Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə46/150
tarix16.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#181713
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

3) tadqiqot tavsifi. Tadqiqot tavsifi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
– tanishtiruvchi (muammo va uning yechimi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish);
– tavsiflovchi (aniq raqamlarni tasdiqlash yoki rad etish);
– eksperiment (hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqliklarini tushuntirish. Masalan, mahsulotlarni sinf xonalariga yetkazib berish sotish hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatdi);
4) marketing tadqiqoti o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni baholash.
Odatda, bu xarajatlarni pul yoki vaqt ko‘rinishida ifodalash mumkin.


MARKETING TADQIQOTI YUZASIDAN AXBOROT TO‘PLASH
Axborotlar ikki turda – birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi axborotlar shu vaqtga qadar mavjud bo‘lmagan axborotlar hisoblanib, ular quyidagi manbalardan olinishi mumkin:
– tadqiqot qilinayotgan muammo yuzasidan o‘z fikriga ega bo‘lgan maslahatchi yoki ekspertlar;
– tadqiq etilayotgan muammo ishtirokchilari harakatlarini kuzatish;
– so‘rov orqali o‘rganish va eksperiment.
Ikkilamchi axborotlarga olingan axborotlarni tahlil qilish orqali keltirib chiqarilgan ma’lumotlar kiradi.


OLINGAN AXBOROTNI TAHLIL QILISH
Marketing tadqiqoti o‘tkazish natijasida olingan axborotlar tahlil qilib chiqiladi. Tahlil maxsus usullar orqali amalga oshirilib, keng ommaga tushunarli bo‘lishi uchun jadval, diagramma, grafik ko‘rinishlarida rasmiylashtiriladi.


TADQIQOT NATIJALARI BO‘YICHA TAQDIMOT TAYYORLASH
Siz o‘tkazilgan marketing tadqiqoti natijalarini manfaatdor tomonlarga
– rahbariyat, investorlar, biznes-hamkorlar, bank xodimlari va boshqa mutaxassislar e’tiboriga yetkazishingiz lozim bo‘ladi. O‘z fikr va xulosangizni tinglovchiga aniq, tushunarli va qiziqarli holda yetkazish – boshlagan ishingiz muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi.


BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
1. Tadbirkorlik faoliyatida marketingning o‘rnini tushuntirib bering.
2. Marketingning zamonaviy konsepsiyasi mazmuni nimadan iborat?
3. Marketingning maqsadini izohlab bering.
4. Marketingning qanday vazifalari mavjud?
5. Marketingning asosiy tamoyillarini hisobga olish nima uchun zarur deb o‘ylaysiz?

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin