foydalanish mumkin;

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin