Biznes asoslari fanidan ii-kurslar uchun


Lizingga beruvchi bo`lib –



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə68/150
tarix16.12.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#181713
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150
Biznes asoslari to\'PLAM

Lizingga beruvchi bo`lib – o`z yoki jalb qilingan mablag`lar evaziga mulk so-tib olib, uni lizinga oluvchiga haq evaziga ma`lum vaqtga foydalanish uchun yoki keyinchalik egalik qilish sharti bilan taqdim qiluvchi jismoniy yoki hukuqiy shaxsdir.
Lizinga oluvchi – bu lizing shartnomasi shartlari asosida lizing ob`ek-tini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun qabul qilib oluvchidir.
Lizing munosabatlarining iqtisodiy asosini quyidagi unsurlar tashkil qiladi:
lizing ob`ektining oldi-sottisi ;
lizinga beruvchi mablag`ining investitsiyaga sarflanishi;
lizing ob`ektining lizing oluvchiga ijaraga berilishi;
lizinga oluvchi tomonidan bu ob`ektni qabul qilib olinishi;
shartnoma muddati oxirida mulkni sotib olinishi ehtimoli mavjud-ligi.

Lizing to`lovlari deb, lizing shartnomasi harakati davomida shartnoma shartlariga ko`ra to`lovlarning umumiy summasiga aytiladi. Lizing to`lovlariga lizinga beruvchini asosiy vositalarni sotib olish va uni lizinga oluvchiga o`tkazish va lizing shartnomasida ko`rsatilgan boshqa xizmatlarni qoplash bilan bog`liq xarajatlar hamda lizinga beruvchining daromadiga kiradi. Agar lizing muddati tugagach, lizing ob`ekti lizinga oluvchining mulkiga aylantirilishi ko`zda tutilgan bo`lsa shartnomaning umumiy summasiga lizing ob`ektini sotib olish bahosi kiritilishi mumkin.
Lizinga berilgan mulk lizing shartnomasi tugagunga va lizinga oluvchi o`z majburiyatlarini to`liq bajarilmagunga qadar lizinga beruvchining mulki bo`lib qolaveradi.

Lizingning afzalliklari va kamchiliklari.
Lizingning afzalliklari


Hozirgi kunda korxonalar moddiy-texnika ta`minoti bazasini rivoj-lantirish maqsadida yirik kapital qo`yilmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi asosiy moliyaviy dastaklardan biri hisoblanadi. Uskunalarni sotib olishning boshqa (uskunani etkazib bergandan keyin to`lovni amalga oshirish, to`lovni uzaytirish sharti bilan sotib olish, bank krediti hisobiga sotib olish) usullariga qaraganda quyidagi bir qator afzalliklarga ega:
lizing ijarachi korxonaga bir martalik yirik xarajatlar qilmay va qarz mablag`laridan foydalanmay turib ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi;
qarz kapitali jalb qilinmaganligi uchun balansda o`z va qarz kapita-lining optimal nisbatini ushlab turish imkonini beradi:
bank kreditidan farqli o`laroq lizing uskunani sotib olish uchun 120 % li taьminot talab qilinmaydi;
lizing asosiy vositani sotib olish bilan bog`liq loyihani 100 % moliyalashtirish imkonini beradi va u to`lovlarni darxol boshlanishini talab qilmaydi. Bu esa sezilarli moliyaviy qiyinchiliklarsiz korxona-ga asosiy vositalarini yangilash va qimmatli uskunalarni sotib olish imkonini beradi.
lizing shartnomasiga ko`ra ijara to`lovlari uskuna o`rnatilib, sozlanib va foydalanishga topshirilgandan keyin mahsulotni sotishdan olin-gan daromad hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
lizing shartnomasida o`zgaruvchan kredit foizlaridan farqli o`laroq, qatьiy foiz stavkalari qo`llaniladi ;
lizing to`lovlari lizinga oluvchi korxonaning mahsulot tannarxiga olib boriladi. Bu esa soliqka tortiladigan foyda summasini kamaytiradi.
ishga tushirilishi uzoq muddatni talab qiladigan uskunalarni tayyor-lashga buyurtma berishdan ko`ra, foydalanishga tayyor bo`lgan uskunani ijaraga olish qulayroqdir.
Ba`zida aktivlarga fakat vaqtincha, mavsumiy yoki bir martalik talab bo`ladi, bunday holda ijara doimo foydalanishda bo`lgan aktivlarga egalik qilish bilan bog`liq noqulay bo`lgan muammolarini yo`q qilishga yordam beradi.
ijaraga olish har yili yangi va unumdorligi yanada yuqori bo`lgan usku-nalarni ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini beradi va hokazo.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin